Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Sezgi deb tashqi olamdagi narsa va hodisalarning bevosita sezgi a‟zolariga


Download 3.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/163
Sana20.09.2023
Hajmi3.08 Mb.
#1682871
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   163
Bog'liq
umumiy psixologiya(1)

Sezgi deb tashqi olamdagi narsa va hodisalarning bevosita sezgi a‟zolariga 
ta‟siri tufayli yuzaga keladigan aks ettirish jarayoniga aytiladi. 
b) Diqqatning qisqa vaqt oralig‟ida bir necha ob‟ektni idrok etish xususiyati 
esa uning ko‟lami deyiladi.Masalan, inson bir vaqtni o‘zida gapirishi, eshitishi va 
o‘qishi mumkinmi? Buning imkoni bormi? Albatta. Imkoni bor. Buning uchun 
ushbu faoliyatga o‘rganish kerak.
v) Diqqatni bir vaqtning o‟zida bir necha ob‟ektlarga yo‟nalishi va nazorat 
olib borishi hamda ba‟zan aksincha bir necha faoliyatdan bitta faoliyatga 
diqqatni to‟plashiga taqsimlanishi deyiladi. Masalan, harakat, intellektual 
jarayonlar bilan bir vaqtda eshitish assotsatsiya hosil qilish. Bunday har xil 
faoliyatni bir vaqtning o‘zida amalga oshirish ancha qiyinchilik tug‘diradi. 
g) Diqqatning to‟planishi deganda ong biron bir ob‟ektga to‟planishi va 
yo‟nalishi tushunilib, unda faoliyatni boshqa chet ta‟sirlarga chalg‟ishiga yo‟l 
qo‟yilmaydi. Diqqatning to‘planishi intellektual faoliyatni aniq va muvaffaqiyatli 
bajarish sharti hisoblanadi. Bu xususiyat ikkita talabga tayanadi: birinchidan, agar 
diqqat ob‘ekti va faoliyat turlari qancha kam bo‘lsa odam diqqatini taqsimlashdan 
ko‘ra yuqori darajada diqqatini to‘plash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Diqqat 
to‘planishining aksi esa parishonxotirlik hisoblanadi. Parishonxotirlik diqqatning 
bir joyga to‘play olmaslik. Bunday holat ko‘pincha shaxsning ichki 
muammmolarining natijasi sifatida yuzaga chiqadi. Natijada odam atrofdagi 
ta‘sirlarni payqamaydi yoki kuchsiz boshqaradi. Parishonxotirlik kishiga yolg‘on 
taassurot uyg‘otadi. 
d) Diqqatning bir ob‟ektdan ikkinchi bir ob‟ektga o‟tishi diqqatning 
ko‟chishi deb ataladi. Bunda bir faoliyat turidan ikkinchisiga o‘tish sharoitida 
oxirgi faoliyat samaradorligi susaymasligi kerak. Masalan, shaxs aqliy faoliyat 
bilan mashg‘ul, so‘ngra u biron bir jismoniy faoliyatga ko‘chib o‘tdi, so‘ngra 
musiqa asbobida kuy chaldi va boshqalar. Har safar bir faoliyat turidan 
ikkinchisiga o‘tgan vaqtda ma‘lum vaqt talab etiladi. Bu esa unga roslanish
adaptatsiya qilish va yangi faoliyat turiga ko‘nikma hosil qilishni talab etadi. Agar 
faoliyat mashqlantirib borilsa, bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga o‘tganda 
diqqatning samaradorligi susaymaydi.

Download 3.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling