Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Taraqqiyotning normativligi prinsipi  2


Download 3.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/163
Sana20.09.2023
Hajmi3.08 Mb.
#1682871
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   163
Bog'liq
umumiy psixologiya(1)

1. Taraqqiyotning normativligi prinsipi 
2. "Yuqoridan pastga" tuzatish prinsipi. 
3. Psixik taraqqiyotning sistemaligi prinsipidir. 
Taraqqiyotning "normativligi" prinsipi psixik taraqqiyotning asosiy 
qonuniyatlarini hisobga olishni, bola shaxsi rivojlanishi uchun taraqqiyot 
bosqichlari ketma-ketligini ta‘minlaydi. Masalan: bog‘cha yoshidagi bolalarga 
nisbatan bunday yuqori talabchanlikka misol sifatida ota - onalarning diqqatini bir 
joyga to‘play olmaslik, qaysarlik, aytgan ishini bajarmaslik kabi bolalar ustidan 
qilgan shikoyatlarini keltirish mumkin. Taraqqiyotning normativligi prinsipi bilan 
"yuqoridan - pastga" tuzatish prinsipi uzviy bog‘langan. Bu prinsipda bola psixik 
taraqqiyoti uchun ta‘limning yetakchi roli e‘tiborga olinadi. "Pastdan -yuqoriga" 
tuzatish tarafdorlari tuzatish ishlarining asosiy mazmuni sifatida boladan mavjud 


164 
psixologik qobiliyatlarni mashq qildirishni ko‘rsatadi. Bu erda ta‘lim taraqqiyotdan 
keyin keladi. 
Sobiq sovet psixologiyasida bolalar tarbiyasi va ta‘limida psixologiyadan 
foydalanish borasida urinishlar pedologiya doirasida vujudga keldi. Pedologiya 
rivojlanayotgan va o‘sayotgan shaxsning barcha biologik va ijtimoiy 
xususiyatlarini qamrab oluvchi fandir. 1936 yilda pedologik qarashlarini to‘xtatish 
haqida qaror qabul qilindi, shu bilan birga rus psixologlari amalga oshirayotgan 
bola psixologiyasidagi ijobiy izlanishlar ham to‘xtab qoldi. Faqat 60 yillarning 
oxiriga kelib, psixologlarning maktab ishida amaliy ishtirok etishi qayta tiklandi.
Eston psixologlari «tarbiyasi qiyin» o‘smirlar uchun maxsus maktablarda ish 
olib bordilar. 1984 yilda Moskvada SSSR FA psixologiya institutida «SSSR da 
psixologik xizmat muammolari bo‘yicha I umumittifoq anjumani bo‘lib o‘tdi. 
Anjumanda maktabda psixologik xizmat seksiyasi ham ish olib bordi. 
Sobiq sovet Ittifoqida birinchi bo‘lib Estoniyada 1975 yilda maktabda 
psixologik xizmat tashkil etildi (rahbari X.I.Liymets, YU.L.Sыerd bo‘lib, tarbiyasi 
qiyin o‘smirlar uchun maxsus maktablarda ish olib bordilar). Rossiyada 1982 yilda 
maktablarda psixolog shtati ochildi. Rossiyada I.V.Dubrovina psixologik 
xizmatning rivojlanishiga ulkan ulush qo‘shgan, u ushbu mavzuda doktorlik 
dissertatsiyasini yoqlagan va bir qancha asarlar muallifidir. 

Download 3.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling