Termiz davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti 218 guruh talabasi Eshto‘xtarova Muniraning


Download 12.14 Kb.
Sana07.03.2023
Hajmi12.14 Kb.
#1243673
Bog'liq
Eshto‘xtarova Munira 218 .Esse


Termiz davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti
218 - guruh talabasi Eshto‘xtarova Muniraning
Tilshunoslik va sotsiologiya fanidan yozgan
Oraliq nazorat ish
MAVZU: Abduhamid Nurmonovning lingvistik qarashlari
Taniqli o‘zbek tilshunoslaridan biri ,filologiya fanlari doktori, professor olim Abduhamid Nurmonov 1942 - yilida Andijon viloyatining Baliqchi tumanida tug'ilgan. 1958 - yilda maktabni tugatib , 1958 - 1963 yillarda Farg'ona davlat pedagogika institutida o‘qidi . 1973 -yilda professor M.Mirtojiyev rahbarligida " O‘zbek tilida fonetik o‘zgarishlardagi tejamkorlik prinsiplari " mavzusida nomzodlik, 1983 - yilda " O‘zbek tili sintaksisini sistem tadqiq qilish muammolari " mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi .
Professor A. Nurmonov o‘zbek tilshunosligining fonetika- fonologiya , sintaksis morfologiya, leksikografiya va tilshunoslik tarixi fanlari bo‘yicha bir qancha mukammal asarlar yaratgan, umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun ona tili darsliklarini nashr qildirgan yetuk olimdir. Jamiyatda ona tili fanining o'rnini oshirishga astoydil xizmat qilgan Abduhamid Nurmonov o'zbek tilining turli masalalariga bag'ishlangan 50 ga yaqin darslik, 500 ga yaqin ilmiy-ma'rifiy mavzularga oid maqolalar, shuningdek, bir qancha o'quv qo'llanmalar muallifidir.
Uning asosiy asarlari: 1. " Gap haqida sintaktik nazariyalar (1988) , 2." O‘zbek tilining nazariy grammatiaksi . Sintaksis " (1995) , 3. "O'zbek tilining mazmuniy sintaksisi " (1991) , 4." O'zbek tili fonologiyasi va morfologiyasi " (1992) , 5. " Tilshunoslik va tabiiy fanlar " (2001) ,6. " Struktur tilshunoslik :ildizlari va yo‘nalishlari " (2006) , 6. " Hozirgi o‘zbek tili faol so‘zlarining izohli lug‘ati " (2001) , 7. " O‘zbek tilshunosligi tarixi " (2002 ) , 8. " O‘zbek tilining nazariy grammatiaksi. Morfologiya " (2001) , 9. " Lingvistik tadqiqot metodologiyasi va metodlari " va boshqa asarlari o'zbek tilshunosligiga katta hissa qo'shgan asarlari hisoblanadi . Yuqoridagi ma'lumotlardan shuni bilishimiz mumkinki, olim asosan o‘zbek tilining nazariy grammatiaksi - sintaksis yo'nalishida ijod qilgan, muhim tadqiqotlar olib borgan ko'pgina asarlari bilan bu sohaning rivojlanishiga samarali katta hissa qo'shgan tilshunos olimdir.
A.Nurmonovning o‘zbek tilshunosligidagi yana bir katta xizmatlaridan biri tilshunosligimiz tarixiga oid fundamental tadqiqotning - " O'zbek tilshunosligi tarixi " nomli o'quv qo‘llanmasining yozilishidan. Juda katta ,og'ir mehnat evaziga yaratilgan bu asar o‘zbek tilshunosligida katta bir yangilik bo'ldi. Chunki deganda IX asrdan - xalifalik davridan boshlab to hozirgi kungacha izchillik asosida, bosqichma - bosqich ,birma - bir tilshunosligimiz tarixi va taraqqiyotini sinchkovlik bilan aks ettirgan bunga o‘xshagan jiddiy tadqiqotlar olib borilmagan edi . Tilshunosning so‘zi bilan aytganda " Aslida o‘zbek tilshunosligi o'zining uzoq tarixiga ega .Tilshunoslik sohasida qalam tebratgan allomalarimiz o‘zlarigacha bo‘lgan jahon olimlarining ilmiy merosidan bahramand bo'lishlari bilan birga jahon tilshunosligining ravnaqi uchun ham o'zlarining munosib hissalarini qo'shdilar.
Ayniqsa tilshunoslikning falsafiy masalalarini hal etishda, fonema va harf munosabatini belgilashda lisoniy birliklarning mazmuniy tomonini yoritishda ,uzviy tahlil usulining paydo bo‘lishida , alfavit va mazmuniy maydon asosidagi lug‘atlar tuzish tamoyillarning belgilanishida o‘zbek tilshunoslarining xizmatlari katta.
Taniqli tilshunos olim Bekmurod Yo'ldoshev bilan birgalikda yaratgan "Tilshunoslik bilan tabiiy fanlar" deb nomlangan o'quv qo'llanmasida fanlarning paydo bo'lishi, fanlar sistemasi, fanlar tasnifi, tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi, tilshunoslikning fanlar sistemasidagi o'rni haqida mufassal to'xtalib o'tadi va tilshunoslik fani deyarli barcha fanlar bilan uzviy aloqadorligini ko'rsatib beradi . Bu haqida quyidagi fikrlarni yozadi: "Tilshunoslik fanlar sistemasida deyarli barcha fanlar bilan uzviy aloqadadir. Buning sababi tilshunoslik fanining o'rganish obyekti bo'lgan tilning mohiyati bilan bog'liqdir. Avvalo til kishilar o'rtasidagi eng muhim aloqa vositasi sifatida ijtimoiy xarakterga ega. Demakki, u boshqa ijtimoiy hodisalar bilan uzviy aloqadadir."
Abduhamid Nurmonovning " Struktur tilshunoslik: ildizlari va yo'nalishlari" nomli kitobi ham bugungi kunda tilshunosligimizda katta amaliy ahamiyatga ega. Bu kitobda struktur tilshunoslikning yuzaga kelishi, uning yo'nalishlari, struktur tilshunoslikning namoyandalari, Praga strukturalizmi, Amerika strukturalizmi, shu jumladan, o'zbek tilshunosligiga strukturalizmning ta'siri haqida keng yoritilgan. An'anaviy va struktur tilshunoslik haqida o'z fikrini bildirar ekan: "Ular tilshunoslikning teng huquqli ikki yo'nalishi sanaladi. Tilshunoslikning bu yo'nalishi bir-birini rad etmaydi, balki biri ikkinchisining natijalariga asoslanadi. Shuning uchun ham har ikki tilshunoslik hozirgi kunda bab-baravar qadam tashlamoqda", - deydi tilshunos olim. Atoqli olimning ushbu kitobi esa 2010-yilgi Respublika o'quv adabiyotlari tanlovida faxrli birinchi o'rinni egallagan.
Abduhamid Nurmonovning tilshunoslikdagi yana bir muhim ishlaridan biri tilshunoslikda yangi yo'lning hisoblangan lingvosinergetika sohasida olib borgan izlanishlaridir. O'zining Azamatjon Rahimov bilan hamkorlikda yaratgan "Lingvosinergetikaga kirish" risolasi ayni shu izlanishlarning isbotidir. Bu risola tilshunoslikda sekin shakllanib borayotgan yosh yo'nalish - lingvosinergetika fanining nazariy asoslari, kelib chiqish ildizlari va manbalari, tadqiqot yo'nalishlari, istiqboli haqidagi nazariy qarashlarni ilmiy tahlil etishga bag'ishlangan o'zbek tilshunosligidagi ilk ma'rifiy asar hisoblanadi. Bunda dastlab sinergetik paradigma, uning mohiyati, kategorial apparati, tayanch tushunchalari, sinergetika va dialektika munosabati haqida ma'lumot berilib, so'ng lingvosinergetikaga bag'ishlangan tadqiqotlar, sinergetik nuqtayi nazardan til hodisalarining mohiyatini ochib berdi .
A. Nurmonovning o‘zbek tilshunosligidagi yana bir katta xizmatlaridan biri tilshunosligimiz tarixiga oid fundamental tadqiqotning - " O'zbek tilshunosligi tarixi " nomli o'quv qo‘llanmasining yozilishidan. Juda katta ,og'ir mehnat evaziga yaratilgan bu asar o‘zbek tilshunosligida katta bir yangilik bo'ldi. Chunki deganda IX asrdan - xalifalik davridan boshlab to hozirgi kungacha izchillik asosida, bosqichma - bosqich ,birma - bir tilshunosligimiz tarixi va taraqqiyotini sinchkovlik bilan aks ettirgan bunga o‘xshagan jiddiy tadqiqotlar olib borilmagan edi . Professor Abduhamid Nurmonov tilshunoslikning ko'plab sohalarida ilmiy izlanishlar olib borgan. Yuqorida aytib o'tilgan struktur tilshunoslik, lingvosinergetika, qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, lingvistik tadqiqot metodologiyasi sohasidagi ishlari buning yorqin dalilidir. Shu jumladan, tilshunos olim o'zining "O'zbek tilida lingvokulturologik yo'nalish" nomli maqolasida ham lingvomadaniyatshunoslikka oid firklarini bayon qilib o'tgan.
Bilamizki so’zning paydo bo’lishi haqida antik davrdan buyon bahs-munozaralar to’xtamaydi. Qadimgi yunon olimlarining bu masalada ikki qarama-qarshi guruhga bo’linganliklari, biri nom bilan u ifodalagan narsa o’rtasida bog’liqlik mavjudligi g’oyasini ilgari sursa, ikkinchi guruh esa, aksincha, hech qanday aloqa yo’qligini, shuning uchun bir narsa turlicha nomlanishini bayon qiladilar. A.Nurmonov “Ibtido” nomli maqolasida ham ana shu muammo o’zbek tili materiallari asosida qiziqarli bir shaklda ko’tariladi. Olim uzum, g’ujum, qultum, yutum, tuzum qurum; tuvak, chapak, qarsak, yurak, ko’kaldosh singari yasama so’zlarda yasash uchun asos bilan yasovchi qism o’rtasida mazmuniy muvofiqlik, sababiylik munosabati mavjudligini to’g’ri ta’kidlaydi.
Tilshunos so’zning shakli va ma’nosi o’rtasidagi munosabatning umuman erkinligini ma’qullaydi , undov va taqlid so’zlar hamda ulardan yasalgan so’zlarda bu ikki tomon o’rtasida bog’liqlik borligini ishonarli dalillar bilan isbotlab beradi. Bu bilan tilning paydo bo’lishida undov va taqlidlarning ma’lum darajada roli borligini, tilning paydo bo’lishi haqidagi undov, tovushga taqlid nazariyalari tamoman puch nazariya emasligini ko’rsatib beradi. Olimning bayon qilishicha, qadimgi ajdodlarimiz tog’dan shovullab tushgan suvni shovva, shar-shar to’kilganini sharshara deb ataganlar. Qushlarning lak-lak qilgani laylak (aslida laklak), qag’illagani qarg’a bo’lgan. Chug’urchuq, olashaqshaq, kakku, g’ulg’ul (kurka), bulbul singari qush nomlari; to’qmoq (to’qillab urgani), taqa (tuyoq ostida taqillagani), zang (zangillagan qo’ng’iroq) singari buyum nomlari; dang’ (dong) (dong’illagan sado), dang’illama (dong chiqargan) singari so’zlar ham tovushga taqlid hisoblanadi.
A. Nurmonovning “Ismiyaminning ismi Yaminmi?” maqolasida ham ism-nasablar etimologiyasi haqida fikr yuritishda davom etadi. Unda hazrati Ya’qub alayhissalom Rohila ismli xotinidan ko’rgan farzandining ismini ibroniy tilida “o’ng qo’l” ma’nosini beruvchi Benyamin deb qo’ygani, bu nomni Qur’oni Karim tafsirlarida Ibn yamin shaklida ifodalangani, g’arbga bu nom Benjamin shaklida tarqalgani, o’zbekchada Ibniyamin, Emniyamin, Ismiyamin shaklida ishlatilgani to’g’ri ko’rsatiladi. Xuddi shunga o’xshash hodisalar turkiylar bilan ruslar o’rtasida ham mavjud bo’lganini balbes so’zi orqali ochib beradi. Muallif rus tilidagi balvan, yeralash, kavardak, post, karaul, yesaul, kalpak, shtani singari bir qancha so’zlarning turkiy ekanini, ularning asl ma’nolarini to’g’ri yoritib beradi.
O’zbek tilida [ot+chi] qolipida kasb-hunar egasi ma’nosini bildiruvchi minglab yangi so’zlarni hosil qilish imkoniyati mavjud bo’lsa, rus tilida bunday shaxs nomlari yasashning aniq qolipi yo’qligi, rabochiy, pisatel`, lesnik, molyar singari so’zlarning har qaysisi alohida-alohida so’z yasalish qolipi asosida yasalganini dalillaydi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Abduhamid Nurmonov o‘zbek tilshunosligiga katta hissasini qo'shgan olimlardan biri hisoblanadi.Men mavzuni o‘rganish jarayonida Olimni nafaqat tilshunos olim balki tarixchi , adabiyotchi ekanligiga ham guvoh bo'ldim. Olimning qilgan ishlari bu hazilakam ishlar emas . Uning har bitta asari o‘zbek tilshunosligida o‘ziga xos o'ringa ega . Olimni tilshunosligimizning fundamentini qo'ygan olim desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Eshto‘xtarova Munira


218 - guruh talabasi
Download 12.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling