Ko`makchilarning qo`llanilishi: - bosh kelishikdagi so`zlar bilan: bilan,uchun,kabi,singari,yanglig` ,sababli ,tufayli,orqali;
- jo`nalish kelishigidagi so`zlar bilan: tomon,qadar,qarab,qarata,qaraganda,qaramasdan,aso-san;
- chiqish kelishigidagi so`zlar bilan: so`ng,avval,keyin,burun,ilgari,boshqa,tashqari,o`zga;
- qaratqich kelishigidagi so`zlar bilan: old,o`rta,yon,orqa,ket,ust,tepa,ost,qosh,yoqa,ro`para.
Ko`makchilarga sinonim bo`lgan kelishik qo`shimchalarini toping. - 1)orqali a)-ga
- 2)uchun b)-ni
- 3)haqida d)-dan
Javob - Orqali / -dan
- Uchun / -ga
- Haqida / -ni
.
ESLATMA
Hamma vaqt ham ko`makchi o`rnida kelishik qo`shimchasi qo`llanavermaydi: Do`stiga yordamlashdi gapida jo`nalish kelishigi qo`shimchasi o`rnida ko`makchini qo`llab bo`lmaydi.
. So`zlar va qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog`lash uchun qo`llaniladigan yordamchi so`zlar bog`lovchilar deyiladi. Masalan:Anor so`zlar va Zaynab qalbi tol bargiday dir-dir qaltirar. Bog`lovchilarning qo`llanilishiga ko`ra turlari: - Yakka bog`lovchilar: va , ham, hamda, ammo, lekin, biroq, chunki, balki, basharti;
- Takrorlanuvchi bog`lovchilar: yo, yoki, goh, dam, ba`zan, bir, na .
.
Bog`lovchilar vazifasiga ko`ra
Teng bog`lovchilar
Ergashtiruvchi bog`lovchilar
Teng bog`lovchilar ham o`z navbatida quyidagi turlarga bo`linadi: - Biriktiruv bog`lovchilari : va ,ham ,hamda.Masalan:Odob ulug`lik va yuksaklik qasrining narvonidir.
- Zidlov bog`lovchilari: ammo,lekin,biroq,balki.Masalan: Shuncha yil o`tibdi,ammo unutmabdi.
- Ayiruv bog`lovchilari: yo,yoki,goh,dam,ba`zan,goh…goh, dam…dam.Masalan:Yo sen borasan, yo men kelaman.
- Inkor bog`lovchisi: na…na.Masalan:Unda na kitob bor,na daftar.
Ergashtiruvchi bog`lovchilar: - Bu bog`lovchilar ergashgan qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-biriga ergashtirish yo`li bilan bog`laydi va quyidagi turlarga bo`linadi :
- Aniqlov bog`lovchilari : ya`ni,-ki(-kim),toki.M:Bu masalani keng muhokama qilamiz toki boshqa qaytarilmasin.
- Sabab bog`lovchilari: chunki,negaki.M: Gapni cho`zma, chunki hayot qisqadir.
- Shart bog`lovchilari: agar,agarda,garchi,garchand,gar,
Do'stlaringiz bilan baham: |