Termiz davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/23
Sana12.03.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1265406
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


XULOSA 
Bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilari 
bilan o’tkaziladigan bayram tadbirlarini turlari, tashkil etishning yo’l-usullari, 
vositalari bilan tanishib chiqdik va tajriba-sinov ishlarini olib bordik. Natijada, 
quyidagi xulosalarga keldik:
1. Bayram tadbirlarini tashkil etishda o’quvchilarning yosh va individual 
xususiyatlarini hisobga olish lozim; bunda bolaning ichki ma’naviy dunyosi, his-
tuyg’ulari, munosabatlari, tengdoshlari bilan aloqalari tarbiyaviy ta’sirdan chetda 
qolmasligi kerak;
2. Ajdodlarimiz merosida ta’lim-tarbiya ishlariga katta e’tibor qaratishgan, 
shuningdek ularning ta’lim-tarbiyaviy g’oyalaridan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning 
mazmunini takomillashtirishda asos sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
3. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligi o’qituvchi va o’qituvchilarning 
mazkur faoliyatga maxsus yo’naltirilganligiga bog’liqdir. 
4. Bayram tadbirlarida interfaol metodlarning imkoniyatlaridan foydalanishni 
keng yo’lga qo’yish zarur. Bu o’rinda takomillashtirish omili sifatida interfaol 
metodlardan foydalanish maqsad qilib olinsa va undan unumli foydalanilsa natija 
yuqori bo’ladi. 
5.Bayram tadbirlarini o’tkazishda tashkil qilish prinsiplariga amal qilinsa maqsadga 
muvofiq bo’ladi.
Boshlang’ich ta’lim jarayonida bayram tadbirlarini tashkil etish va 
takomillashtirishga doir metodik qo’llanmalar, ko’rsatmalar tayyorlanishi va nashr 
etilishi va ulardan unumli foydalanish ham hozirgi kunning talablaridan biridir. 
TAVSIYALAR 
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish uchun yordam beradigan quyidagi 
tavsiyalarni bayon etishni lozim topdik: 
1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining sinfdan tashqari bayram tadbirlariga rahbarlik 
qilishda, avvalo milliy qadriyatlarga, ularning ahamiyatiga, ijtimoiy xarakteriga 
e’tibor berish kerak (masalan, ertak va maqollar vositasida; tarixiy mavzular yoki 
milliy bayramlar: “Navro‘z”, “Mustaqillik kuni”, “Bilimlar kuni” va shu kabilar); 


2. Yaxshi ishtirok etgan o‘quvchilarni, sinfni maktab jamoasi oldida moddiy va 
ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish; 
3. Darsdan tashqari tadbirlar orqali o‘quvchi shaxsidagi axloqiy sifatlarni 
rivojlantirish yo‘llarini izlash; 
4. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarga rahbarlik qilishda milliy qadriyatlar ta’siri 
vositasida ba’zi o‘quvchilarda mavjud salbiy xususiyatlarni bartaraf qilib borish; 
5. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bunday tadbirlarda zo’r ishtiyoq bilan 
qatnashadilar. Ba’zan hamma o‘quvchilar ham birdek talabga javob bera olmaydilar, 
shu sababdan ularning ishtirokiga asta-sekinlik bilan erishish. 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling