Sezgilarning klassifikasiyasi. Aks ettirish xususiyatiga va reseptorlarning
joylashgan o‘rniga qarab sezgilar odatda uch guruhga ajratiladi:
1. Tashqi muhitdagi narsalar va hodisalarning xususiyatlarini aks ettiradigan
hamda tananing yuzasida reseptorlari mavjud bo‘lgan ekstroreseptiv sezgilar.
2. Tananing ichki a‘zolarida va to‘qimalarida joylashgan hamda ichki
a‘zolarining holatini aks ettiradigan reseptorlarga ega bo‘lgan introseptiv sezgilar.
3. Reseptorlari mushaklarda va paylarda o‘rnashgan proprioseptiv sezgilar.
Ekstrotsеptorlarni ikki guruhga: kontakt va distant rеtsеptorlarga ajratish
mumkin. Tеri orqali paypaslab ko‘rishga asoslangan sеzgilarni taktil sеzgilar
dеyiladi, bular ham o‘z funktsiyasiga ko‘ra bir nеcha xil bo‘lishi mumkin, masalan,
haroratni sеzish, silliq yoki g‘adir-budirni, qattiq yoki yumshoqni, issiq-sovuqni
sеzish va hokazo.
Sezgilarning asosiy xususiyatlari
Adaptasiya (moslashuvchanlik)-sezgi organlari sezgirligining qo‘zg‘atuvchi
ta‘siri ostida o‘zgarishiga aytiladi. Bu hodisaning uch xil turini ajratish mumkin:
1. Qo‘zg‘atuvchining uzoq muddat davomida ta‘sir etishi jarayonida sezgining
tamomila yo‘qolib qolishiga o‘xshash. Masalan, hid bilish sezgilari atrof-muhitga
ѐqimsiz hid yoyilgandan keyin ko‘p o‘tmay batamom yo‘qolib qolishi ham
adaptasiya hodisasi hisoblanadi. 2. Kuchli qo‘zg‘atuvchining ta‘siri ostida
sezgining zaiflashib qolishi. Masalan, sovuq qo‘zg‘atuvchi hosil qiladigan
sezgining jadalligi qo‘lni sovuq suvga solganda susayadi. 3. Kuchsiz
qo‘zg‘atuvchining ta‘siri ostida sezgirlikning ortishi ham adaptasiya deb ataladi.
Ko‘rish analizatoriga tadbiqan buni qorong‘ulik adaptasiyasi deyiladi. Masalan,
qorong‘ulikda uzoq vaqt bo‘lish ta‘siri ostida ko‘zning sezuvchanligining ortishi.
58
Do'stlaringiz bilan baham: |