Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Download 3.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/163
Sana20.09.2023
Hajmi3.08 Mb.
#1682871
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   163
Bog'liq
umumiy psixologiya(1)

3. Individuallik. Har qaysi inson betakror o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 
SHaxsning o‘ziga xos qirralarining mujassamlashuvi individuallikni vujudga 
keltiradi. Individual shaxsning intellektual, emotsional va irodaviy sohalarida 
namoyon bo‘ladi. 
Sobiq sovet psixologiyasida eng ko‘p tarqalgan shaxsning tuzilishiga oid 
materiallar bilan qisqacha tanishib o‘tamiz. 
S.L.Rubinshteyn bo‘yicha shaxs quyidagi tuzilishga ega: 
1. Yo‟nalganlik - ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e‟tiqodlar, faoliyat va 
xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi. 
2. Bilimlar, ko‟nikmalar, malakalar - hayot va faoliyat jarayonida 
egallanadi. 
3. Individual tipologik xususiyatlar 
- temprament, xarakter, 
qobiliyatlarda aks etadi. 
K.K.Platonov ta‘limotiga ko‘ra, shaxs tuzilishi quyidagi shaklga ega: 
I. Yo‟nalganlik - shaxsning axloqiy qiyofasi va munosabatlarini 
birlashtiradi. Undan harakatchanlik, barqarorlik, jadallik, ko‘lam (hajm) 
darajalarini farqlash lozim. 
II. Ijtimoiy tajriba - Ta‘lim vositasida, shaxsiy tajribada egallangan 
bilimlar, ko‘nikmalar va odatlarni qamrab oladi. 
III. Psixologik aks ettirish shakllari - Ijtimoiy turmush jarayonida 
shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlari. 
IV. Biologik shartlangan  
Miya morfologik va fiziologik xususiyatlariga muayyan darajada bog‘liq 
bo‘lgan patologik o‘zgarishlarni, shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning 
tipologik xosiyatlarini birlashtiradi. 
A.G.Kovalev talqiniga binoan, shaxs mana bunday tuzilishga ega: 
1. Yo‟nalganlik - voqelikka nisbatan inson munosabatini aniqlaydi, unga 
o‘zaro ta‘sir etuvchi har xil xususiyatli g‘oyaviy va amaliy ustanovkalar, 
qiziqishlar, ehtiyojlar kiradi. 
Ustuvor yo‘nalganlik shaxsning barcha psixik faoliyatini belgilaydi. 
2. Imkoniyatlar-faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshishini ta‘minlovchi 
tizim. O‘zaro ta‘sir etuvchi va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan turlicha qobiliyatlar. 
3. Xarakter. Ijtimoiy muhitda shaxsning xulq-atvor uslubini aniqlaydi. 
Odamning ruhiy hayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo‘ladi. Xarakter 
tizimidan irodaviy va ma‘naviy sifatlar ajratiladi. 


46 

Download 3.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling