Ummon Sultonligi


Download 26.04 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi26.04 Kb.
#1253712
Bog'liq
Ummon Quvayt va Qatar


Ummon Sultonligi
Rasmiy nomi — Ummon Sultonligi. Poytaxti — Maskat. Hududi – 309,5 ming km.kv. Aholisi – 3,3 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili — arab. Dini — islom. Pul birligi — ummon riali.
Geografik joylashuvi va tabiati. Arabiston yarimorolida joylashgan. janubi g’arbiy Osiyo davlati. G‘arbda Saudiya Arabistoni (chegara uzunligi 676 km), janubi g’arbda Yaman (288 km) davlati bilan chegaradosh. Mamlakatning sharqiy va janubiy qirg‘oqlarini Arab dengizi suvlari, shimoliy qirg’oqlarini Ummon ko‘rfazi suvlari yuvib turadi. Quruqlikdagi chegaralari- ning umumiy uzunligi 2092 km. Mamlakatning katta qismi tog’li hududlardan iborat. Ummon ko’rfazi qirg’oqlari bo’ylab Hojar tog‘i tik qoyalari yastanib yotibdi. Tog’lar va Ummon ko‘rfazi o‘rtasida tor Al-Botina pasttekisligi joylashgan. Mamlakatning markaziy qismida Rub-al-Xoli qumli cho’lining sharqiy chegarasi joylashgan. Ummon boy neft zaxiralariga ega bo’lib, foydali qazilmalardan mis, xrom va tabiiy gaz ham qazib olinadi.
Iqlimi — quruq cho‘l zonasi.
Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — mutlaq monarxiya (sultonlik). Mamlakat tarkibiga 3 ta gubernatorlik (viloyat) — Maskat, Musondam, Zufar kiradi. Ummon 1650-yilda mustaqillikka erishgan (ilgari Portugaliya mustamlakasi). 18-noyabr amaldagi sultonning tug’ilgan kuni milliy bayram sifati- da nishonlanadi. Qonunchilik islom qonunlari va ingliz umumiy huquqiga asoslangan bo’lib, sulton Oliy sud instansiyasi hisoblanadi. Davlat va hukumat boshlig’i sulton (sulton Qabus ibn Said ibn Teymur davlatni 1970-yil 23-iyuldan buyon boshqarib kelmoqda). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy yig’in amalga oshiradi. Siyosiy partiyalar taqiqlangan.
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Mamlakat iqtisodi neftni qazib olish sanoatiga asoslan­gan. Neft yalpi milliy mahsulotning 40% ga yaqin qismini, eksportdan tushadigan daromadlarning 20% dan ziyodrog’ini tashkil qiladi. Qishloq xo’jaligida, baliqchilikni kiritgan holda, mehnatga layoqatli aholining 60% i band. Asosiy qishloq xo’jalik mahsulotlari: xurmo, banan, chorvachilik ham rivojlangan. Yiliga 100 ming tonnaga yaqin baliq ovlanadi. Asosiy savdo hamkorlari: Yaponiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Singapur, AQSH.
Tarixi. M. a. 536-yili zamonaviy Ummon hududi forslar tomonidan bosib olingan edi. Yangi davr bosh- larida 0‘rtayer dengizi hamda Osiyo davlatlari o’rtasidagi savdoning asosiy qismi Ummon orqali o‘tardi. VII asr o‘rtalarida Ummon mamlakatga islomni olib kirgan arablar tomonidan bosib olinadi. XVI asrda portugaliyaliklar Maskatni ishg’ol qiladilar, biroq 1650-yilda mamlakatdan yevropaliklami haydab chiqarib, Ummon mustaqillikni qo‘lga kiritadi. 1741-yilda mamlakatdan eronlik bosqinchilarni quvib yuborgan Ahmad ibn Said avlodi 1733-yili Maskat sultonligiga asos soladi. Ibn Saidlar hozirgi kunlarda ham shu shaharlarda hukmronlik qilmoqdalar. 1798-yili Maskat va Buyuk Britaniya o‘rtasida do‘stlik, savdo hamda kema qatnovlari to‘g‘risidagi shartoma imzolangan. Bu shartnoma muddatlari 1891-yil hamda 1970-yillarda mamlakat rahbari «Ummon sultoni» unvonini olganidan so’ng ikki marotaba qayta uzaytirilgan.
Oʻmon — Arabiston yarim orolning janubi-sharqiy qismida joylashgan davlat. Maydoni 309,5 ming km² (gʻarbda chegara choʻldan oʻtganligi uchun aniqbelgilanmagan). Aholisi 4,7 mln. kishi (2018). Poytaxti — Maskat shahri Maʼmuriy jihatdan 59 viloyatga boʻlinadi.

Davlat tuzumi


Ummon — sulton boshchiligidagi monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1996-yil 6 noyabrda kabul kilingan. Davlat boshligʻi — sulton (1970-yildan Qobus bin Sayd). Shoʻro kengashi va Davlat kengashidan iborat Ummon Kengashi maslahat organi mavjud. Ijrochi hokimiyatni sulton va hukumat amalga oshiradi.

Tabiati
Ummon Fors va Ummon qoʻltiqlari, Arabiston dengizi bilan oʻralgan. Shimoliy qismini Ummon togʻlari (mamlakatning eng baland nuqtasi 3353 m — Shom togʻi) egallaydi. Ummon qoʻltigʻi sohilidagi AlBatina pasttekisligida bir qancha vohalar bor. U.ning markaziy qismida Rubʼ ulXoli qumli choʻlining sharqiy chekkasi, janubi-gʻarbida Dofar (Zufar) platosi (bal. 500–1000 m va undan ortiq) joylashgan. Yer ostidan neft, tabiiy gaz, mis, xrom, toshkoʻmir, marganets, qoʻrgʻoshin, oltin va kumush qazib olinadi. Iklimi tropik, hududining katta qismida choʻl iqlimi. Havoning oʻrtacha temperaturasi iyunda 32°, yanvar


da 21° (maksimal temperatura 45—50°). Yillik yogʻin — 150 mm, togʻli joylarda 500–700 mm gacha. U.da muntazam oqar daryolar yoʻq. Yer osti suvlaridan korizpar yordamida keng foydalaniladi. Togʻlar savanna va barg toʻquvchi oʻrmonlar, oʻtloqlar bilan qoplangan. Vohalarda xurmozor va kokos palmazorlari bor. Dofar platosida smola olinadigan ladan va kommifora daraxtlari oʻsadi. Hayvonot dunyosi: sut emizuvchilardan arab gʻizoli (ohu), tulki, chiyaboʻri, sirtlon uchraydi, qoʻshoyoq, kaltakesak, ilon, qirgʻoqqa yaqin suvda baliq koʻp. VaziSerin qoʻriqxonasi tashkil etilgan.


Aholisining 90%dan koʻprogʻi ummonlar (U. arablari). Balujlar, forslar, Hindiston, Pokiston, Afrika mamlakatlaridan kelganlar ham yashaydi. Rasmiy til — arab tili. Davlat dini — islom. Aholining aksariyati Ummon qoʻltigʻi sohillarida istiqomat qiladi. Shahar aholisi 72%. Muhim shaharlari: Maskat, Salala, Sur, Matrah.


Tarixi
Hozirgi U. soqilida mil. av. 4-ming yillikdan Shimoliy Afrika, Fors qoʻltigʻi mamlakatlari va Hindiston oʻrtasida vositachi savdo markazlari mavjud boʻlgan. 6—5-asrlarda U.ning sohil qismlari Axomaniylar xukmronligi ostida boʻlgan. Mil. 6-asrda sosoniy Xisrav I Anushirvon (Nushiravon) qoʻshinlari tomonidan vayron qilindi. 7-asr oʻrtalarida U. Arab xalifaligi tarkibiga kiritildi, islom dini tarqaldi. 8-asr oʻrtalarida xalifa noibiga qarshi qoʻzgʻolondan soʻng U. mustaqil davlat — imomlikka aylandi, uni imom idora qila boshladi. 9-asr oxirida Abbosiylar U.ni oʻziga itoat qildirdi. 11-asr oxiriga kelib mamlakat yana mustaqillikka erishdi. 1515-yil U.ning barcha sohil qismini portugallar bosib oldi. 1650-yil ozod qilindi. 18-asrning 2-yarmida Buyuk Britaniya bilan Fransiya U.ni egallash uchun oʻzaro kurash boshladi. 1792-yil imomning ukasi sulton ibn Ahmad U. sohillarini, jumladan, Maskat va AsSohar shaharlarini egallab, alohida davlat — Maskat sultonligi tuzilganligini eʼlon qildi. Ayni vaqtda vahhobiylar egallab olgan Fors qoʻltigʻi va Hoʻrmuz boʻgʻozi sohillari U.dan ajralib chiqdi. Shu tariqa 19-asr boshlariga kelib, mamlakat U. imomligi, Maskat sultonligi, U.ning shimoliy sohili (ingliz adabiyotida "Qaroqchilar Sohili" deb ataladigan hudud)ga boʻlinib ketdi. 19-asrning 2-yarmida Maskat bilan "Qaroqchilar Sohili" Angliya protektorati (Maskat va Shartnomali Ummon—hozirgi Birlashgan Arab Amirliklari)ga aylantirildi. U. imomligining sohil boʻylaridan mahrum boʻlishi uning savdosotiqdagi mavqeiga putur yetkazadi. 1865, 1886, 1890-yillarda U.da mustamlakachilarga qarshi xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi. Qoʻzgʻolonchilar Maskatni U. bilan birlashtirish va Maskat bilan Buyuk Britaniya oʻrtasida tuzilgan asoratli shartnomani bekor qilinishini talab qildilar. Ammo qoʻzgʻolonlar har safar shafqatsizlik bilan bostirildi.


1913-yil imom Salim alXarusiy boshchiligidagi U. kabila qoʻshinlari Maskatning koʻp qismini ozod qildilar. 1920-yil 25 sentabrda ingliz mustamlakachilari bilan Maskat sultoni AsSib qishlogʻida U. imomligini mustaqil davlat deb tan oluvchi shartnomani imzoladilar. Biroq U.da yirik neft konlari ochilgach, Angliya qoʻshinlari AsSib shartnomasini buzib, 1955-yil kuzda U.ga bostirib kira boshladi, ingliz ask’arlari va Maskat sultoni Sayd ibn Taymur lashkarlari U.ning Nazva, Rustoq va boshqa shaharlarini egallab oldi. U. axrlisining bir qismi imom Gʻolib ibn Ali boshchiligida bosqinchilarga qarshi kurash boshladi. 1959-yilga kelib imomlik hududining anchagina qismi inglizlar qoʻliga oʻtdi. Koʻp ummonliklar vatanini tark etishga majbur boʻldi. 1958-yildan U. taqdiri masalasi BMTda bir necha bor muhokama qilindi. Osiyo va Afrika mamlakatlarining talabi bilan BMT Bosh Assambleyasining 18-sessiyasi U. masalasi bilan shugullanuvchi maxsus qoʻmita tuzdi. BMT Bosh Assambleyasining 20-sessiyasi (1965) U. hududidan ingliz qoʻshinlarini chiqarib yuborish va U.ga mustaqillik berish haqida qoʻmita taklifini maʼqulladi. 1970-yil oxirida Maskat sultonining oʻgli Qobus bin Sayd Maskat sultonligi bilan U. imomligini birlashtirib, U. Sultonligi tuzilganini eʼlon qildi. U. — 1971-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 18- noyabr — Milliy kun (1970).


Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari yoʻq.


Xoʻjaligi


U. neft va gaz sanoati rivojlanayotgan agrar mamlakat. Yirik neft konlari ochilganligi tufayli 1967-yildan neft va gaz qazib olish rivojlana boshladi. Yalpi ichki mahsulotda neft va gaz sanoatining ulushi 38,5%, qishloq xoʻjaligining ulushi 2,9%. Hududining 0,1%da dehqonchilik qilinadi, aholining 75% qishloq xoʻjaligida band. Sugʻoriladigan yerlarda yer osti kanallari (korizlar) yordamida voha dehqonchiligi yoʻlga qoʻyilgan. Eksport uchun xurmo (finik palmasi), limon va tamaki ekiladi. Ichki ehtiyoj uchun tariq, bugʻdoy, arpa, sabzavot, poliz ekinlari, makkajoʻxori, paxta, shakarqamish, meva ham yetishtiriladi. Koʻchmanchi badaviylar chorvachilik (qoʻy, echki, tuya boqish) bilan shugʻullanadi. Dengizdan baliq ovlanadi. Ummon sanoatida kuvur va plastmassa mahsulotlari, shuningdek, kimyo, neftni qayta ishlash, sement zavodlari, q,x, mahsulotlarini qayta ishlovchi, konditer, unyorma, metallsozlik, mashinasozlik, kemasozlik korxonalari bor. Yiliga oʻrtacha 7,8 mlrd. kVtsoat elektr enrgiya hosil qilinadi. Avtomobil yoʻllari uz. 30,8 ming km; temir yoʻl yoʻq. Asosiy dengiz portlari — Maskat va Matrah. Maskat yaqinidagi AsSib shahrida xalqaro aeroport bor. U. chetga neftdan tashkari neft mahsulotlari, rangli metall, xurmo, quritilgan baliq, tamaki, sitrus mevalar chiqaradi. Chetdan mashina va uskuna, transport vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari, gazlama, qurilish materiallari oladi. Buyuk Britaniya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Singapur, AQSH bilan savdo qiladi. Pul birligi — Ummon riali.

Maorifi. 1970-yillardan xalq maorifini rivojlantirish choratadbirlari kurila boshladi. Diniy maktablar bilan bir qatorda dunyoviy oʻquv yurtlari ochildi. Bolalarga taʼlim berish, ularni darslik, maktab kiyimlari va boshqalarlar bilan taʼminlashni davlat oʻz zammasiga olgan. Yoshlarga kasbhunar oʻrgatuvchi taʼlim markazlari ochilgan. Ummon ishlari Maskat shahridagi U. madaniy merosi direktorata, U. tarixiy assotsiatsiyasi va boshqa muassasalarda olib boriladi.


Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. U.da nashr etiladigan asosiy gaz.lar: "AlVatan" (arab tilidagi kundalik gazeta, 1971-yildan), "Ummon" (arab tilidagi kundalik gaz.), "Oman deyli observer" ("Ummonning kundalik sharhlovchisi", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1981-yildan), "Tayme ofOmon" ("Ummon vaqti", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1975-yildan). Davlatga karashli U. axborot agentligi 1984-yil tuzilgan. U. Sultonligi radiosi 1970-yil, U. televideniyesi 1974-yil tashkil etilgan.


Madaniyati


U. adabiyoti va sanʼati umumarab madaniyatining bir qismi sifatida rivojlanib kelgan. U.ning janubi-gʻarbidagi Dofar viloyatida milodning dastlabki ayerlarida ravnaq topgan AlBalid, Rubat, Taki shaharlari, XorRori (kad. Samxaram) portining xarobalari saqdanib qolgan. Toshdan ibodatxonalar (jumladan, oy maʼbudasiga bagʻishlangan ibodatxonalar) qurilgan, jez haykallar yasalgan (boʻlaklari topilgan). 7-asrda islom dini qabul qilingach, mayejid va madrasalar barpo etila boshladi. 16-asrdan boshlab, portugallar hukmronligi davrida dengiz sohilidagi Maskat, RasalXayma, Matrah shaharlarida, mamlakat ichkarisidagi Nazva, Ibrida mahobatli tosh qoʻrgʻonlar kurildi. U. shaharlari, asosan, oʻrta asr qiyofasini saqlab qolgan. Shaharlardagi uylar 2—3 qavatli, deraza va ayvonlariga panjara tutilgan. Sohilda oʻrnashib olgan baluj va afrikaliklar qamish va bordondan yasalgan, tomi palma yaprogʻi bilan yopilgan kulbalarda yashaydilar. Qad. badiiy hunarmandchilikdan zargarlik (zebziynat buyumlari, qurol, ayniqsa, sopiga oʻyib naqsh solingan chiroyli pichoqlar), mis va sopoldan sirlangan idish, charm buyum (egarjabduq, qamchi, shippak)lar yasash, kashtachilik, yogʻoch oʻymakorligi kasblari saqdanib qolgan.
QUVAYT

Quvayt Davlati (Davlat al-Quvayt) — Arabiston yarimorolida, Fors qoʻltigʻining shimoli-gʻarbiy sohilidagi davlat. Maydoni 17,8 ming km². Aholisi 2,04 mln. kishi (2001). Poytaxti — Al-Quvayt shahri. Maʼmuriy jihatdan 3 viloyatga boʻlinadi.


Davlat tuzumi


Quvayt — konstitutsiyaviy monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1962-yil 16-noyabrda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — amir (1977-yildan shayx Jobir al-Ahmad al-Jobir as-Saboh). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni amir va parlament — Milliy Majlis, ijro etuvchi hokimiyatni amir va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.

Tabiati
Yer yuzasining koʻp qismi gʻarbdan sharqqa pasayib boruvchi plato. Fors qoʻltigʻining sohili botqoqli pasttekislik. Quvayt hududi Afrika— Arabiston platformasining Shimoli-sharqida. Basra - Quvayt sineklizasida joylashgan. Iqlimi quruq, tropik iqlim. Yanvarning temperaturasi 11°, iyulniki 34°. Yillik yogʻin 100–150 mm. Landshafta: shimoliy qismida toshloq, markaziy va janubiy qismiga tomon qumli choʻl bilan almashinib boradi. Oʻsimlik kam, tuprogʻi boʻz tuproq.


Aholisi
Aholisining 90% ga yaqini arablar, ularning yarmidan koʻpi muhojirlar. Koʻchmanchi badaviylar, hindistonlik va pokistonliklar, eronliklar ham yashaydi. Rasmiy tili — arab tili. Dini — islom. Aholining 96%i shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Quvayt va Al-Ahmadi.


Tarixi
Miloddan avvalgi 3-ming yillikkacha Quvayt hududi Bobil, Ossuriya va Eron davlatlari tarkibiga kirgan. Undan keyingi davrlarda esa turli davlatlar oʻrtasida talash boʻlib keldi.


VII asr dan Quvayt Arab xalifaligi, XVI asrdan Usmonli turk saltanati tarkibida. XVIII asr oʻrtalaridan Quvaytda hokimiyat as-Saboh sulolasi shayxlari qoʻlida. XVIII asrning 60-yillaridan Quvaytga Britaniyaning Ost-Indiya kompaniyasi kirib kela boshladi. 1899-yildan Quvayt amalda Buyuk Britaniya tasarrufiga oʻtdi. Quvayt xalqining kurashi natijasida 1961-yil 19-iyunda Quvayt mustaqillikka erishdi. Hukumat bir necha ilgʻor islohot oʻtkazdi. Mamlakatda siyosiy hayot faollashib, 1967-yilda Quvayt kasaba uyushmalari federatsiyasi tuzildi. Quvayt hukumati ijobiy betaraflik, hamma mamlakatlar bilan hamkorlik qilish siyosatini rasmiy ravishda eʼlon qildi. 1990-yil 2-avgustda Iroq Quvaytni bosib olib, oʻz viloyati deb eʼlon qildi. BMT Xavfsizlik Kengashining qaroriga binoan, 29 mamlakatdan iborat koalitsiya kuchlari Quvaytni 1991-yil 26-fevralda butunlay ozod qildi.


Quvayt 1963-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1994-yil 8-iyulda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 25-fevral — Milliy kun (1961).


Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari


Quvaytda siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlangan. Quvayt demokratik forumi, muxolifatdagi partiya, 1991-yil 7 muxolifat guruhining birlashuvi natijasida tuzilgan. Quvayt ishchilari umumiy federatsiyasi kasaba uyushmasi 1967-yil dekabrda tuzilgan. Arab kasaba uyushmalari xalqaro konfederatsiyasi va Jahon kasaba uyushmalari federatsiyasi aʼzosi.

Iqtisodiyot


Ikkinchi Jahon urushigacha Quvayt iqtisodiyotining asosiy tarmogʻi koʻchmanchi chorvachilik, sohilda esa dengiz jonivorlarini ovlash boʻlgan, aholining bir qismi savdo-sotiq va xususan, marvarid savdosi bilan shugʻullangan. Urushdan keyin boy neft konlari negizida neft qazish sanoati rivojlandi. 1970-yillarga kelib yalpi milliy mahsulotning salkam 60%, valyuta tushumining 94% neft sanoatiga toʻgʻri keldi. Iroq agressiyasi Quvayt iqtisodiyotiga, ayniqsa, neft konlariga katta zarar yetkazdi, ammo 1993-yildayoq neft eksportidan olingan mablagʻ urushdan avvalgi darajadan oshib 9,9 mlrd. va 1994-yil 11,2 mlrd. dollarni tashkil etdi. Quvaytda neftdan olinadigan daromadlarning 10% "Kelgusi avlodlar jamgʻarmasi"ga oʻtkaziladi. Asosiy neft konlari: Al-Burkon, Al-Makva, Vafra, Ahmadi. Yiliga 25 mln. tonna neftni qayta ishlab oladigan 3 ta zavod mavjud. Tabiiy gaz ham qazib olinadi. Shuningdek, kimyo (kimyoviy oʻgʻit, ammiak, oltingugurt, kaustik soda, boʻyoq), kemasozlik, metall ishlash (quvur, akkumulyator), oziq-ovqat, qurilish ashyolari sanoati (sement, gʻisht, cherepitsa va boshqalar) ishlab chiqarish kabi tarmoqlari ham rivojlangan. Elektr stansiyalar, dengiz suvini chuchitadigan qurilmalar bor. Temir-tersakdan metall eritadigan, neft sanoati uskunalarini, roʻzgʻor elektr va radio asboblarini taʼmirlaydigan korxonalar, hunarmandchilik ustaxonalari ham mavjud. 90-yillarda neft sanoati yalpi ichki mahsulotning 42% ni, boshqa sanoat tarmoqlari 14,5%, qishloq xoʻjaligi esa 0,3% ni tashkil etdi. 1 yilda oʻrtacha 16,8 mlrd. kVt/soat elektr energiyasi hosil qilinadi.

Qishloq xoʻjaligida hamon koʻchmanchi chorvadorlik ustun. Vohalarda xurmo, bugʻdoy, arpa, sabzavot yetishtiriladi. Umuman, mamlakat hududining atigi 1% qishloq xoʻjaligiga yaroqli. Bu aholinig qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga ehtiyojining 50% nigina qondiradi. Oziq-ovqatning koʻp qismi chetdan keltiriladi. Baliq ovlash aholi ehtiyojining 25% ni qondiradi. Quvaytda temiryoʻl yoʻq. Avtomobil yoʻllari oʻz. — 4 ming km dan ortiq. Dengiz transporti, ayniqsa, tankerlar katta ahamiyatga ega. Asosiy dengiz portlari: Shuvayx (Quvayt), Ash-Shuayba, Mino-al-Ahmadi. Chetga neft va neft mahsulotlari, kimyoviy oʻgʻit, suyultirilgan gaz, asbest quvurlar, sement va boshqa chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, transport vositalari, qurilish ashyolari, metall va metall buyumlar, oziq-ovqat keltiradi. Quvaytning bir qancha mamlakatlardagi sarmoyalarning katta qismi koʻchmas mulkka aylantirilgan. Jumladan, Gollandiya va Daniyada Quvaytga qarashli neftni qayta ishlash zavodlari, Yevropadagi 9 davlatda 5117 avtomobil yoqilgʻisini quyish tarmoqlari mavjud. Bundan tashqari, Angiyaning "British petroleum", "Midlend", Germaniyanig "Daymler bens", "Folksfagen", "Simens", Ispaniyaning "Taras", Fransiyaning "Pariba" kabi yirik kompaniya va banklari hissadoridir. "Santa-Fe" xalqaro neft kompaniyasi Quvaytning toʻla xususiy mulki hisoblanadi. Asosiy savdo mijozlari: Yaponiya, AQSh, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Xitoy, arab mamlakatlari. Pul birligi — Quvayt dinori.


Tibbiy xizmati, maorifi va ilmiy muassasalari


Shifokorlar Quvayt davlat universitetida va chet ellarda tayyorlanadi. Davlat oʻquv yurtlarida barcha turdagi taʼlim bepul. Xususiy maktablar ham bor. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati — 4 yil, oraliq maktabda 4 yil va oʻrta maktabda 4 yil Boshlangʻich va oraliq maktablarda 6— 14 yoshdagi bolalarning oʻqishi majburiy. Mamlakatda 1 oliy oʻquv yurti — Quvayt davlat universiteti (1966-yilda asos solingan) mavjud. Ilmiy muassasalari: Quvayt ilmiy-tadqiqot instituti (1967), qishloq xoʻjaligi tajriba styasi (1953), Arab rejalashtirish instituti (1966)— hammasi Quvayt shahrida. Quvayt markaziy kutubxonasi (1936), universitet kutubxonasi, Quvayt shahrida Quvayt muzeyi va tabiiy-tarixiy muzey bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi


Quvaytda bir necha gazeta va jurnal nashr etiladi. Eng muhimlari: "Al-Anba" ("Xabarlar", arab tilidagi kundalik gazeta, 1976-yildan), "Arab tayme" ("Arab vaqti", ingliz tilidagi gazeta, 1977-yildan), "Al-Vatan" (arab tilidagi kundalik gazeta, 1974-yildan), "Al-Jamahir" ("Omma", arab tilidagi kundalik gazeta, 1984-yildan), "Al-Kabas" ("Bilim", arab tilidagi kundalik gazeta, 1972-yildan), "Quvayt tayme" ("Quvayt vaqti", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1961-yildan), "Ar-Risola" ("Maktub", arab tilidagi haftalik gazeta, 1961-yildan), "As-Siyosa" ("Siyosat", arab tilidagi kundalik gazeta, 1965-yildan), "Al-Xadaf" ("Maqsad", arab tilidagi haftalik gazeta, 1961-yildan), "Al-Amal" ("Ishchi", haftalik jurnal), "Al-Arabi" ("Arab", oynoma, 1958-yildan), "Al-Kuvayti" ("Kuvaytlik", haftalik jurnal, 1961-yildan), "At-Talia" ("Ilgor", haftanoma, 1962-yildan). Kuvayt axborot agentligi (KUVA) 1976-yilda tuzilgan. Kuvayt radioeshittirish xizmati 1951-yil, televideniyesi 1961-yil tashqil etilgan.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati


Faylaka oroldan qad. ibodatxona vayronasi, jez haykalchalar, ioniy kolonnali Satir ibodatxonasi, keramika buyumlari topilgan (miloddan avvalgi III asr). quvayt shahrining eski uylari 1—2 qanatli boʻlib, tosh va loydan ishlangan hamda tashqi (devon) va ichki (haram)ga ajratilgan. Gumbazli 1 va 2 minorali jome masjidlar (Katta masjid, as-Suk va boshqalar) qurilgan. 1950—60 yillarda shahar qayta qurildi. Sanoat inshootlari barpo etildi. Koʻp qanatli uylar qurilib, koʻchalar koʻkalamzorlashtirildi. Temir-beton va oynadan qurilayotgan koʻp qanatli uylar koshinli, shishaband. Xalq ustalarining sanʼati bezak buyumlarda (yogʻoch kosa, shisha munchoqlar, qimmatbaho tosh koʻzli oʻzuklar, kumush yoki qoʻrgʻoshin qoplab vaqshlangan chilimlar va boshqalar) koʻzga tashlanadi.

Musiqasi arab musiqa sanʼati bilan bevosita bogʻlangan. Hanaskorlik musiqa sanʼati rivojlangan. Chet elda oʻqib kelgan musiqa mutaxassislari maktablarda daryo beradi va hanaskorlar orkestrini tashqil qiladi. Yirik milliy professioval orkestr — radio va televideniye orkestri bor. Unga mahalliy bastakorlar musiqa yozib beradi.


Teatri
1957-yil Xalq teatri tuzildi. 1959-yildan Arab teatri ishlay boshladi. Uning repertuarini Misr va mahalliy mualliflar pyesalari boyitib keldi. 1964-yil truppani miyerlik rejissor Zakiy Toʻlaymat boshqarib, arab pyesalarini sahnalashtirdi va mamlakatda ilk bor teatr bilim yurtini tashqil etdi. 1963-yil Fors koʻrfazi Quvayt teatri paydo boʻldi va unda mahalliy dramaturglar asarlari qoʻyildi. 1967-yil yava bir teatr truppasi — Quvayt teatri tashkil etildi.


Kinosi
60-yillar boshidan qisqa metrajli voqeiy va hujjatli filmlar suratga olina boshladi. 1971-yil "Shafqatsiz dengiz" (rejissor Xolid Saddiq) badiiy filmi namoyish qilindi. Quvaytning oʻz kinostudiyasi yoʻq.


Oʻzbekiston — Quvayt munosabatlari


Asosiy maqola: Oʻzbekiston — Quvayt munosabatlari
1994-yil iyulda ikki davlat oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrnatilgach, turli sohalarda hamkorlik yoʻlga qoʻyila boshladi. 1994-yilda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Quvayt oʻrtasida "Havo qatnovi toʻgʻrisidagi bitim" kelishib olindi.

1997-yilda Quvayt iqtisodiy rivojlanish jamgʻarmasi Nukus va Urganch shaharlarini suv bilan taʼminlash loyihasi uchun 18 mln. AQSh dollari miqdorida pul ajratdi. Ayni vaqtda Oʻzbekistonga 6 mln. Quvayt dinori miqdorida kredit berish haqidagi shartnoma imzolandi; 20 yil muddatga berilgan bu kreditda 5 yillik imtiyozli davr koʻzda tutilgan.


1998-yil 250 ming Quvayt dinori miqdoridagi kredit mablagʻi oʻzlashtirildi. Ikki davlat oʻrtasida siyosiy, ijtimoiy, madaniy sohalarda ham hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Bunga Quvayt parlamentida Quvayt — Oʻzbekiston doʻstlik qoʻmitasi tashkil etilgani yaqqol misol boʻla oladi[1]


QATAR

Qatar Davlati (دولة قطر, Davlatu Qatar) — Janubiy Gʻarbiy Osiyodagi davlat. Qatar yarim orolda joylashgan. Maydoni 11,4 ming km². Aholisi 793,3 ming kishi (2002). Poytaxti — Doʻha shahri


Davlat tuzumi


Qatar — mutlaq monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 2003-yil apreldagi referendumda maʼqullangan va 2005-yildan kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — amir (1995-yildan shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy); u qurolli kuchlar bosh qoʻmondoni hamdir. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi.

Tabiati
Sohil qismi past, marjon riflari bilan oʻralgan. Yer yuzasi choʻl landshaftli tekislikdan iborat (eng baland joyi 56 m), voha kam, ayrim joylari botqoqlashgan tekislik. Neft va tabiiy gaz konlari bor.


Iqlimi tropik, quruq iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 16°, iyulniki 32°, eng yuqori temperatura 45".-yillik yogʻin 125 mm chamasida. Qatarda muntazam oqib turadigan daryolar yoʻQatar Choʻl oʻsimliklari oʻsadi.


Aholisi, asosan, mahaliy arablar; qolganlari boshqa arab mamlakatlari, Eron, Pokiston, Hindiston hamda Afrikadan kelganlar. Rasmiy til — arab tili. Davlat dini islom. Shahar aholisi 91 %. Asosiy shaharlari: Doʻha, UmmSaid, Doʻhan.


Tarixi
Qatar yarim orolda aholi miloddan avvalgi 3—2-ming-yillikdan yashab kelgan. Qatarni bir necha marta Sosoniylar egallagan. 7—10-asrlarda Arab xalifaligi tarkibida boʻlgan. 10-asrdan Qarmatlar davlatiga kirdi. 13^14-asrlarda Bahrayn amirligi hukmronligi ostida boʻldi. 16-asr boshlarida portugallar, keyinroq usmonli turklar bosib oldi. 18-asrning 2-yarmida Qatar hududida Soniy sulolasi boshchiligidagi kichik sultonlik tashkil etildi. Bu sulola 19-asrning oxirida Qatarni birlashtirdi. 1871 — 1914-yillarda Qatar yana Usmonli turk imperiyasi hukmronligi ostida boʻldi. 1916—71-yillarda Buyuk Britaniya protektorati. 1971-yil 1-sentabrda mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. Qatar — 1971-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 3-sentabr — Mustaqillik kuni (1971). Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 30-dekabrda tan olgan va 1997-yil 27-noyabrdan diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan. Qatarda siyosiy partiya va kasaba uyushmalari yoʻQatar

Xoʻjaligi


Qatar iqtisodiyotining asosi — neft qazib chiqarish va uni qayta ishlash; asosiy neft konlari Doʻhan rayonida joylashgan. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 1 %, sanoatniki 49 %, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 50 % ni tashkil etadi.

Sanoatida neftdan tashqari, tabiiy gaz ham qazib chiqariladi. Shuningdek, oʻgʻit, neft kimyosi sanoati mahsulotlari, sement ishlab chiqariladi, gaz suyultiriladi. UmmSaid shahrida metallurgiya zavodi ishlaydi. Avtomobillarni taʼmirlash ustaxonalari, alkogolsiz ichimliklar zavodlari bor.-yiliga oʻrtacha 5,9 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi.


Qishloq xoʻjaligi sust rivojlangan. U ichki ehtiyojning 10 % ni qondiradi. Vohalarda xurmo (finik palmasi) oʻstiriladi; bugʻdoy, makkajoʻxori, tariq, joʻxori, sabzavotlar ekiladi, bogʻdorchilik bilan shugʻullaniladi. Koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilik (qoʻy, echki, tuya boqiladi) mavjud. Sohilga yaqin suvlardan baliq, krevetka ovlanadi, marvarid olinadi.


Qatarda temir yoʻl yoʻQatar Avtomobil yoʻllari uz. 1,2 ming km (90 % qattiq qoplamali). Gaz va neft quvurlari uz. 550 km dan ziyod. Dengiz savdo flotining tonnaji — 636 ming t dedveyt. Dengiz portlari: Doʻha va UmmSaid. Qatar chetga neft va neft mahsulotlari, oʻgʻit, sement, suyultirilgan gaz, dengiz mahsulotlari chiqaradi. Chetdan oziqovqat, sanoat jihozlari, keng isteʼmol mollari oladi. Tashqi savdoda Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya, BAA, Germaniya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — Qatar riali. Tibbiy xizmati, maorifi va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Aholi uchun tibbiy xizmat bepul. Vrachlar chet elda tayyorlanadi. Oʻrta maktablarda oʻqish bepul. Oʻrta umumiy taʼlim va hunartexnika oʻquv yurtlari, universitet bor. Milliy muzey, akvarium, etn. muzeyi, milliy kutubxona faoliyat yuritadi.


Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi
Qatarda bir qancha gazeta va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: „al-Arab“ („Arabcha“, arab tilidagi kundalik gazeta, 1957-yildan), „Asuak alXolij“ („Koʻrfaz bozorlari“, arab tilidagi oylik jurnal, 1980-yildan), „alVatan“ („Vatan“, arab tilidagi kundalik gazeta, 1995-yildan), „Galf tayms“ („Koʻrfaz vaqti“, ingliz tilidagi kundalik va haftalik gazeta, 1978-yildan), „ar-Rayya“ („Bayroq“, arab tilidagi kundalik gazeta, 1978-yildan), „ashSharq“ („Sharq“, arab tilidagi kundalik gazeta, 1985-yildan). Qatar axborot agentligi hukumat agentligi boʻlib, 1975-yil tuzilgan. „Katar brodkasting servis“ hukumat xizmati 1968-yil, „Katar televiji servis“ telekoʻrsatuv xizmati 1970-yil tashkil etilgan. Qatarda „alJazira“ mustaqil arab yoʻldosh telekanali (1996-yil asos solingan) qarorgohi joylashgan.
Download 26.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling