Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/111
Sana09.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#268126
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   111
Bog'liq
buxgalteriya hisobi nazariyasi (1)

2. Hujjatlarni turlari. 


Xo‘jalik jarayonlari turli-tumanligi ularning aks ettiruvchi hujjatlarni ham turli bo‘lishiga 

sabab  bo‘lishi  tabiiydir.  Hujjatlar  bir  necha  xususiyatlarga  kura  turkumlarga  ajratiladi,  bunday 

guruhlashga  sabab,  hujjatlashtirish  ishlarini,  ulardan  hisob  ishlarida  foydalanishni  hamda  ular 

aylanishini, saklashini osonlashtirishdir.  

Hujjatlar tuzilishi tartibiga, vazifasiga, xo‘jalik jarayonini aks ettirishiga, qaerda tuzilishi 

xususiyatlariga ko‘ra turkumlarga ajratiladi.  

 

Tuzilish  tartibiga  ko‘ra,  dastlabki  va  yig‘ma  hujjatlarga  bo‘linadiki,  buni  qo‘yidagicha 



izohlash mumkin. 

 

Xo‘jalik  jarayoni  ro‘y  berganda  albatta  hujjatlashtirilishi  shart,  masalan,  tovar  keltirish 



uchun  asos  bo‘lgan  TTN  (Tovar  transport  nakladnoyi),  kassa  kirimi  va  chiqim  orderlari  va 

hokazo.  Bular  bir  xo‘jalik  jarayonini  o‘zida  aks  ettiradi,  hamda  dastlabki  hujjatlarga  misol 

bo‘ladi. 

 

SHu  dastlabki  hujjatlar  tekshirilib,  ular  asosida  yigmahujjatlar  tuziladi  va  bu  hujjatlar 



ma’lum bir davr ichida ro‘y bergan jarayonlar hisobot ma’lumotlar beradi.  

 

Yigma hujjatlarga tovar hisoboti, kassir hisobotini misol tariqasida keltirish mumkin.  



 

Hujjatlar yana ularni vazifasiga kura 5 turga ajratiladi. 

1.  

Farmoyish beruvchi hujjatlar. 



2.  

Tasdiklovchi hujjatlar. 

3.  

Farmoyish-tasdiqlovchi hujjatlar. 



4.  

Ramiylashtirish hujjatlari. 

5.  

Axborot hujjatlari. 



1.Biror  xo‘jalik  jarayonini  bajarish  uchun  albatta  ma’sul  xodimlar  tomonidan  buyruq 

beriladi  yoki  jamoa  qaror  qabul  qiladi.  Unda  jarayonni  bajaruvchi  shaxslar,  hamda  jarayonlar 

bajarilishi  muddati  ko‘rsatilgan  bo‘ladi.  SHunday  qilib  biror  xo‘jalik  jarayonini  bajarilishiga 

farmon beruvchi  hujjatlar, farmoyish  hujjatlari deyiladi. Ular  asosida buxgalteriya provodkalari 

bajarilmaydi,  balki  korxona  boshqaruvini  xodimlari  ishlar  yuzasidan  nazoratni  o‘rnatish  uchun 

xizmat qiladi. 

2. Xodim,  ma’sul  shaxsni  biror xo‘jalik jarayonini  bajarganini tasdiqlovchi  hujjatlar ham 

amalda  qo‘llaniladi.  Masalan,  asosiy  vositalarni  qabul  qilish,  topshirish  akti  asosiy  vositalarni 

qabul  qilinganini,  to‘lov  qaydnomalari  mehnat  haqi  berilganini  (deponentlashtirilganligini) 

isbotlaydi. SHuning uchun ham bunday hujjatlar tasdiqlovchi hujjatlar deyiladi. 

3. Korxonalar buxgalteriya hisobini yuritishda shunday hujjatlar ham mavjudki, ularda bir 

vaqtning  o‘zida  jarayon  bajarilishiga  farmon  berilishi  bilan  birga,  jarayon  bajarilganligini 

tasdiqlash xususiyati ham mujassamlashtirilgandir. Masalan, to‘lov topshiriqnomasi korxonaning 

bankdagi «hisoblashish» schetidan to‘lov o‘tkazilishiga buyruq berilishi bilan birga schetdan pul 

o‘tkazilganligini ham isbotlaydi. Bunday hujjatlarga to‘lov talabnomasi, kassa chiqim orderlarini 

ham  misol  tariqasida  keltirish  mumkin.  Ularda  2  xususiyat  mujassamlashtirilganligi  sababli, 

farmoyish tasdiqlovchi hujjatlar deb ataladi.  

4.  Buxgalteriya  hisobi  yuritishda  xo‘jalik  jarayonlari  ro‘y  berishi  bilan  bevosita  bog‘liq 

bo‘lmagan, ammo hisob ishlarida ahamiyatli hujjatlar ham borki, ular rasmiylashtirish hujjatlar 

deb ataladi. Masalan, korxonada mavjud bo‘lgan asosiy vositalarga eskirish summasini hisoblash 

qaydnomalari,  buxgalteriya  ma’lumotnomalari,  sotilgan  tovarlarga  doir  o‘rtacha  savdo 

ustamasini hisoblash jadvali, sotilgan tovarlarga tegishli transport xarajatlarini hisoblash jadvali 

va  xokazo.  Ulardan  buxgalteriya  hisobi  registrlariga  tegishli  yozuvlarni  aks  ettirishda 

foydalaniladi.  

5.  Korxonada  ro‘y  bergan  xo‘jalik  jarayonlarini  asosi  hisoblangan  uni  moliyaviy  holati, 

tovar moddiy boyliklari zahiralari hisobot axborot beruvchi hujjatlar, ichki boshqaruv va yuqori 

tashkilot  va  muassasalari,  davlat  soliq  nazorati,  kreditorlar,  hissadorlar,  ta’sischilar,  tashqi 

auditorlarga  zaruriy  vaqtlarda  tegishli  axborotlar  olishda  xizmat  qiladi.  Bunday  axborot 

hujjatlarga mol etkazib beruvchilar, pudratchilar bilan tuzilgan shartnomalar, bank muassasalari 

bilan tuzilgan shartnomalar tovar moddiy boyliklari zahiralari, tabiiy kamayish me’yorlari misol 

bo‘la oladi. 



 

Hujjatlar qaerda tuzilishiga ko‘ra ikki to‘rga bo‘linadi.  

1.  

Korxona o‘zida tuzilgan hujjatlar  



2.  

Boshqa korxonalarda tuzilgan hujjatlar. 

 

Korxonada sodir etilgan jarayonlar uchun asos bo‘lgan va uni o‘zida tuzilgan hujjatlarga 



hisobdor  shaxs  avans  hisoboti,  hisob-to‘lov  vedomosti,  kassa  kirim  va  chiqim  orderlari, 

hisobotlar misol bo‘ladi. 

 

Korxona  buxgalteriyasidagi  schetlarda  tegishli  ma’lumotlarni  aks  ettirishda  boshqa 



korxonalarda  rasmiylashtirilgan  hujjatlar  ham  asos  bo‘ladiki,  ularga  hisob-kitob  schetidan 

ko‘chirma, unga ilova qilingan to‘lov talabnomalarini, mol etkazib beruvchi tashkilot yuborgan 

tovar(mahsulot) uchun asos bo‘luvchi TTN, yuk kvitansiyalari va boshqalar misol bo‘ladi.  

 

Hujjatlar maxsus blankalarga xo‘jalik jarayonlarini aks ettirish orqali olinar ekan, xo‘jalik 



jarayonlari  turliligi  ular  aks  ettirilgan  hujjatlarda  rekvizitlar  turlicha  bo‘lishiga  olib  keladi. 

hujjatlardagi  rekvizitlar  hisobot  so‘z  yuritishdan  oldin,  blankalardagi  rekvizitlarni  bilib  olmoq 

maqsadga muvofikdir. CHunki, ma’lumotlar har tomonlama talabga javob beruvchi blankalarda 

aks ettirilishi lozim: 

 

blankalarda statistika qo‘mitasi belgilangan shakl kodi bo‘lishi; 



 

xo‘jalik jarayonini aks ettirish uchun maxsus qatorlar bo‘lishi; 

 

ma’sul xodimlar imzosi va muhr uchun o‘rin ajratilishi va xokazo. 




Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling