Termiz Davlat Universiteti Kimyo fakulteti Noorganik va analitik kimyo kafedrasi Kimyo (fan yo’nalishlari bo’yicha) magistratura mutaxassisligi talabalari ilmiy seminar bayonnomasi


Termiz Davlat Universiteti Kimyo fakulteti Noorganik va analitik kimyo kafedrasi Kimyo (fan yo’nalishlari bo’yicha) magistratura mutaxassisligi talabalari ilmiy seminar


Download 27.72 Kb.
bet2/4
Sana21.06.2023
Hajmi27.72 Kb.
#1639603
1   2   3   4
Bog'liq
Bayonnoma fevral

Termiz Davlat Universiteti Kimyo fakulteti Noorganik va analitik kimyo kafedrasi Kimyo (fan yo’nalishlari bo’yicha) magistratura mutaxassisligi talabalari ilmiy seminar
BAYONNOMASI
2022 yil “___” __________ Termiz shahri
Qatnashdilar: dots. Jumayeva Z.E, o’qituvchi Mo’minova Sh, dots. Tillayev X. R, Noorganik va analitik kimyo kafedrasi magistratura mutaxassisligi talabalari
KUN TARTIBI:
Noorganik va analitik kimyo kafedrasi Kimyo (fan yo’nalishlari bo’yicha) magistratura mutaxassisligi 1 – kurs talabalarining dissertatsiya mavzulari yuzasidan ilmiy seminar muhokamasi
ESHITILDI:
Bu seminarda mart oyida rejalashtirilgan ishlar amalga oshirilganligi haqida kafedra mudiri dots. Tillayev. X. R so’zining boshida seminarni ochib berdi. Fevral oyidan O’ZMU dan prof. Smanova Z. A ning ma’ruza darslari o’tib boshlandi. Bunda Smanova Z. A “Analizda ekstraktsiya va sorbsiya metodlari” va “Kimyoviy ajratish va konsentrlash usullari” fanlaridan ma’ruza darslarini o’tib boshladilar va o’zlarining qimmatli ma’lumotlarini laboratoriya jarayonlarini qanday tashkil qilishlari haqida ma’lumotlar berib o’tdilar. Seminar davomida t.f.n dots Jumayeva Z. E kimyo laboratoriyasidagi keltirilgan yangi asboblar bilan tanishtirib chiqdilar. Har bir asbob to’g’risida ma’lumot berdilar. Suhbat mobaynida talabalar kerakli ma’lumotlarni yozib olishdi, turli tushunchalarga ega bo’lishdi. Suhbat asosida turli savollarga javob olganliklari to’g’risida xulosalari haqida magistrlarning ko’pchiligi nutq so’zladilar.
SO’ZGA CHIQDILAR:
Seminarda professor o’qituvchilar bilan bo’lgan suhbatdan o’ziga xos tasavvurga ega bo’lgan magistrlardan Xolto’rayev Quvonch, Boboqulova Nigora so’zga chiqishdi va o’zlarining taassurotlarini gapirib berdilar. So’zga chiqqanlardan Maxsumova F o’zining turli savollarga javob olganligi, ilmiy ishni nimadan boshlash kerakligi haqida, qanday adabiyotlardan foydalanish kerakligi haqida so’raganligi va ularning o’quv muassasalarida ilmiy tadqiqot jarayonlari qay darajada tashkil qilinayotganligi haqida savollarga javob olganligi to’g’risida so’zladi. Bundan tashqari seminar davomida laboratoriya ishlarini olib borish maqsadida turli asboblardan qanday foydalanish to’g’risida dots. Tillayev. X. R tomonidan taklif kiritildi va bu taklif kelgusi oyga o’quv rejaga kiritilishi haqida gapirib o’tdi.
QAROR QILINDI:
Seminar davomida yuqoridagi taklif va mulohazalar ko’rib chiqilib, qaror qilindi:
1. Keltirilgan yangi asbob va uskunalardan foydalanish tartibi to’g’risida qaror qabul qilindi
2. Ilmiy ish bo’yicha ilmiy rahbarlar bilan ko’proq ishlash va turli tezis va maqolalarni chiqarish va bilim ko’nikma pedagogik mahoratni oshirishga qaratilgan barcha ishlarni olib borishni ta’minlash bo’yicha qaror qabul qilindi.
Yig’ilish raisi: k.f.f.dots Tillayev X. R
Yig’ilish kotibi: t.f.n. dots Jumayeva Z. E


Download 27.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling