Jigarrang chumoli- hikoyasi tahlili


Download 67.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana19.04.2023
Hajmi67.13 Kb.
#1366705
1   2
Bog'liq
-Jigarrang chumoli- hikoyasi tahlili

Hikoyaning tahlili:


Ko'rib turganingizdek, hikoya boshidan oxirigacha ramziy yo'lda yozilgan. Aslida, u ijtimoiy,
siyosiy ahamiyatga ega bo'lgan mavzuni o'zida aks ettiradi. Avvalo, hikoyadagi obrazlarning
asl mohiyati bilan tanishamiz:
Qora chumolilar - jamiyatdagi jinoyat va fitnalar, jumladan, poraxo'rlik.
Sariq chumolilar - mustamlakachi mamlakat timsoli.
Ariyb - qizaloq, jamiyatning tafakkurga ega bo'lgan yosh qatlamini ifodalaydi, uning ismi esa
etimologik xususiyatga ega, ya'ni arab millati ramzidir.
U tuzgan jamiyat - inqilobchi yoshlar.
Onasi va buvisi - o'tgan asrning oxirida xalq boshiga tushgan qoloqlik davridagi insonlar.
Abu Musama - mustamlakachilarni o'zi bilmagan holda rag'batlantirib turgan g'aflatdagi
odamlar timsoli.
Politsiya mahkamasi, hukumat - bu tashkilotlar ahmoqona, uzoqni ko'rmay qilingan
qarorlar bilan mamlakatdagi murakkab va chigal vaziyatni yanada keskinlashtirgan o'sha
davr davlat muassasalarining xuddi o'zidir.
Hikoyaning xarakteri to'la tanqidiy ruhdadir. Yozuvchining uslubi o'sha davrdagi mamlakat
ahvolini qog'ozga o'rab, haqiqatlarni ayovsiz fosh etishga imkon yaratadi. Bu haqiqatlar esa
dushmanga qarshi kurashda millatning o'ta sust, loqayd kayfiyati (Abu Musamaning
xatti-harakatlari), sodda va ishonuvchanligi (qizaloqning onasi va buvisi), davlat
muassasalarining kaltabinlik ila chiqargan qarorlaridir. Bu qarorlar (chumolilarni bir joyga
yig'ish, ularga zahar berib, suvarakdek kattalashishiga sababchi bo'lish) tarixda ham
mustamlakachilikning keng quloch yoyishiga imkon yaratgan edi. Bilamizki, Quvayt
1899-yildan Buyuk Britaniya mustamlaka hududiga aylangan edi, asardagi sariq chumolilar
aynan oq tanli inglizlarga ishora qilgan bo'lishi ham mumkin.
Hikoyani o'qir ekanman, bir narsa diqqatimni tortdi, asar bosh qahramoni qilib nega o'g'il bola
emas, qizaloq tanlangan? Chunki hikoyaning muallifi ham ayol kishi bo'lib, albatta, u
mamlakat taraqqiyotida ayollarning o'rnini e'tirof etishni lozim ko'radi. Yana bir jihat: hikoyada
qiz tuzgan jamiyat butun borini berib, chumolilarga qarshi kurashadi, lekin baribir, o'z yashab
turgan joyini iztirob va alam ila tark etishga majbur bo'ladi. E'tibor berdingizmi, qiz shunday
tahlikali sharoitda o'zi bilan nimani olib ketadi? Kitoblarini!!! Asardagi bu sahna mamlakatning
rivojidan umidini uzgan yoshlar uchun bu vaziyatdan chiqishda yagona chora ilm-ma'rifat
ekanligini urg'ulab o'tadi. Yana shuni aytib o'tish lozimki, sariq chumolilarning shaharga kirib
kelishiga imkon yaratgan narsa qora chumolilarning borligi edi, ya'ni mustamlakachilikning
bu qadar oson amalga oshirilishidagi sabab mamlakatning ayanchli ichki ahvoli bo'lgan.
Hikoyaning asosiy g'oyasiga keladigan bo'lsak, muallif jamiyatdagi muammolarni badiiy
talqin qilib, hikoyada aks ettiradi va tor ko'rinishda juda keng mohiyatni ochib beradi.
Asardan olingan xulosalar esa quyidagilar:
Jamiyatda yoshlar o'rnini kengaytirish va ularning fikrlarini, qarorlarini inobatga olish hamda
qo'l qovushtirib o'tirmay, muammoni kichikligidayoq e'tibor bilan hal etish va undan-da yirik
muammolarga duch kelmaslik, zotan, bir chigal vaziyat vaqtida to'g'ri yo'l bilan hal etilmasa,
uning asoratlari ko'plab insonlarni o'z domiga tortadi.

Download 67.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling