Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Shaxsning o‟z-ozini anglashi


Download 3.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/163
Sana20.09.2023
Hajmi3.08 Mb.
#1682871
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   163
Bog'liq
umumiy psixologiya(1)

 
4.4.Shaxsning o‟z-ozini anglashi 
Umumiy psixologiya fanida shaxsning shakllanishi va rivojlanishi 
qonuniyatlari hamda ularning mexanizmlari tadqiq etiladi. Bu borada psixologlar 
tomonidan shaxsga nisbatan turlicha ta‘rif berilgan va uning tuzilishini o‘ziga xos 
tarzda tasavvur qilishgan. quyida mualliflarning ayrimlariga qisqacha to‘xtalib 
o‘tamiz. 
A.G.Kovalevning fikricha, shaxs - bu ijtimoiy munosabatlarning ham 
ob‘ekti, ham sub‘ektidir. A.N.Leontev ushbu masalaga boshqacharoq yondashib, 
unga shunday ta‘rif beradi: shaxs - bu faoliyat sub‘ektidir. K.K.Platonovning 
talqiniga binoan: jamiyatda o‘z rolini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli a‘zosi 
shaxs deyiladi. Bu muammo mohiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan 
S.L.Rubinshteyn ta‘rificha, shaxs - bu tashqi ta‘sirlar yo‘nalishini o‘zgartiruvchi 
ichki shart-sharoitlar majmuasidir. 
Psixologiya fanida bir-biriga yaqin, lekin ayniyat bo‘lmagan tushunchalar 
qo‘llanilib kelinadi, chunonchi: odam, shaxs, individuallik. Ularning mohiyatini 
aniqroq izohlab berish uchun har birining psixologik tabiatini tahlil qilish 
maqsadga muvofiq. 


45 
1. Odam: sut emizuvchilar sinfiga dahldorlik, biologik jonzod ekanligi 
odamning o‘ziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik, qo‘llarning mehnat faoliyatiga 
moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, sut emizuvchilar tasnifiga 
kirishi uning o‘ziga xos tomonlarini aks ettiradi. Ijtimoiy jonzod sifatida odam ong 
bilan qurollanganligi tufayli borliqni ongli aks ettirish qobiliyatidan tashqari o‘z 
qiziqishlari va ehtiyojlariga mutanosib tarzda uni o‘zgartirish imkoniyatiga ham 
egadir. 
2. Shaxs. Mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan va jamiyatda 
rivojlanuvchi, til yordami bilan, boshqa kishilar bilan muloqot (muomala) ga 
kirishuvchi odam shaxsga aylanadi. Ijtimoiy mohiyati shaxsning asosiy tavsifi 
hisoblanadi. 

Download 3.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling