Jigarrang chumoli- hikoyasi tahlili
Download 67.13 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq-Jigarrang chumoli- hikoyasi tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hikoyaning tarjimasi
"Jigarrang chumoli" hikoyasi tahlili Danaboyeva Shahnoza arab-ingliz 1 Muallif haqida: "Jigarrang chumoli" hikoyasi Quvayt zamonaviy adabiyoti yozuvchisi Laylo al-Usmon qalamiga mansubdir. Quvayt adabiyoti ham hozirgi arab adabiyotining tarkibiy qismi hisoblanadi. Quvayt adabiyotining rivojlanish xususiyati shundaki, Quvayt yozuvchilari ijodida shu mamlakatda ro'y berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy hayotdagi jarayonlar bilan bir qatorda butun arab dunyosi uchun xos bo'lgan hodisalar aks ettiriladi. Laylo al-Usmon arab adabiy dunyosida hikoyanavis, romannavis va jurnalist sifatida mashhurdir. Mashhur yozuvchi Xanna Minna adiba haqida shunday fikr bildiradi: "U juda yaxshi yozadi, bu uning mashhurlikka erishishida emas, balki o'zi o'rganib qolgan tor doiradan chiqishga uringanidadir. U o'z adabiyotini Quvaytdan tashqariga, boshqa al-Xalij mamlakatlariga olib chiqishga harakat qiladi. U o'z intilishlarida ancha barqarordir". Hikoyaning tarjimasi: "Jigarrang chumoli" hikoyasini tahlil qilar ekanmiz, avvalo, hikoyaning qisqa bayoni bilan tanishib chiqamiz. Bir Ariyb degan qizning uyiga chumolilar to'planibdi, uy egalari indashmaganiga ular juda ko'payib ketishibdi. Chunki uy egalari ularni juda ojiz deb sanab, e'tibor berishmabdi, lekin chumolilar bundan foydalanib, uy tagidan o'zlariga uy qurishibdi, xonadon egalarining ovqatlaridan tashib, o'zlariga zaxira ham to'plashibdi. Asar qahramoni qizaloq Ariyb chumolilarni kuzata boshlabdi: chumolilar biri biri bilan pichirlashgan, biri tomga o'rmalagan... Shunda qizcha onasining o'z singlisi haqida aytib bergan voqeasini eslabdi. Onasi 13 yoshlik paytida Ariybning buvisi yana bitta qiz tug'gan ekan, bundan oila a'zolarining barchasi juda xursand bo'lishibdi, chunki u uyda bola yig'isi eshitilmaganiga ancha bo'lgan ekan. Bir kuni Ariybning buvisi bolamni emizaman deb uyg'onsa, bolaning joyida o'rmalab yurgan chumolilarni ko'rib qolibdi. Bu chumolilar bir haftadan beri o'sha yerda yurishgan ekan, bolani ko'rmagan biror vrach, uyga kelib, bolaning boshida Qur'on o'qib ketmagan birorta qori qolmabdi. Juma kunlari buvisi idishda suv olib, masjid yonida turar ekan. Oxiri buvisi bolani saqlash uchun uni savatga solib, tepaga osib qo'yibdi. Ertalab esa ularni yangilik kutib turardi: bola o'lik, butun boshi, badani jigarrang chumoli bilan qoplangan edi. Bu voqeani eshitgandan so'ng Ariybning o'z uyidagi chumolilarga nafrati oshib ketadi va ularni o'ldirishga qaror qiladi. Shunda unga onasi chumolilarni o'ldirma, ular ojiz hasharotlar-ku, deb javrayveradi. Lekin Ariyb bu narsaga jiddiy e'tibor qaratadi va onasini muntazam ogohlantiradi. Chumolilar uyni bosishni boshlashgandi. Kunduz qizaloq ularni, tunda esa chumolilar qizchasi ta'qib qilishardi, ya'ni uning tushiga kirishardi. Tushida hamma chumolilar katta yagona chumoliga birlashib, bola tomon yaqinlashib kelardi. Qiz esa dahshatdan qichqirib uyg'onib ketardi. Onasi so'rardi: -Nima bo'ldi, senga? -Tush... -Yana o'sha tushmi? -Ha. Onasi esa Allohning ismlari bilan bezalgan idishda unga suv tutardi. -Senga ming marta aytdim, chumolilarni tinch qo'y, ularga ozor berma deb. Lekin tong otganda qizcha yana tundagi tushni unutib, chumolilarga qarchi kurash ochardi. Ertalab maktabga ketayotib, qayerda chumoli ko'rsa, ularni oyog'i bilan bosib, yanchib tashlardi va bundan xotirjam tortardi. Bir kuni ularning shaharchasiga g'alati chumolilar kirib kelibdi: uzun va sarg'ish, duch kelgan narsani yamlamay yutib ketadigan. Endi qizcha qora chumolilar haqida butkul unutibdi va endi sarg'ish chumolilardan qo'rqa boshlabdi. Har gal maktabdan qaytayotganda, Abu Musamaning do'konidan o'tarkan va uning chumolilarga shakar sepib turganini ko'rarkan. Shunda: -Ularga ovqat bermang, deb baqirarkan. Abu Musama esa: -O'zimning pulimga sochyapman, sening ishing bo'lmasin, deb javob beribdi. -Hamma joyni bosib ketadi,- desa, -Bular ojiz jonivorlar, shaharga bemalol sig'adi,- debdi. Bir kuni dugonasi qizdan nega chumolilarni bunchalik yomon ko'rishini so'raydi. Qiz esa ularni to'xtamas qora quyunga o'xshatishini, uylarni egallab, mollarni vayron qilishini va qandaydir kasallik chaqirishi mumkinligini aytadi. Bir kuni qizaloq sinfdoshlarini yig'ib, jigarrang chumolilarga qarshi jamiyat tuzmoqchi ekanligini aytadi. Bolalar bu fikrni mazax qilishadi. Ammo qizaloq fikrida qat'iy turib, maktabdagi boshqa bolalar, qo'shni bolakaylar, bolalar orasidagi mitti sotuvchilar orasida targ'ibni kuchaytiradi va yuzlab bolalarni jalb qiladi. Jamiyat o'z oldiga maqsad qo'yadi: shaharda kundan kunga ko'payib borayotgan chumolilarga qarshi kurashish kerak! Bir kuni qizaloq Abu Musamaning yana chumolilarni yig'ib, mast holatda ularga shakar sepayotganini ko'radi va uning ustidan politsiya mahkamasiga arz qilmoqchi bo'ladi. Ammo bir necha kundan keyin qizcha politsiya mahkamasi jigarrang chumoli bilan to'lganligini, endi hukumat ham shunga harakat qilayotganligini eshitib qoladi. Hukumat barcha chumolilarni bir joyga yig'moqchi bo'ladi. Lekin qizcha tuzgan jamiyat bu ishga aralashmaydi, shunda politsiya boshlig'i maktabga kelib ularga baqiradi: -Nega hukumat buyruqlarini bajarmayapsiz? -Chunki bu chumolilar oqimini battar kuchaytiradi! Politsiya esa bolakayga tarsaki tushirib, shunday deydi: -Biz barcha chumolilarni bir joyga yig'ib, keyin ular bilan kurashmoqchimiz. Bolakay esa jahl bilan kinoya qiladi: -Yaqinda sizlar ularga bo'linmalar, ofislar, do'konlar ham ochib berasizlar! -Ha, biz ularni zaharlash maqsadida shunday qilamiz. -Xo'p, shu paytgacha necha mingtasini o'ldirdingiz? -Hali o'nta ham o'ldirganimiz yo'q. -Zaharlaringiz qachon ta'sir qiladi? -Zahar ta'siri keyinroq bilinadi, chumolilar hajmi suvarakdek kattalashadi. Shunda biz ularni nishonga olib, o'q bilan qirib tashlaymiz. Bola esa hali bu ishning oxiri voy bo'lishini ich-ichidan bilib turardi. Vaqt o'tib, radiodan takror va takror shunday ovoz yangraydi: "Fuqarolar, chumolilar kattalashib ketgani bois hukumat ular bilan kurashishga qodir emas. Shu sababdan uylarni infektsiyadan tozalash maqsadida insonlarning evakuatsiya qilinishini e'lon qilamiz. Qachon qaytishiningiz haqida xabar beramiz". Qizning o'rtoqlari esa unga taskin berishadi. Qizaloq va uning onasi bir begona qishloqqa yo'l oladi, onasi bir necha zaruriy buyumlarni, qahramonimiz esa o'z kitoblarini va qayg'usini o'zlari bilan olib ketadilar. Yo'lda ketayotib, onasi bir chumolini ko'rib qoladi va qiziga o'ldirishni buyuradi. Qiz buni qilganda esa onasi uzoq yil davom etgan yig'isini boshlab yuboradi… Download 67.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling