Термиз давлат университети иқтисодиёт ва туризм факультети


Download 0.75 Mb.
bet17/92
Sana14.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1772134
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   92
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тер-fayllar.org

2.2. Iqtisodiy omillar
Iqtisodiy omillar bilan bir qatorda tarixiy-madaniy yodgorliklarning tarkibi va ahamiyati orqali belgilanuvchi omillarni kapital deb xisoblash mumkin. O’zbekistonda 22, 5 mln kishi, 100 dan ortiq millatlar istiqomat qiladi. Aholining 70 foiz o’zbeklar, 10 foizga yaqinini ruslar, 5 foiz kozoklar, 4 foiz tatarlar, 2foiz qoraqalpoqlar tashkil qiladi. Ular turli dinlarga ye’tiqod qiladilar. O’zbekistonda turli millatlarning istiqomat qilganligi sababli turistlarning millatlariga nisbatan sog’lom muhit bo’lganligi sababli, turizmni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik sharoit mavjuddir. Aholining 60 foiz qishloq joylarida joylashganligi tabiiy, madaniy-etnografik va davolash turizmni rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb yetadi. O’zbekistonda turizmni rivojlantirishning iqtisodiy siyosiy imkoniyatlari ham mavjud. Milliy investitsiya dasturida davlat quyidagi iqtisodiy yo’nalishlarni belgilab bergan;
engil va to’qimachilik sanoati;
qayta ishlov sanoati;
xalqaro turizm va mehmonxona xo’jaligi;
Aynan mana shu iqtisodiy yo’nalishlar bo’yicha davlat kafolati chet yeldan sarmoyalar kelib tushadi, ya’ni mana shu yo’nalishlardan O’zbekistonga samoyalar kelib tushadi.
Turizm umumiy iqtisodiy o’sishga kam rivojlangan davlatlarning rivojlanishiga ko’maklashadi. YAxshi rivojlanmagan rayonlarda turistik markazlarni ochish ko’pgina davlatlarning asosiy metodi xisoblanadi. Keyingi yillarda ko’pgina mamlakatlarda shaharliklarning fermalarda hordiq chiqarishi odat tusiga kirib qoldi. Bu shunga olib keladiki qishloq aholisi turizm bilan bog’liq ikkinchi ixtisosga yega bo’lish va joylarda turistik majmua qurib ishga tushirish bilan yesa turmush sharoitini yaxshilab olish imkoniyatiga yega.

2.3. Ijtimoiy va madaniy omillar
O’zbekistonda asosan madaniy turizmni rivojlantirish maqsadga muvofiq bo’ladi. O’zbekistonda turizmning boshqa turlarini rivojlantirish yaqin orada o’ziga sarflangan mablag’larning qoplashi qiyinroq – madaniy turistik maxsulot taklif yetilayotgan viloyatlarda yerishilayotgan rentabellik ko’rsatkichlari rekreatsion turizm taklif yetilayotgan viloyatlardagiga nisbatan yirikroqdir.
Madaniy turizm deganda asosan insonlar tomonidan o’zga xalqlar madaniyati va urf-odatlariga bo’lgan qiziqish tushuniladi. Madaniy turizm ixlosmandlari turistik manzillar tarixi (arxeologiya, yetnografiya, o’lkashunoslik), yashash tarzi va kun kechirish muhit shart-sharoitlari, milliy hunarmandchilik san’ati kabilarga katta qiziqish bildirishadi. Ularda mahalliy hayot bilan yaqinrok tanishish istagi kuchli bo’lsada, bu tanishish qandaydir noqulaylik, qiyinchilik yeki xavf-xatarni boshdan kechirish orqali amalga oshiriladigan bo’lsa, bunday turistlar o’zlarining bunday maqsadlaridan voz kechib qo’ya qolishadi. O’lkamizga keluvchi madaniy turizm ixlosmandlarining aksariyatini o’zining bilimi va ma’rifatini oshirishni istovchilar tashkil yetishsada, ularning orasida yekoturizm ishtiyoqmandlari, bioekzemplyar yig’uvchilari, turli xil sarguzashtlarga qiziquvchilar ham topilib turadi.
Bunday turistlarning ba’zilari o’zlariga o’xshagan boshqa turistlar guruhida sayohat qilishni yoqtirishsa, boshqalari yakka o’zlari yoki kichikroq guruhlarda afzal ko’rishadi. Turistlarning ba’zilari o’z sayohatlarini o’zlari rejalashtirishlari, ya’ni, qachon qaerga borish, u yerda qancha vaqt to’xtab turish kabilar to’g’risida o’zlari mustaqil qaror qabul qilishadi. Boshqa ba’zi bir turistlar bunda to’laligicha tur tashkilotlariga tayanishadi (ishonishadi).
Xullas, madaniy turizm insonlarning o’zga xalqlar madaniyatlari bilan tanishishga bo’lgan qiziqishlariga asoslanadi va har bir turist o’z yehtiyojlarini belgilangan talablar orqali qondirilshini istaydi.
Turistik yehtiyoj (talab)larni qondirish uchun birinchi navbatda turistik resurslar mavjud bo’lishi lozim. O’zbekistonda madaniy turizm talablarini qondiruvchi resurslar ko’plab topiladi. Masalan, Respublikamizda 4000 ta arxitektura yodgorligi mavjud bo’lib, (ularning ko’pchiligi mustaqillik sharofati bilan qayta ta’mirlandi). Turistlar ye’tiboriga taklif yetilayotgan yodgorliklarning aksariyati XII-XX asrlarga mansub bo’lishsa, ularning orasida IV-IX asr yodgorliklar ham uchrab turishadi. Buxoro shimoli va shimoli-sharqida joylashgan Sarmish, Nurota tog’ tizmalarida, Surxondaryo viloyatida ibtidoiy jamoa tuzumiga xos yodgorliklarni ham uchratish mumkin. Shuningdek, ko’plab qadimiy shaharlar qoldiqlarida olib borilgan arxeologik qazishma ishlari, tabiiy qo’riqxonalarda ko’paytirilayotgan noyob xayvonlar bilan tanishish ham madaniy turizm ixlosmandlarida ko’plab taassurotlar qoldirishi mumkin.
Turizm yangi notanish joylarni ochish, tashqi muhitdan o’zgarishlar qidirish va taassurotlarni boshdan kechirish maqsadidagi intilishlardan kelib chiqqan bo’lib, ushbu atama dastlab frantsuz tilida qo’llanila boshlangan.
Turizm asosan, o’z ichiga insonlarning ko’ngil yozish, hordiq chiqarib dam olishga mo’ljallangan xatti-harakatlarini oladi. Bundan tashqari, turizmga ish hamkorlari va uzoqlardagi do’st-qarindoshlar bilan uchrashish kabilar ham kirishsada, amalga oshirilaetgan bunday sayohatlar davomida ham ko’ngilhushlik va hordiq yozishlardan voz kechilmaydi.
Inson yoshligi davridanoq turizmga qiziqa boshlaydi. Masalan, O’zbekiston sharoitida ham aksariyat bolalar o’z do’stlari, sinfdoshlari yoki ota-onalari bilan yaqin atroflardagi madaniy yodgorliklar va tabiatning so’lim oromgohlariga sayr-sayohatlar uyushtirib turishadi. Tog’u-toshlar, cho’lu-biyobonlarga chiqiluvchi turistik poxodlar davomida yoshlar dala sharoitlarida chiniqishib, o’zlarining jismoniy holatlarini yaxshilab olishsa, katta yoshdagilar o’zlarining mexnat qobiliyatlarini qayta tiklab olishadi. Zero, turizm doimo chambarchas bog’lab kelingan. Rekreatsiya atamasini oddiy xalq dam olish yoki hordiq chiqarish maqsadidagi ko’ngilxushlik deb tushunsada, ilmiy adabiyotlarda bu atamaning asl ma’nosi «yo’qotilgan mexnat qobiliyatini qayta tiklash» sifatida talqin yetiladi.
Turizm yosh avlodni sog’lom qilib tarbiyalashdagi ahamiyatini inobatga olgan holda turizmning yoshlarning ruhiyatiga qiladigan muhim ta’sirlarini ham unutmaslik kerak: turizm yoshlarni vatanparvar yetib tarbiyalashga o’z hissasini qo’shadi! YA’ni, o’z o’lkasida sayohat qilgan odam qanday tabiiy va madaniy boyliklarga yegalik qilayotganligini bilib oladi; qanday ajoyibotlarga yegalik qilayotganini bilgan inson o’zining qo’lga kiritgan me’rosidan g’ururlana boshlaydi; Milliy boyligidan g’ururlanayotgan odam o’z yurtini seva boshlaydi. Shu sababli qadimgi sharq mutafakkirlari insonni dunyoni ko’rishga chaqirishgan, chet yellarga chiqishdan oldin o’z vatanlari ichida safar qilishga undashgan (Masalan, Abduholiq G’ijduvoniy shu kabi fikrlarni qoldirib ketgan).



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling