Термиз давлат университети иқтисодиёт ва туризм факультети


Download 0.75 Mb.
bet20/92
Sana14.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1772134
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   92
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тер-fayllar.org

Arxeologik turistik yo’nalish - maxsus yo’nalish bo’lib, turistlar boradigan joylar asosan arxeologik joylar xisoblanadi. Arxeologik joylar juda eski tarixiy inshootlarni va eski shaharlarning joylaridan iborat. Ayrim arxeologik joylar ko’pchilik chet el turistlarini o’ziga jalb qiladi. Ayniqsa olimlar, ziyoli turistlar bu turmaxsulotga ko’p qiziqishadi va hozirgi kunda turoperatorlar maxsus turlar tashkil qilib bu turmaxsulotni sotishmoqda. Respublikamizda 50 dan ortiq arxeologik joylar bo’lib, ular turmaxsulot xisobiga sotilishi mumkin.
Aylanma yo’nalish - turistlarni shaharlar bo’yicha aylanib yana boshlagan joyiga qaytib keladigan yo’nalishlarga aytiladi. Aylanma yo’nalishlar dengizda “kruizlar”ni tashkil qilishda ishlatiladi. Bu yo’nalishlar ko’pchilik holatda maxsus yo’nalishlarni tashkil qilishda va dengiz turizmini rivojlantirishda keng ishlatiladi.
Bir kunlik yo’nalishlar - bu turmaxsulot alohida ahamiyatga zga bo’lib, ayrim shifobaxsh joylarga borib dam olib kelishi maqsadida bir kunlik yo’nalishlar tashkil qilishadi. SHahar arxitekturasi, muzeylari va boshqa turistik joylarni ko’rsatish va sayohat qildirish maqsadida bu yo’nalishlar tashkil qilinadi. Bu yo’nalishlarni sotish ayrim turistik firmalarning asosiy pul ishlash manbai bo’lib xisoblanadi.

Dam olish kunlari yo’nalishlari - aholi ishlamaydigan kunlarda (shanba, yakshanba) tashkil qilinadigan turistik yo’nalishlar bo’lib, uzog’i bilan 2 kun davomida turistlarning dam olish va ziyoratlarga borib keladigan turlari xisoblanadi. Bu yo’nalishlar asosan shahar aholisini shanba va yakshanba kunlari shahardan tashqariga borib ziyorat, sayr qilib dam olib kelishidan tashqari shahar ichidagi muzeylar, tarixiy joylarni ko’rsatish kabi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi.

Davomli yo’nalish - turistik mavsumga muvofiq bog’liq bo’lmagan holda har doim turistlar qatnovi to’xtamaydigan yo’nalishlarga aytiladi. Bunday yo’nalishlar har bir davlatlarda bo’lib, turoperatorlarning kundalik sotiladigan asosiy turmaxsuloti xisoblanadi. Masalan, Toshkent - Samarqand - Tashkent yo’nalishi Respublikamizda xar doim mavsumga qaramasdan sotiladi. Yil davomida mavjud yo’nalishlar davomli barcha mavsumlarda va ko’p yillar davomida tuxtovsiz sotiladigan turmaxsulotlar uchun tashkil qilinadigan yo’nalishlarga aytiladi. Har bir davlat shaharlarining mavso’mning hamma vaqt ishlaydigan yo’nalishlari mavjud. Bu yo’nalishlarga xar doim turistlar talabi mavjud, hamma vaqt to’xtovsiz ishlaydigan yo’nalishlar xisoblanadi.

Suv yo’nalishlari - suvga yaqin shaharlarda maxsus kemalarda suv bo’ylab yuradigan yo’nalishlarga aytiladi. Kemada shaharlar o’rtasidagi aholi qatnovi yaxshilangan joylarda turistlar uchun maxsus suv bo’ylab yuradigan yo’nalishlar tashkil qilinadi.

Temir yo’l yo’nalishi - shahar va davlatlar o’rtasida turistlarning faqat poezdda borib kelishlari tashkil qilinadi. Bunday yo’nalishlar arzon, qulay, doimiy bo’lganligi uchun ularga talab ko’p bo’ladi. Ko’p yillar davomida Tashkent - Samarqand - Buxoro - Urganch -Toshkent temir yo’l yo’nalishi aholi o’rtasida juda yuqori talabga ega bo’lgan. CHunki xaftada ikki marta borib kelganda biri ish kunlariga, ikkinchisi dam olish kunlariga to’g’ri kelganligi uchun doimo vagonlardagi joylar band bo’lgan.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling