Термиз давлат Университети Педагогика факулътети Психология таълим йўналиши битирувчиси Нормуродов Ғайратнинг “Тадбиркорлик фаолияти хусуси
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini ostirishda tevarak-atrof bilan tanishtirish
Kattalar mehnati. Bolaning kattalar mehnati haqidagi tasavvurlarini
rivojlantirish. O‘zbek xalqi qadim-qadim zamonlardan beri dehqonchilik (paxta, bug‘doy, arpa, sholi, makkajo‘xori va b.) va chorvachilik bilan shug‘ullanishi haqidagi tasavvurlarni shakllantirish. Chorvachilikka oid kasblar (cho‘pon, otboqar, sut sog‘uvchilar) haqidagi tushunchalarini kengaytirish. Kishilarning bog‘, poliz va dalalardagi mehnatlari haqidagi bilimlarini mustahkamlash. Masalan, dehqon kuz faslidan yer haydab, kelgusi yil hosilini ekish uchun tayyorlashi, o‘g‘itlashning ahamiyati, erta bahordan yerga urug‘ ekish, uni parvarishlash, vaqtida sug‘orish va h.k. Bolani paxtakorlarning mehnati bilan tanishtirish, uning yerga ishlov berib, chigit ekishi, hosilni yig‘ib-terib olguncha g‘o‘zani asrab-avaylab o‘stirishi, vaqtida sug‘orib, ishlov berish bilan birga, bu ishlarda ob-havo injiqliklarini yengishi kerakligi haqida tushuncha berish. Pilla, pillakorlar, pillaning ipakli gazlama holiga kelgungacha bo‘lgan mehnati bilan tanishtirish. Ipak qurti tut bargi bilan oziqlanishi va pilla o‘rashi, undan ipaklar
27
yechilib o‘ralishi va ipakdan turli gazlamalar – atlas, adraslar to‘qilishi haqida suhbatlar o‘tkazish. O‘zbek paxtasi va pillasi jahon bozorida o‘z o‘rniga egaligi haqida qisqacha so‘zlab berish, bola qalbida muvaffaqiyatlarimizdan faxrlanish, iftixor tuyg‘usini shakllantirish. Xalq xo‘jaligining muhim tarmog‘i hisoblangan qurilish haqida tushuncha berish. Bola e’tiborini o‘lkamizda bo‘layotgan katta o‘zgarishlarga, qad ko‘tarayotgan mahobatli binolar, zamonaviy uylar, keng yo‘llar, mustahkam ko‘priklar qurilib, ishga tushirilayotganiga qaratish. Quruvchilarning mehnat natijalari, quruvchilik kasbining ahamiyati haqida suhbatlar o‘tkazish. Bozor, do‘kon, sotuvchi, xaridor haqida, sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi muomala madaniyati haqida tushuncha berish. Bozor va do‘konlarning turlari (oziq- ovqat, kiyim-kechak, xo‘jalik mollari) haqida tasavvurlarini mustahkamlash. Bolaning shifokorlar mehnati haqidagi tasavvurlarini kengaytirish. Kattalar mehnatiga hurmat hissini tarbiyalash, ilk mehnat ko‘nikmalarini o‘rgatish maqsadida, tevarak-atrofda, uyda, guruh xonasida doimiy tartibni, ozodalikni saqlashga, atrofdagilar uchun foydali bo‘lishga intilishga; navbatchilik vazifasini mustaqil va sidqidildan bajarishga; stolni ovqatlanishga tayyorlash; ovqatdan so‘ng idish-tovoqlarni yig‘ishtirish, stollarni artish; tarbiyachi tomonidan mashg‘ulotlar uchun tayyorlangan material va qo‘llanmalarni stol ustiga terib qo‘yish; ijodiy o‘yin burchagini tartibga keltirish, o‘ynalgan o‘yinchoqlarni yig‘ib joyiga qo‘yish, o‘yinchoq shkafni tartibga keltirish; guruh va yuvinish xonalaridagi shkaflarni, deraza tokchasidagi changni, o‘yinchoqlar va qo‘llanmalarni artishga odatlantirish. Kitoblarni, o‘yinchoqlarni tuzatish ishlarida bolaning faol qatnashishiga erishish.
28
O‘yin maydonchasi va yo‘lkalardagi barglarni terishga, tozalashga odatlantirish. Qum idishdagi qumni kovlab yumshatishga o‘rgatish. Bolada mehnat madaniyatini, xona ichidagi, maydonchadagi tozalik va tartibdan mamnun bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish. Kasb – hunarga o‘rgatuvchi “Do‘kon”, “Dehqon bobo”, “Pochta”, “Chevar”, “Haydovchi”, “O‘qituvchi”, “Hamshira”, “Bozor-bozor”, “Oshpaz” “Bog‘bon- bog‘bon”, “Kim chaqqon?”, “Nimaning o‘rni o‘zgardi?” kabi o‘yinlarni o‘ynash.
Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling