O’zbek filologiyasi fakulteti


Download 41.47 Kb.
bet1/6
Sana20.01.2023
Hajmi41.47 Kb.
#1104039
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
304-guruh.Mirzamaxmudova Zuhra


ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI “O’ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI” 304- GURUH TALABASI Mirzamaxmudova Zuhraning turkiy tillar
qiyosiy-tarixiy grammatikasi fanidan tayyorlagan
KURS ISHI
Mavzu:Qirg‘iz tilining sintaktik xususiyatlari.

. Toshkent - 2021


Reja:
I.Kirish.
Turkiy tillar oilasi haqida tushuncha.
II.Asosiy qism.

  1. Qirg’iz tili va tilshunosligi.

  2. Qirg’iz tili rivojlanish tarixi.

  3. Qirg’iz tili sintaktik xususiyatlari.

III.Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.



  1. Turkiy tillar oilasi haqida.

Turkiy tillar — hozirgi va qadimgi turkiy xalqlar va elatlarning tillaridir. Asosan, Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, XXR, Afgʻoniston, Eron, Tojikistonda, shuningdek, Bolgariya, Ruminiya, Ukraina, Germaniya, Kipr, Shimoliy Makedoniya, Albaniya, AQSh, Saudiya Arabistoni va boshqa bir qancha mamlakatlarda tarqalgan. Oʻtgan asr oxiridagi maʼlumotlarga koʻra, Turkiy tillarda soʻzlashuvchilarning umumiy soni 130 million kishidan ortiq.
Turkiyada koʻpchilik bilan turkiy tillar oʻrniga turk lahjalaridan foydalanadi. Turk, Ozarbayjon, Oʻzbek va shuningdek hammasi turk tilining lahjalari hisoblanadi. Turk tili deganda Turkiya turkchasi emas, butun lahjalarni qamraydigan til sifatida tushuniladi. Universitetlarda Çağdaş Türk Lehçeleri ve Edebiyatları nomidagi kafedralarda turkiy tillar va ularning adabiyotlari oʻrgatiladi.
Baʼzi olimlar Turkiy tillarni moʻgʻul tillari hamda tungus-manjur tillari bilan birga qoʻshib, oltoy tillari oilasiga birlashtiradilar. Ye.D.Polivanov, G.Y. Ramstedt kabi tilshunoslarning fikricha, ushbu tillar oilasi koreys va yapon tillarini qoʻshish hisobiga kengayishi mumkin. Oltoy nazariyasiga koʻra, Turkiy tillarning tarixi oltoy tillari bir til boʻlib tashkil topgan qadimgi zamondan oltoy davridan boshlanadi. Oltoy bobo tili (asos til) dastlab 2 ga tungus-manjur va turk-moʻgʻul tillariga, soʻngra turk-moʻgʻul tili ham 2 ga turk va moʻgʻul tillariga ajralgan.
Lekin Turkiy tillarning oltoy tillariga genetik aloqadorligi haqidagi masala hamon faraz darajasida qaralmoqda.
Turkiy tillar deganda, Sibirdan Bolqon yarim oroligacha bir chiziq boʻylab choʻzilgan ulkan geografik hududda tarqalgan oʻzbek, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, saxa (yoqut), tuva, xakas, oltoy, karagas, shor, turkman, ozarbayjon, turk, gagauz, tatar, boshqird, chuvash, qoʻmiq, noʻgʻay, qorachoybolqor, tofalar, chuvash kabi 25 dan ortiq til tushuniladi.
Turkiy tillar hozirgi tarqalish geografiyasiga koʻra, quyidagi mintaqalarga ajratiladi: Oʻrta va Janubiy-Sharqiy Osiyo, Jan. va Gʻarbiy Sibir, Volga havzasi, Shim.Kavkaz va Qora dengiz boʻyi. Turkiy tillarning genetik, lisoniy xususiyatlar jihatidan oʻzaro munosabati masalasiga qiziqish juda qadimdan davom etib keladi.
Turkiy tillarni birinchi marta tasnif qilgan olim Maxmud Koshgʻariydir. Turkiy tillar tasnifi bilan qiziqish 19-asr oxiri va 20-asrda qayta avj oldi va hozirgigacha koʻplab tasniflar vujudga keldi (rus olimlari I.N.Berezin, V.V.Radlov, A.N.Samoylovich, V.A.Bogoroditskiy, N.A.Baskakov, B.A.Serebrennikov, turk olimi R.R.Arat, fin olimlari G. Y. Ramstedt va A.M.O.Ryasyanen, nemis olimlari I.Bensing va K.G. Mengeslarning tasniflari).
Bu tasniflar metodi, oldiga qoʻygan maqsadi nuqtai nazaridan xilma-xildir. Shuning uchun bu tasniflarning birida biron bir guruhga mansub deb hisoblangan til ikkinchisida boshqa bir guruhga tushib qolishi mumkin. Turkiy tillarni tasnif qilishning oʻziga xos qiyin tomonlari bor. Bu qiyinchilik, avvalo, Turkiy tillarning oʻzaro fonetik, leksik, grammatik jihatdan yaqinligidan kelib chiqadi. Ikkinchidan, alohida olingan har bir turkiy xalqning tarkib topishida turli xil qabilalarning ishtirok etganligi va bir qabila bir paytning oʻzida bir necha turkiy xalqning shakllanishida ishtirok etganligi bilan izohlanadi.
Masalan, V.A.Bogoroditskiy oʻz tasnifida Turkiy tillarning geografik tarqalish xususiyatini asos qilib, ularni 7 guruhga ajratadi:

  1. shim.sharqiy (saxayoqut, karagas va tuva tillari);

  2. xakas (mintaqadagi xakas aholining shevalari);

  3. oltoy (oltoy va teleut tillari, bir qancha lahjalar);

  4. gʻarbiy sibir (sibir tatarlariningbarcha laxjalari);

  5. volgaboʻyiuraloldi (tatar va boshqird tillari);

  6. oʻrta osiyo (uzbek, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq tillari);

  7. jan.gʻarbiy (turkman, ozarbayjon, qoʻmiq, gagauz, turk tillari va chuvash tili).

Bu tasnifda turkiy xalqlar va tillarning tarixiy taraqqiyoti hisobga olinmagan, karaim, noʻgʻay kabi tillar eʼtibordan chetdan qolgan.

Download 41.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling