Термиз давлат университети иқтисодиёт ва туризм факультети


Download 0.75 Mb.
bet24/92
Sana14.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1772134
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тер-fayllar.org

Narx farqlilashtirish turlari quyidagicha ifodalanadi;
1. Xaridorning sotib olish kuchiga ko’ra narx farqlilashtirish:
Xususan tunash korxonalarida xizmat sifatining bir xil bo’lishiga qarshi, mehmonxonaning ko’cha yoki bog’chaga qaragan xonalari farqli narxlarda sotiladi. Bir xil lyuks mehmonxonada a’la-karte restoran va self-servis restoran usuli qo’llanilib turli byudjetlarga xitob etiladi. Mehmonxona yoki dam olish maskanlarida turizm bozoridagi iste’molchilarning katta bir qismini jalb qilish uchun turli tunash va xizmat shakllari ishlab chiqarilib narx farqliligini qiladilar. Xaridor byudjetiga mos ravishda turli narxlarni qo’llaydilar.
2. Muddatga ko’ra narx farqliligi
Turistik korxonalarda eng ko’p qo’llanilgan bir uslubdir, ba’zi minqakalarda turizmning mavsumlik bir xususiyat ko’rsatishidan vaqtga ko’ra turli narxlar qo’llaniladi. Mavsum oldi va mavsum oxiri 50 foizga yaqin narx tushirishlar qilinadi. YArim mavsum, bayram ta’tillar sababli turli narxlar qo’llaniladi. Vaqtinchalik narx farqlilashtirishning maqsadi, talabning yil ichida bir xil shaklda yoyilishi va mehmonxonalarning to’liq nisbati davomida yuqori bo’lishidir. Xaridorning qolish muddatiga ko’ra ham narxlarda bir farqlilashtirish, xaridorga shaxsiy tushirishlar qilinadi.

3. Xaridorlar soniga ko’ra narx farqliligi
Turistik korxonalarga kelgan turistik guruh yoki xaridorlarga ko’ra narx farqliligi ham qo’llaniladi. Xususan dam olish maskanlari katta miqdorda sayohat agentliklari sababli guruh turistlar bilan ishlamoqdadirlar. SHu sababli, kelgan turist soniga ko’ra, korxonalar ma’lum miqdorlarda narxlarda tushirish qilmoqdalar. Bu farqlilashtirish korxonaning to’liqlik miqdorining va foyda olishligining ko’tarilishiga sabab bo’lmoqdadir. Tunash korxonalarida qilingan bu narx farqlilashtirish havo yo’llari tashuvchiligida ham qo’llanilmoqdadir. Guruhlar holida kelgan turistlar korxonada to’liqlik miqdorini orttiradi, tavakkal qilishni kamaytiradi va o’zgaruvchan tannarxlarda tasarruf yarata oladi. «Narx farqlilashtirilishiga o’tishdan oldin»: bozorning bo’limlariga ajraladigan talab muvozanatiga ega bo’lmaganiga qarash, agar bozor bo’limlantirila olsa bu bo’limlarni bir biridan ajratadigan va bo’limlar orasi bosqichlarni ta’sirlaydigan kerakli marketing uslublarni qo’llash va farqli bo’limlar uchun uyg’un narxlar belgilash kerakdir.

4.Turizmda narx siyosatiga ta’sir qiluvchi atrof muhit omillari
Narx siyosatiga har xil omillar turli xil shakllarda ta’sir etmoqdadir. Bular quyidagi shaklda guruhlantiriladi.
A. Korxona tashqarisidan ta’sir qiluvchi omillar.
- Iqtisodiy omillar
- Rasmiy narx aralashishi
- Narx nisbiyligi
- Raqobat shakllari
- Iste’molchi xulqlari (xatti-harakati)
B. Korxonaning ichida ta’sir qiluvchi omillar
- maxsulotlarning narx tuzilishi
- korxonaning maqsadlari
- narx siyosati
- korxona xususiyatlarining tashkiliy tuzilishi
Bu omillar ichida 2 ta ahamiyatlisi bordir.
birinchisi bozorning turi, ikkinchisi esa maxsulotning tannarx bahosi.
Buning natijasida 2 shaklda narx siyosati yaratila olinadi.
a) tannarx va foyda ustiga qo’yilgan narx,
b) bozorga ko’ra (raqobat va talab diqqatga olinib) yaratilgan narx.
Narx joriy qilinar ekan, xususan bozorning tuzilishi juda yaxshi izlanishi va o’rganilishi kerakdir. YA’ni talab va taklif narxlarning yaratilishida eng ahamiyatli omildir. Bir korxonaning maxsulotni hosil qilishi va uzoq muddatli narx siyosatiga, korxonaning ichida bo’lgan muhit omillari ta’sir qilmoqdadir.
Xulosa:
Turizmdan asosiy xizmatlaridan biri bo’lgan turistik maxsulot turining sayyohati davomida foydalaniladigan barcha xizmat turlarini o’z ichiga oladi. Insonlarning turmaxsulotlarni sotib olishlari uchun ishlab chiqarilgan joylarga borishlari mavjuddir. Turmaxsulotni rivojlanish uchun barcha imkoniyatlar yetarli bo’lsa ham undan samarali foydalanilmayapti. Turistlarni jalb qilish uchun ularga ushbu maxsulotlar to’g’risida keng targ’ibot ishlarini ham olib borish kerak. CHunki Respublikamiz boy tarixiy va turistik omillarga egadir. Turistik maxsulot hayotiy bosqichga ega bo’lganligi uchun korxonalar hamisha yangi imkoniyatlarni izlab topishlari va turistlar uchun arzon va sifatli maxsulotlarni taqdim qilishlari zarur.
Turistik yo’nalishlarni rivojlantirish uchun asosiy omil bu kadrlarning bilimi va tajriba potentsialidir. Hozirda Respublikamizda turistik yo’nalishlarni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud bo’lsa ham juda kam yo’nalishlar ishlab chiqilgan. Bu yo’nalishlar faqat “Buyuk Ipak Yo’lida” joylashgan shaharlarga qaratilgan. Lekin respublikamizda turistlarning ko’rishi va dam olishlari uchun tarixiy va xushmanzara joylar ko’p. Faqat ularni yuqori darajada tanishtirish, yangi yo’nalishlar tizimi va turistlarni o’sha joylarga joylashtirish yo’llari ishlab chiqilishi kerak. Hozirda asosiy yo’nalishlar faqat «O’zintur» XJ tomonidan ishlab chiqilgan yo’nalishlar asosida faoliyat ko’rsatmoqda. SHuning uchun ushbu barcha turistik yo’nalishlarni qaytadan ko’rib chiqish va ushbu yo’nalishlar davomida turistlarning foydalanishlari uchun motel va kempinglar barpo etish juda muhim masalalardan biri hisoblanadi.


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling