Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Download 3.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/163
Sana20.09.2023
Hajmi3.08 Mb.
#1682871
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   163
Bog'liq
umumiy psixologiya(1)

Kelajak yo‟nalishi har bir bola individualligini rivojlantirishga, jamiyatda 
yaratuvchanlik hayotiga psixologik tayyorlikni shakllantirishga qaratilgan. 
Psixolog pedagogik jamoa faoliyatiga har bir o‘quvchi shaxsi garmonik rivojlanish 
imkoniyatlari haqida asosiy psixologik g‘oyani olib kiradi. Ikki yo‘nalish ham bir-
biri bilan bog‘liq.
Kollejlardagi va akademik litseylardagi psixologik xizmat o‘rta maxsus 
ta‘limining zaruriy tarkibiy qismidir. Bu xizmatning zaruriyligi kollej va akademik 
litsey ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Har bir o‘quvchida hayotga ijodiy munosabat va 
individual xususiyatlarning taraqqiyotini ta‘minlaganligini psixologik xizmat 
to‘g‘ri tashkil etilgan deyish mumkin.
Psixolog o‘zining inson xulq-atvori va psixik faoliyati, psixik taraqqiyotning 
yosh qonuniyatlari haqidagi kasbiy bilimlariga, ularning o‘quvchilar va kattalar, 
tengdoshlari bilan o‘zaro munosabat xususiyatlariga, o‘quv-tarbiya jarayonini 
tashkil etishga bog‘liqligiga tayanib, bolaga individual yondashuv imkoniyatlarini 
ta‘minlaydi, uning qobiliyatlarini aniqlaydi, normadan chetlashishlarning bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan sabablarini psixologik-pedagogik korreksiya qilish yo‘llarini 
aniqlaydi. Bu bilan psixologik xizmat maktabda o‘quv tarbiya ishining 
mahsuldorligini oshirishga, ijodiy faol shaxsni shakllantirishga imkon beradi.
Psixologik xizmatning asosiy vazifasi - tadqiqot ishlari, amaliy ishlar va 
tashviqot ishlaridan iborat 3 ta vazifadan tashkil topadi.
Ilmiy tadqiqot vazifalari - o‘quvchilar shaxsini shakllantirishning muhim 
muammolarini, ta‘lim va tarbiyaning psixologik asoslarini o‘quvchilar bilan 
o‘qituvchilar, maktab psixologlari, maktab psixologlar bilan o‘qituvchilar 
o‘rtasidagi o‘zaro ta‘sirni hamda maktab psixologining etikasini o‘z ichiga oladi.
Amaliy vazifalar - psixologik tadqiqot natijalarini amalda psixologik xizmat 
ishida qo‘llab, bolalarning maktab ta‘limiga tayyorligini aniqlash, o‘quvchilarning 


155 
o‘qish faoliyatini osonlashtirish, o‘quvchi shaxsini har tomonlama kamol toptirish, 
o‘quvchilarning qobiliyat va moyilliklarini aniqlash, rivojlantirish, talabalar bilan 
hunarga, kasbga oid suhbat, maslahat ishlarini olib borish, turli xildagi «qiyin» 
bolalar bilan ish olib borish kabi asosiy vazifani hal qilishdan iboratdir.

Download 3.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling