Termiz davlat universiteti magistratura bo’limi 70230104 —adabiyotshunoslik: o’zbek adabiyoti mutaxassisligi 1-bosqich magistranti


Download 15.47 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi15.47 Kb.
#1626976
Bog'liq
NORBOYEVA


Termiz davlat universiteti
magistratura bo’limi 70230104 —adabiyotshunoslik: o’zbek adabiyoti mutaxassisligi 1-bosqich magistranti
Norboyeva Gulnoza Cho’lli qizining
2022-2023 o‘quv yilining mart oyi davomida ilmiy-tadqiqot ishi yuzasidan yozgan

HISOBOTI

Imtihonlardan muvafaqqiyatli o‘tib, “Adabiyotshunoslik” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaning birinchi bosqichiga qabul qilindim. Yangi o’quv yilining dastlabki kunidanoq magistratura bo’limi boshlig’i o’quv yilining birinchi yarim yilligida qanday ishlar qilishimiz haqida ma’lumot bera turib, yuklatilgan vazifalar bo’yicha mas’uliyatli bo’lishimizni ta’kidlab o’tdi. Magistratura bo‘limi tomonidan ilmiy-tadqiqot ishi bo‘yicha topshiriqlar belgilab berildi. Shu jumladan, ilmiy-tadqiqot ish yuzasidan bir oy davomida haftalar kesimida vazifalar taqsimlab chiqildi. Bizga ajratilgan mart oyining 4 haftalik ilmiy-tadqiqot ishi yuzasidan belgilangan muddatda quyidagilar o‘rganib chiqildi va bajarildi:



  • Adabiyotshunoslik kafedrasiga borildi va bir qancha keltirilgan mavzular ro’yxatidan magistrlik dissertatsiyasi mavzusi va ilmiy rahbar tanlandi. Ilmiy rahbar bilan birgalikda dissertatsiya mavzusi haqida qisqacha suhbat o’tkazildi.

  • Ilmiy rahbar bilan birgalikda dissertatsiya mavzusining aniq tadqiqot maqsadi “Zamonaviy o’zbek nasirida poetik yangilanishlar Xoliyor Safar asarlari misolida” deb belgilandi.

  • Dissertatsiya mavzusining obyekti Zamonaviy o’zbek nasirida poetik yangilanishlar va ular yuzasidan yuritilgan fikrlar deb belgilandi.

  • Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi doirasida birlamchi ma’lumotlar, adabiyotlar topildi va ilmiy rahbar bilan birga tahlil qilindi.

Ilmiy-tadqiqot ishi yuzasidan mart oyi uchun hisobot tayyorlandi. Ilmiy rahbar xulosalari asosida ishlab chiqildi.
Ilmiy rahbar: G. Ximmatova
Magistrant: G. Norboyeva


Termiz davlat universiteti
magistratura bo’limi 70230104 —adabiyotshunoslik: o’zbek adabiyoti mutaxassisligi 1-bosqich magistranti
Norboyeva Gulnoza Cho’lli qizining
2022-2023 o‘quv yilining aprel oyi davomida ilmiy-tadqiqot ishi yuzasidan yozgan

HISOBOTI
Aprel oyi davomida ilmiy–tadqiqot ishini bajarish uchun topshiriqlar magistratura bo‘limi metodistlari tomonidan belgilab berildi. Aprel oyining to‘rt haftalik muddatida quyidagilar bajarildi:

  • Ilmiy rahbar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot maqsadi ishlab chiqish belgilandi.

  • Dissertatsiya mavzusining bir necha qismdan iborat ilmiy-tadqiqot vazifalari ilmiy rahbar bilan birgalikda aniqlandi va belgilangan vazifalar bajarilishi rejalashtirildi.

  • Dissertatsiya mavzusining tadqiqot obyekti va predmeti Zamonaviy o’zbek nasirida poetik yangilanishlar davri hikoyalari doirasida bilim va ko’nikmalarini shakllantirish deb aniqlandi.

  • Magistrlik dissertatsiya mavzusini o’rganganlik darajasini aniqlash uchun dastlabki adabiyotlar ro’yxati ilmiy rahbar bilan birgalikda shakllantirildi va ma’lumotlar to’plandi.

Ilmiy-tadqiqot ishi yuzasidan aprel oyi uchun hisobot tayyorlandi va ilmiy rahbar bilan ishlab chiqildi.


Ilmiy rahbar : G. Ximmatova
Magistrant: G. Norboyeva

Termiz davlat universiteti
magistratura bo’limi 70230104 —adabiyotshunoslik: o’zbek adabiyoti mutaxassisligi 1-bosqich magistranti
Norboyeva Gulnoza Cho’lli qizining
2022-2023 o‘quv yilining may oyi davomida ilmiy-tadqiqot ishi yuzasidan yozgan

HISOBOTI
Menga ajratilgan may oyining to‘rt haftalik muddatida quyidagi ishlar bajarildi:
Tanlangan mavzu yuzasidan shu paytgacha olib borilgan ishlarni to’liq o’rganib, ulardan xulosalar chiqarildi. Ilmiy ishini yoritishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan qo'shimcha adabiyotlar jamlandi. Kerakli qismlarni konspektlashtirib borildi.
Ilmiy tezis, maqola chop etish va kerakli ma’lumotlarni to’plash vazifasi yuklatildi. Bu yo’lda dastlabki izlanishlar olib borildi.
Ilmiy tadqiqot ishi mavzusining dolzarbligi bo’yicha magistratura nizomiga asoslangan holda ilmiy rahbar bilan birgalikda asosnoma tayyorlandi.
Ilmiy rahbar bilan birgalikda shaxsiy ish rejasi tayyorlandi va dissertatsiya mavzusining bajarilganligi to’g’risidagi ma’lumotlar jadvalga kiritildi.
Ilmiy-tadqiqot ishi yuzasidan may oyi uchun hisobot tayyorlandi va ilmiy rahbar bilan ishlab chiqildi.


Ilmiy rahbar : G. Ximmatova
Magistrant: G. Norboyeva
Download 15.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling