Termiz Davlat Universiteti Kimyo fakulteti Noorganik va analitik kimyo kafedrasi Kimyo (fan yo’nalishlari bo’yicha) magistratura mutaxassisligi talabalari ilmiy seminar
BAYONNOMASI
2022 yil “___” __________ Termiz shahri
Qatnashdilar: prof To’rayev X. X, dots. Jumayeva Z.E, dots Muqumova G. J, dots. Tillayev X. R, Noorganik va analitik kimyo kafedrasi magistratura mutaxassisligi talabalari
KUN TARTIBI:
Noorganik va analitik kimyo kafedrasi Kimyo (fan yo’nalishlari bo’yicha) magistratura mutaxassisligi 1 – kurs talabalarining dissertatsiya mavzulari yuzasidan ilmiy seminar muhokamasi
ESHITILDI:
Bu seminarda may oyida rejalashtirilgan ishlar amalga oshirilganligi haqida kimyo kafedrasi dekani prof. To’rayev X.X o’z so’zi bilan seminarni ochib berdi. Bunda prof To’rayev X.X 19 – 21 may kunlari bo’lib o’tadigan O’ZMU va TerDU hamkorlikdagi akademik A.G’.G’aniyev va akademik N.A.Parpiyev xotirasiga bag’ishlangan “Kompleks birikmalar kimyosiva analitik kimyo fanlarining dolzarb muammolari” respublika ilmiy – amaliy konferensiyasi haqida ma’lumot berdilar. Bunda har bir magistr o’zining tezisi va ilmiy maqolasi bilan qatnashishlarini ta’kidlab o’tdilar. Seminar davomida t.f.n dots Jumayeva Z. E bo’ladigan konferensiyada barcha magistrlar to’liq va faol qatnashishlari to’g’risida aytib o’tdilar va barcha magistrlarni maqola va tezisida amaliy yordam berishlarini ham aytib o’tdilar. Suhbat asosida turli savollarga javob olganliklari to’g’risida xulosalari haqida magistrlarning ko’pchiligi nutq so’zladilar.
SO’ZGA CHIQDILAR:
Seminarda professor o’qituvchilar bilan bo’lgan suhbatdan o’ziga xos tasavvurga ega bo’lgan magistrlardan Musayev Chori, Bo’ronova |Baxriniso so’zga chiqishdi va o’zlarining taassurotlarini gapirib berdilar. So’zga chiqqanlardan Toshtemirova Muborak o’zining turli savollarga javob olganligi, ilmiy ishni nimadan boshlash kerakligi haqida, qanday adabiyotlardan foydalanish kerakligi haqida so’raganligi va ularning o’quv muassasalarida ilmiy tadqiqot jarayonlari qay darajada tashkil qilinayotganligi haqida savollarga javob olganligi to’g’risida so’zladi. Bundan tashqari seminar davomida laboratoriya ishlarini olib borish maqsadida turli asboblardan qanday foydalanish to’g’risida dots. Tillayev. X. R tomonidan taklif kiritildi va bu taklif kelgusi oyga o’quv rejaga kiritilishi haqida gapirib o’tdi.
QAROR QILINDI:
Seminar davomida yuqoridagi taklif va mulohazalar ko’rib chiqilib, qaror qilindi:
1. 19 – 21 may kunlari bo’lib o’tadigan O’ZMU va TerDU hamkorlikdagi akademik A.G’.G’aniyev va akademik N.A.Parpiyev xotirasiga bag’ishlangan “Kompleks birikmalar kimyosiva analitik kimyo fanlarining dolzarb muammolari” respublika ilmiy – amaliy konferensiyada barcha magistrlarning to’liq qatnashishlari kerakligi to’g’risida qabul qilindi.
Yig’ilish raisi: k.f.f.dots Tillayev X. R
Yig’ilish kotibi: t.f.n. dots Jumayeva Z. E
Do'stlaringiz bilan baham: |