Термиз давлат Университети Педагогика факулътети Психология таълим йўналиши битирувчиси Нормуродов Ғайратнинг “Тадбиркорлик фаолияти хусуси
-BOB. TAJRIBANI TASHKIL ETISH VA NATIJALAR TAXLILI
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini ostirishda tevarak-atrof bilan tanishtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bahorda maktabgacha ta’lim muassasasi hovlisiga gul o‘tkazdik ≫
3-BOB. TAJRIBANI TASHKIL ETISH VA NATIJALAR TAXLILI.
3.1. MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARNING TEVARAK- ATROFNI BILISHDA NUTQINI RIVOJLANTIRISH USULLARINI O’RGANISH Maktabgacha ta’lim muassasasining tajriba guruhi qilib tanlangan katta guruh (5-6 yoshli) tarbiyalanuvchilarida maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishda tevarak-atrof bilan tanishtirish ishlari olib borildi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni atrof-olam bilan tanishtirish darajalarini aniqlash maqsadida Surxondaryo viloyati, Termiz shahar Maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli 23 - Maktabgacha ta’lim muassasasi katta guruhi (5-6 yoshli) tarbiyalanuvchilarida atrof-olam haqidagi tasavvurlarini shakllanganlik darajasini aniqlashga oid kuzatish ishlari turli xil mashg‘ulotlar jarayonida olib borildi. Ma’lumki, pedagogik texnologiya deganda o‘quv- tarbiya jarayonini oldindan ma’lum tizimda uzviy loyihalash, ma’lum pedagogik tizimning hayotda amalga oshiriladigan loyihasi, qurilishi degan ma’no tushuniladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda maktabgacha katta yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirish ham ma’lum pedagogik tizimning loyihasidir. YA’ni bolalarda nutqni rivojlantirish maqsadi, mazmuni, tarbiya metodlari, shakllari va vositalari ifodalangan bir butun tizim texnologiyasidir. Biz hozirgi davr talabi darajasida maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning bir butun tizimi, mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlarini aniqladiq hamda eng yangi talablar darajasida uni amalga oshirish metodlari, shakllari va vositalari texnologiyasini ishlab chiqdik. Nutqda eng muhim metod bu dialogik nutq ya’ni bolalar bilan so‘zlashishdir. So‘zlashish og‘zaki nutqning eng oddiy shakli bo‘lib, unda bola o‘zini tutishi, ko‘z
48
qarashi, hatti-harakati, ovozining past-balandligi, tezligi kabi turli holatlar hisobga olinadi. So‘zlashish — dialogik nutq asosan, kattalar yordamida amalga oshiriladi va u ayniqsa, tevarak-atrofni bilish jarayonida yaxshi natijalar beradi. Jumladan, jamoat joylarida, ko‘pchilik o‘rtasida nutq madaniyatiga rioya etishga e’tibor qaratiladi. Bunda bir-birining nutqini to‘ldirib borish, tuzatishlar kiritish, so‘rash, so‘rab bilib olish dialogik nutqda o‘rgatishning usullari sanaladi. Ma’lumki, muloqot ikki shaklda erkin va maxsus tayyorlangan mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi. Kundalik hayot va taassurotlar asosida uyushtiriladigan muloqot erkin muloqot bo‘lib, yo‘l-yo‘lakay o‘tkazilsa-da, bola nutqining ifodali bo‘lishiga yordam beradi, ularda jumlalarni grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzish malakalarining paydo bo‘lishiga, so‘z zaxirasining boyishiga olib keladi. Shu bilan nutq malakasining o‘zlashtirilishiga zamin bo‘ladi. Bolalarda ko‘proq guruh bilan qilingan sayrlarda tevarak-atrofni kuzatib, tarbiyachisi va do‘stlari bilan so‘zlashadi, uyda esa oila-a’zolari bilan muloqot natijasida nutqi shakllana boradi. Maxsus tayyorlanadigan muloqotlar esa dastur asosida muayyan mavzular bo‘yicha uyushtiriladi. Masalan, maxsus tayyorlangan suhbatlar quyidagicha tuziladi: dastlab mavzu belgilanadi, uning maqsadi, vositalari aniqlanadi, savollar tuziladi. Lekin bularning har biri—Nimaga? Nima uchun? Nimadan? Qanday qilib? kabi izlanuvchi va muammoli savollar tarzida bo‘lishi zarur. Shu bilan birga, savollar umumlashtiruvchi xarakter kasb etishi ham mumkin. Bunda muloqot mashg‘uloti suhbat, muqaddima, asosiy qism va xulosadan iborat bo‘ladi.
≪Bahorda maktabgacha ta’lim muassasasi hovlisiga gul o‘tkazdik≫ Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling