Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Download 3.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/163
Sana20.09.2023
Hajmi3.08 Mb.
#1682871
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   163
Bog'liq
umumiy psixologiya(1)

Sezgilarning klassifikasiyasi. Aks ettirish xususiyatiga va reseptorlarning 
joylashgan o‘rniga qarab sezgilar odatda uch guruhga ajratiladi: 
1. Tashqi muhitdagi narsalar va hodisalarning xususiyatlarini aks ettiradigan 
hamda tananing yuzasida reseptorlari mavjud bo‘lgan ekstroreseptiv sezgilar. 
2. Tananing ichki a‘zolarida va to‘qimalarida joylashgan hamda ichki 
a‘zolarining holatini aks ettiradigan reseptorlarga ega bo‘lgan introseptiv sezgilar. 
3. Reseptorlari mushaklarda va paylarda o‘rnashgan proprioseptiv sezgilar. 
Ekstrotsеptorlarni ikki guruhga: kontakt va distant rеtsеptorlarga ajratish 
mumkin. Tеri orqali paypaslab ko‘rishga asoslangan sеzgilarni taktil sеzgilar 
dеyiladi, bular ham o‘z funktsiyasiga ko‘ra bir nеcha xil bo‘lishi mumkin, masalan, 
haroratni sеzish, silliq yoki g‘adir-budirni, qattiq yoki yumshoqni, issiq-sovuqni 
sеzish va hokazo. 
Sezgilarning asosiy xususiyatlari 
Adaptasiya (moslashuvchanlik)-sezgi organlari sezgirligining qo‘zg‘atuvchi 
ta‘siri ostida o‘zgarishiga aytiladi. Bu hodisaning uch xil turini ajratish mumkin:
1. Qo‘zg‘atuvchining uzoq muddat davomida ta‘sir etishi jarayonida sezgining 
tamomila yo‘qolib qolishiga o‘xshash. Masalan, hid bilish sezgilari atrof-muhitga 
ѐqimsiz hid yoyilgandan keyin ko‘p o‘tmay batamom yo‘qolib qolishi ham 
adaptasiya hodisasi hisoblanadi. 2. Kuchli qo‘zg‘atuvchining ta‘siri ostida 
sezgining zaiflashib qolishi. Masalan, sovuq qo‘zg‘atuvchi hosil qiladigan 
sezgining jadalligi qo‘lni sovuq suvga solganda susayadi. 3. Kuchsiz 
qo‘zg‘atuvchining ta‘siri ostida sezgirlikning ortishi ham adaptasiya deb ataladi. 
Ko‘rish analizatoriga tadbiqan buni qorong‘ulik adaptasiyasi deyiladi. Masalan, 
qorong‘ulikda uzoq vaqt bo‘lish ta‘siri ostida ko‘zning sezuvchanligining ortishi. 


58 

Download 3.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling