Termiz davlat universiteti magistratura bo‘limi
Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi to`g`risida NIZOM
Download 1.21 Mb.
|
TaqdimotBino
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. BINOLAR VA INSHOOTLAR KADASTRI TARKIBI, MAZMUNI
- II. BINOLAR VA INSHOOTLAR KADASTRI TARKIBI, MAZMUNI.
Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi to`g`risida NIZOM
10. Binolar va inshootlar davlat kadstrini yurituvchi organlar kadastr hujjatlarini va kadastr malumotlarini ruxsatsiz olish va oshkor еtishdan himoya qilinishini taminlashlari shart. 11. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bo`yicha ishlar ko`chmas mulkka kadastr hujjatlarini tayyorlaganlik uchun to`lanadigan mablag`lar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi. Davlat mulki bo`lgan obektlar bo`yicha binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ishlari davlat byudjeti mablag`lari hisobidan mablag` bilan taminlanadi. II. BINOLAR VA INSHOOTLAR KADASTRI TARKIBI, MAZMUNI 12. Binolar va inshootlar davlat kadastri tuman, shahar kadastr daftaridan, kadastr rejasidan, kadastr hujjatlaridan va geofondlardan, shuningdek mazkur Nizomda belgilangan tartibda shakllantiriladigan kompyuter malumotlaridan iborat bo`ladi. 13. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ham ananaviy (kadastr daftarida ro`yxatdan o`tkazish, kadastr rejasiga kiritish), ham avtomatlashtirilgan (malumotlar kompyuter bankini yaratish) usullarda amalga oshiriladi. 14. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish uch bosqichda amalga oshiriladi: 1-bosqich - binolar va inshootlarning tuman, shahar darajasidagi huquqiy, xo`jalik va arxitektura-qurilish maqomi to`g`risida malumotlar to`plash va kadastr daftarida ro`yxatdan o`tkazish; 2-bosqich - obektlarni chizmada joylashtirib kadastr rejasini tuzish; 3-bosqich - oldingi bosqichlarda olingan malumotlarni hisobga olgan holda malumotlar kompyuter bazasini yaratish. II. BINOLAR VA INSHOOTLAR KADASTRI TARKIBI, MAZMUNI. 15. Binolar va inshootlar davlat kadastri malumotlari tumanlar, shaharlar bo`yicha tuziladi, ularning hududi hisobga olish uchastkalariga bo`linadi. Tumanlar, shaharlar va boshqa aholi yashash punktlarining kadastrga oid bo`linishi chegaralarni belgilash va hududlarni tuman doirasida yoxud shahar, qo`rg`on chegaralarini hisobga olish uchastkalariga bo`lishni bildiradi. Qoraqalpog`iston Respublikasiga, viloyatlarga, Toshkent shahriga, tumanlar, shaharlar va boshqa aholi yashash punktlariga, shuningdek, hisobga olish uchastkalariga yagona tizim bo`yicha kadastr kodi (raqami) beriladi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling