O‘zbekiston davlat madaniyat va san’at instituti Farg‘ona filiali o‘qituvchisi Shermatova Xurshida Karimovnaning
Download 36.5 Kb.
|
Taqriz MONOGRAFIYAGA
O‘zbekiston davlat madaniyat va san’at instituti Farg‘ona filiali o‘qituvchisi Shermatova Xurshida Karimovnaning “O‘zbekistonda musiqa san’ati tarixi, hozirgi holati va tendentsiyalari” nomli monografiyasiga TAQRIZ Bugungi kunda O‘zbekistonda musiqa san’ati va madaniyatini yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Musiqa madaniyatining turli yo‘nalishlari bo‘yicha yosh iste’dodlarni izlab topish, ularning ijodiy faoliyatini yuksaltirish yuzasidan g‘amxo‘rlik qilish muhim ahamiyatga molik vazifalardan biriga aylandi. “...Xalqimizning ma’naviy saviyasini oshirish, yosh avlodni yuksak insoniy g‘oyalar, ona Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida kamol toptirishda musiqa san’atining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir”. Zero, o‘tmishdagi musiqiy ijrochilik an’analarini tiklash, zamonaviy sharoitlarda saqlab qolish, o‘zbek milliy musiqiy asarlari va sozlarini xorijiy mamlakatlarda namoyish etish, musiqa ta’limida yangi an’analarni tarkib toptirish, xalq ma’naviy merosini asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga yetkazish, jamiyat hayotida musiqa madaniyatining tutgan o‘rnini tahlil etish dolzarb vazifa hisoblanadi. O‘zbek xalqining musiqa merosi boy an’analarga va qadimiy tarixga egadir. Uning davrlar osha rivoji, xalq musiqasi va mumtoz musiqasi negizida rivoj topib kelganligi amaliyotdan ma’lumdir. Musiqa san’ati insoniyatning ma’naviy boyligi, estetik dunyoqarashi va kelajak kamolotini belgilovchi mezonlardan biri sifatida ardoqlanib kelinadi. Unda har bir xalqning milliy an’analari, urf-odatlari, marosim va qadriyatlari munosib o‘rin olgan. Musiqa ijrochiligi, xalq musiqa madaniyatining shakllanib, rivoj topuvchi jonli jarayoni ekanligi hammaga ma’lum. Uning namoyandalari bo‘lmish sozanda, xonanda va bastakorlar xalq madaniyatining o‘ziga xos mutasaddilari sifatida ardoqlanib kelingan. Bu borada o‘tmish risolalarda ham tarixiy muammolar zikr etib kelingan. Jumladan, Abu Nasr Farobiyning “Katta musiqa kitobi”, Zaynullobiddin Husayniyning “Qonuni ilmi, amali musiqi”, Abdurahmon Jomiyning “Risolai musiqiy”, Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois”, Darvesh Ali Changiyning “Musiqiy risola”lari bunga yorqin misoldir. Musiqaning sirli dunyosiga kirgan odam, uning mislsiz ummon ekanligini anglashi muqarrardir. Bu ummon - moziydan sadolanishi, tarix davomida zamon va makon qonuniyatlari negizida shakllanishi, an’analar kamolotida qadr topishi va qadriyatlarga aylanishi, ijodiyot degan ilohiy ne’mat asosida, jonli ravishda rivojlanib borishi bilan xarakterlanadi. Har bir davr o‘zining musiqiy an’analari bilan izohlanishining ham hikmati shundadir. Musiqaning samoviv yoki ilohiy ekanligi qadimiy manbalarda o‘z aksini topgan. Insoniyat esa o‘z ma’naviyati darajasida o‘zining ma’naviy boyliklarini shakllantirib, davrlar osha rivojlantirib kelgan. Bu jarayonda har soha zamonlar evrilishida charxlanib, mukammallashib, yangidan-yangi ijodiy munosabatlar negizida boyib, o‘z samarasini namoyon etib kelgan. Shu nuqtai nazardan ushbu sohada tarixiy tamaddun va hozirgi rivojlanish tendensiyalarini belgilash va tadqiq qilishda alohida chuqur fundamental tadqiqotlarga bo’lgan zarurat kuchayib bormoqda. Muallif qalamiga mansub bo’lgan ushbu monografiya ham yuqoridagi fikr mulohazalarni ilmiy jihatdan izohlab beradi. Monografiyaning ilmiy va metodik dolzarbligini quyidagi asosiy jihatlar bilan bayon etish mumkin: Birinchidan, Musiqa sohasining azaliy qadriyatlardan zamonaviylik mezonlariga bo‘lgan jarayonlarni faqatgina ohanglarda muhrlangan betakror asarlardangina anglash mumkin. Buning esa moddiy va ma’naviy hajmi juda keng, ularni tasavvur ham qilish mushkul. Chunki, har bir xalqning o‘z ma’naviyati, ma’rifati, estetikasi bo‘lib, hayot degan jarayonda milliy hamda mahoratli omillar bilan sug'orilib kelingan. Buning negizida ikki ulkan tafakkur yo‘nalishlari, ya’ni xalq ommaviy musiqasi va tafakkurning individual ijodiy munosabatlarining mahsuli o‘rin olgan. Shuning uchun ham tarixiy taraqqiyot va rivojlanish bosqichlarining mantiqiy va ilmiy ketmaketligi muhim ahamiyatga egadir. Ikkinchidan, barcha turdagi ilmiy ishlar va musiqa sohasiga oid amaliy fundamental tadqiqotlarda o’ziga xos metodika va uslubiyotni saqlash va rivojlantirish, ularni zamonaviy ta’limdagi innovatsiyalar bilan uyg‘unlashtirgan holda yangi ilmiy maktablar shakllantirishni ta’minlashga xizmat qiladi. Shu o’rinda ommabob va klassik musiqaning Vatanimizga kirib kelishi va shakllanish tarixi madaniy musiqa san’atining ajralmas qismi hisoblanadi Uchinchidan, musiqa sohasidagi janrlar evalyutsiyasi va kompozitsion konstruksiyaning mamlakatimiz madaniy sferasidagidagi hozirgi holati haqidagi ma’lumotlar va ilmiy-ommabob ishlarga bo’lgan zaruriyatdan kelib chiqib ushbu ishda jamlangan ma’lumotlar, xulosalar, tahlillar muallifning shaxsiy g’oyalarigina emas, balki amalda mavjud manbalarning yaxlit jamlanmasi deb aytish mumkin Ushbu jihatlarni hisobga olgan holatda muallif O‘zbekiston davlat madaniyat va san’at instituti Farg‘ona filiali o‘qituvchisi Shermatova Xurshida Karimovnaning “O‘zbekistonda musiqa san’ati tarixi, hozirgi holati va tendentsiyalari” nomli monografiyasini fan dasturi va ilmiy faoliyat talablariga mos deb ayta olaman va uning nashir etilishi, ochiq matbuotda e’lon qilinishi, shuningdek, O‘zbekiston Milliy kutubxonasining elektron katalogiga joylashtirilishini maqullayman. XXXXXXX Download 36.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling