2. Xo‘jalik jarayonlari natijasida balansdagi o‘zgarishlar.
Korxona faoliyatini amalga oshirish davomida turli jarayonlar ro‘y berib, bu jarayonlar
natijasida shu korxonasiga tegishli bo‘lgan xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish
manbalari tarkibiy va miqdoriy jixatdan o‘zgaradi. Balansga ta’rif berilganida uning ikki qismi -
aktiv va passiv tomonlari mos ravishda xo‘jalik mablag‘lari va xo‘jalik mablag‘larini tashkil
topish manbalarini aks ettiradi deyildi. Demak, tabiiyki, xo‘jalik mablag‘lari va ular tashkil
topish manbalarining xo‘jalik jarayoni natijasida o‘zgarishi balansda o‘zgarish ro‘y berishiga
olib keladi. Sababi o‘zgarish natijasida xo‘jalik mablag‘ining o‘zaro ikki turi yoki, mablag‘
manbalari turlarining ikki yoki undan ortigi o‘zgarishi yoki ham mablag‘ va ham ular tashkil
topish manbalari birdaniga o‘zgarishi mumkin.
Xo‘jalik jarayonlarining balansdagi o‘zgarishlarga ta’sirini 4 turga ajratish mumkin.
Quyida ushbu o‘zgarishlarga misol keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |