Termiz Davlat Universiteti Kimyo fakulteti Noorganik va analitik kimyo kafedrasi Kimyo (fan yo’nalishlari bo’yicha) magistratura mutaxassisligi talabalari ilmiy seminar bayonnomasi
Download 27.72 Kb.
|
Bayonnoma fevral
- Bu sahifa navigatsiya:
- SO’ZGA CHIQDILAR
- QAROR QILINDI
Termiz Davlat Universiteti Kimyo fakulteti Noorganik va analitik kimyo kafedrasi Kimyo (fan yo’nalishlari bo’yicha) magistratura mutaxassisligi talabalari ilmiy seminar BAYONNOMASI 2022 yil “___” __________ Termiz shahri Qatnashdilar: dots. Jumayeva Z.E, dots. Muqumova G. J, dots. Tillayev X. R, Noorganik va analitik kimyo kafedrasi magistratura mutaxassisligi talabalari KUN TARTIBI: Noorganik va analitik kimyo kafedrasi Kimyo (fan yo’nalishlari bo’yicha) magistratura mutaxassisligi 1 – kurs talabalarining dissertatsiya mavzulari yuzasidan ilmiy seminar muhokamasi ESHITILDI: Bu seminarda o’tgan seminardagi rejalashtirilgan ishlar amalga oshirilganligi haqida kafedra mudiri dots. Tillayev. X. R so’zining boshida seminarni ochib berdi. Fevral oyidan O’ZMU dan prof. Smanova Z. A ning ma’ruza darslari o’tib boshlandi. Bunda Smanova Z. A o’zlarining qimmatli ma’lumotlarini ilmiy ishni qanday mazmunda yozish, laboratoriya jarayonlarini qanday tashkil qilishlari haqida, ilmiy ish bo’yicha qanday adabiyotlardan foydalanish to’g’risida ma’lumotlar berib o’tdilar. Suhbat mobaynida talabalar kerakli ma’lumotlarni yozib olishdi, turli tushunchalarga ega bo’lishdi. Suhbat asosida turli savollarga javob olganliklari to’g’risida xulosalari haqida magistrlarning ko’pchiligi nutq so’zladilar. SO’ZGA CHIQDILAR: Seminarda professor o’qituvchilar bilan bo’lgan suhbatdan o’ziga xos tasavvurga ega bo’lgan magistrlardan Ro’ziyev Umid, Rasulova Safarmoh so’zga chiqishdi va o’zlarining taassurotlarini gapirib berdilar. So’zga chiqqanlardan G. Asadullayeva o’zining turli savollarga javob olganligi, ilmiy ishni nimadan boshlash kerakligi haqida, qanday adabiyotlardan foydalanish kerakligi haqida so’raganligi va ularning o’quv muassasalarida ilmiy tadqiqot jarayonlari qay darajada tashkil qilinayotganligi haqida savollarga javob olganligi to’g’risida so’zladi. Bundan tashqari seminar davomida laboratoriya ishlarini olib borish maqsadida turli amaliyotlar tashkil qilinishi to’g’risida dots. Tillayev. X. R tomonidan taklif kiritildi va bu taklif kelgusi oyga o’quv rejaga kiritilishi haqida gapirib o’tdi. QAROR QILINDI: Seminar davomida yuqoridagi taklif va mulohazalar ko’rib chiqilib, qaror qilindi: 1. Ilmiy ish bo’yicha ilmiy rahbarlar bilan ko’proq ishlash va turli tezis va maqolalarni chiqarish va bilim ko’nikma pedagogik mahoratni oshirishga qaratilgan barcha ishlarni olib borishni ta’minlash bo’yicha qaror qabul qilindi. Yig’ilish raisi: k.f.f.dots Tillayev X. R Yig’ilish kotibi: t.f.n. dots Jumayeva Z. E Download 27.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling