Termiz davlat universiteti milliy libos va san`at fakulteti kutubxona axbarot faoliyati yo`nalishi 122-guruh talabasi A`zamova Sabrinaning kutubxona katalogi va fondi fanidan tayyorlagan slaydi
Download 1.94 Mb.
|
1 2
Bog'liqa`zamova sabriba 122
- Bu sahifa navigatsiya:
- ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Ilmiy kutubxonalar o‘z fondini butlashning xilma-xil yo‘llaridan foydalanadi. Yirik ilmiy kutubxonalar majburiy nusxa olish bilan birga qo‘shimcha ravishda o‘zi ham kitob xarid qiladi. Sohasiga qarab xorijiy kitoblarni oladi. Ayniqsa vaqtli, davom etadigan va ko‘p tomli nashrlarni to‘liq to‘plashi lozim. Universal ilmiy kutubxonalar o‘zlarining murakkab tuzilishiga qarab kitob, jurnal, gazeta, xilma-xil atlaslar, kartalar, chizmalar va hokazolarni oladi. Strukturali bo‘limlar kitob taqsimlashning aniq rejasiga rioya qiladi. Bu kutubxonalar faqatgina yangi adabiyotlar olmasdan kitobxon talabiga ko‘ra ilgari nashr qilingan kitoblarga ham ko‘proq ahamiyat beradi. Maxsus ilmiy kutubxonalar tipiga ko‘p sohali akademiyalar, oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-texnika kutubxonalari kiradi. Ular fantexnika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalar bo‘yicha ilmiy axborot berish markazlari bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘p sohali ilmiy kutubxonalar fondini butlashning xususiyatlaridan biri— har bir mavzu bo'yicha kerakli kitoblarni olishdi.
0 ‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi kutubxonalarni butlash xususiyatlari shu bilan belgilanadiki, bu tarmoq bir necha o‘n yilliklar davomida markazlashgan sharoitda ishlamoqda. Akademiya muassasalari barcha fan va bilim sohalarini qamrab oladi va bu unga kiradigan kutubxonalardan olinadigan kitoblar mavzusini puxta chegaralab olishni talab qiladi. Fanlar akademiyasi institutlari har bir kutubxonasining o‘z butlash sohasi bo'lib, u olimlarning faol ishtirokida ishlab chiqiladi. Butlashning bunday takomiliga boshqa kutubxonalar erishgan emas. Fanlar akademiyasining asosiy kutubxonasi fondida umumiy xarakterdagi ilmiy adabiyotlar, ayniqsa asl manbalar, ilmiy konferensiya, kengashlar materiallari, ma’lumot va noyob nashrlar, qo‘lyozmalar jamlanadi. Alohida institutlarning kutubxonalari esa markaziy kutubxonadan farq qilib, o‘z sohasiga oid va ma’lumot xarakteridagi adabiyotlarni oladi.Akademiya kutubxonalari tizimi xorijiy nashrlar bilan butlashda qator o‘ziga xoslikka ega Ilmiy-texnika axborot-kutubxona muassasalari fondlari asosan xodimlar malakasini oshirish hamda mehnatning ilg‘or usullarini o‘zlashtirishda ishlab chiqarishga yordam berish, texnikaning umumiy masalalari bo‘yicha adabiyotlarni targ‘ib qilishga moslashgan. Bu kutubxonalar, odatda ilmiy-texnika axboroti tizimining tarkibiy qismi sifatida shakllangan adabiyot tanlashda o‘ziga xos turlar: standartlar, sanoat kataloglari, ixtirolar tavsifi va hokazolarga ahamiyat beradi. Odatda texnika adabiyotlari tez eskirib yangilanib turadi, natijada mazkur kutubxona fondlari ham shunga monand bo‘ladi. Hozirgi davrda texnika axborot-kutubxona muassasalarining tor ixtisoslashgan fondlari tematikani kengaytirish tendensiyasiga ega va bu qonuniydir, chunki ayrim masalalarni ishlab chiqish fan va texnikaning yondosh tarmoqlariga doir axborotlardan foydalanishni talab qilmoqda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida: 0 ‘zbekiston Respublikasining Qonuni: № O'RQ — 280. 2011-y. 13-apr. / / Xalq so‘zi. — 2011. — 14-apr. 2. Axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari ishini tashkil qilish. Организация работы информационно-библиотечных и информационно-ресурсных центров: Hujjatlar to‘plami. — Т.: A.Navoiy nomli 0 ‘zbekiston MKsi nashriyoti, 2007. — 172. Karimov U.F, Raxmatullayev M.A. Umarov A. Xalqaro standart kitob raqami (International Standart Book Number — ISBN): Qo‘llanma. — Т.: A. Navoiy nomli 0 ‘zbekiston MKsi nashriyoti, 2006. - 27 b. 3. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasini tashkil etish to‘g‘risida» 2002-yil 12-apreldagi № 123-sonli qarori / / Xalq so‘zi. 2002. — 12-apr. 4. «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida» 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining № 181-sonli qarori. 2006-y. 20-iyun // Xalq so‘zi. 2006. — 21-iYUN ETIBORINGIZ UCHUN RAHMATDownload 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling