Tеrmiz davlat univеrsitеti Milliy libos va san’at fakulteti “Texnologik ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi F. S. Safarovning “Yog‘och materiallardan antikvar jihozlar tayyorlash texnologiyasi” nomli monografiyasiga taqri z
Download 0.65 Mb.
|
tashqi taqriz (2)
Tеrmiz davlat univеrsitеti Milliy libos va san’at fakulteti “Texnologik ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi F.S.Safarovning “Yog‘och materiallardan antikvar jihozlar tayyorlash texnologiyasi” nomli monografiyasiga T A Q R I Z Yangi O‘zbekistonda zamonaviy ta’limda amalga oshirayotgan islohatlarning asosiy maqsadi zamon talabiga javob beradigan yuqori malakali, biror bir masalani ongli ravishda hal qila oladigan kreativ flkrlaydigan, izlanuvchan, yangilikka intiluvchi mutaxassis kadrlar tayyorlashni ko‘zda tutadi. Bu masalalarni ijobiy hal qilish juda muhim bo‘lib, umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning qiziqish va yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda, muntazam ravishda ijodkorlik qobiliyatlarni rivojlantirib borishini ta’minlaydigan bilim berib borishni taqoza qiladi. Shunday ekan mustaqil fikrlash va ijodkorlik qobiliyati muhim o‘rin tutishi kerakligini anglagan holda texnologik ta’lim darslarida ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish orqali maqsadga erishish mumkin. Shu nuqtai nazardan, oliy ta’lim muassasalarida texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy hamda kreativ fikrlashim shakllantirish bugungi kunda dolzarb bo‘lib, muhim amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi. Shu nuqtai-nazardan, texnologik ta’lim fani o‘qituvchilarini kreativ fikrlashini shakllantirish hamda ularni amaliy faoliyatga tayyorlash imkoniyatlari tizimini ishlab chiqish zarur. Mazkur monografiyada yog’ochdan tayyorlanadigan qurilmalarni texnik konstruksiyalash va ularni modellashtirish, xususan yog‘och materiallardan - antikvar jihozlar tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish bilan bog‘liq ishlarni bajarishga qaratilgan bo‘lib, unda yog‘och materiallardan buyumlar tayyorlash texnologiyasini o‘rganish, yog‘ochdan tayyorlanadigan buyumlarga xomashyo tanlash va ularni tayyorlash, yog‘och konstruksiyalarni hisoblash va loyihalashga doir umumiy ko‘rsatmalar ishlab chiqish, jihozlarni loyihalashda antropometrik omillarning e’tiborga olish, yog’och materiallardan tayyorlangan antikvar jihozlar konstruksiyalarini tahlil qilish, antikvar jihoz konstruksiyasi hamda uning qismlari parametrlarini nazariy asoslash, buyumlarni loyihalash metodikasi, antikvar jihoz konstruksiyasi hamda uning qismlari parametrlarini nazariy asoslash, antikvar jihoz qismlarining texnologik xaritalarini tuzish, antikvar jihoz qismlarini tayyorlash, yig‘ish hamda sinashga oid ma’lumotlar batafsil yoritilgan. Ushbu monografiyada ayrim orfografik va grammatik xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan. Mazkur monografiyada o‘z aksini topgan ma’lumotlar nafaqat o‘z vaqtining dolzarb muammolari bo‘lmasdan balki, bugungi kunda ham katta ahamiyatga ega ekanliligi bilan uni chop ettirish zaruriyatini yana bir marotaba taqazo etadi. Monografiyada yetarli darajada ilmiy va tadqiqot materiallari yoritilgan bo‘lib, har bir bob tushunarli, sodda va ravon tilda yozilgan, undan kelgusida shu yo‘nalishda ishlovchi tadqiqotchilar, izlanuvchilar, tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotganlar va fermer xo‘jaliklari qo‘lanma sifatida foydalanishlari mumkin. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling