Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi
Xayol haqida tushuncha. Xayol turlari, tasavvur xayoli, ijodiy xayol
Download 3.08 Mb. Pdf ko'rish
|
umumiy psixologiya(1)
6.2. Xayol haqida tushuncha. Xayol turlari, tasavvur xayoli, ijodiy xayol, ixtiyoriy va ixtiyoriy xayo, orzu, tush ko‟rish va shirin xayol Turmushning muayyan bir sharoiti, odamning bilish, amaliy, axlokiy, estetik va boshka extiyojlari xayol jarayoniga sabab buladi. Ma‘lumki, kishilar utmishda tabiat berayotganiga kanoat qilmay, uni uzgartirish, kayta kurish va undan kuprok narsalarni undirib olish uchun xayol so‘rganlar. Natijada xayollarida yangi-yangi mexnat kurollari obrazlarini yaratganlar, bu obrazlar asosida esa usha kurolning uzini yasaganlar. Demak, dastlab xayol obrazlari tabiatni uzgartirshga extiyoj sezish tufayli kishilarda paydo bulgan. Xayol yuksak bilish jarayoni bo‘lib, u kishining o‘ziga xos insoniy xarakterga ega bo‘lgan faoliyatida namoyon bo‘ladi. Mehnatning natijasini xayolga keltirmay turib, ishga kirishb bo‘lmaydi. Fantaziya yordami bilan kutilayotgan natijani tasavvur qilish uning muhim xususiyatidir. Bizning ongimizda o‘zimiz ilgari idrok qilgan obyektlar to‘g‘risidagina emas, shu bilan birga, biz idrok qilmagan obyektlar (narsalar, voqealar, shaxslar, joylar va shu kabilar) to‘g‘risida ham tasavvurlar bor. Masalan, garchi biz Antarktikada, 67 Janubiy qutbda bo‘lmagan, Mirniy pasyolkasidagi tadqiqotchilarning hayotini va ishini ko‘rmagan bo‘lsak ham, lekin ular haqida bizning tasavvurimiz bor, biz Vatanimizning uzoq o‘tmishidagi voqealar to‘g‘risidagi tasavvurga egamiz, o‘n, yuz va ming yillardan keyin nimalar bo‘lishini tasavvur qilamiz va hokazo. Biz kosmik kemalarning Oyga va boshqa planetalarga uchishini tasavvur qilishimiz mumkin. Bu tasavvurlarni xayolimiz yaratib beradi, xotira tasavvurlaridan farq qilgan bu tasavvurlar xayol tasavvurlari yoki fantaziya tasavvurlari deb ataladi. Xayol vujudga keltirayotgan obrazlar (tasavvurlar) faqat ongning subyektiv mazmunigina bo‘lib qolmaydi, shu bilan birga, bu obrazlar odamlarning hayoti va faoliyatida og‘zaki va yozma nutqda ifodalanadilar; narsalarda, bo‘yoqlarda, tovushlarda, she‘r va proza tariqasidagi adabiy asarlarda va san‘atning boshqa turlarida gavdalanadi. Shunday qilib, xayol ong faoliyatidir, bu faoliyat ilgari biz idrok qilmagan, tajribamizda uchratilmagan narsa va hodisalarning obrazlarini mavjud tasavvurlarimiz asosida miyamizda yaratishda ifodalanadi. Odamning miyasida ilgari vujudga kelgan muvaqqat bog‘lanishlarning miyada gavdalanishini va bu bog‘lanishlar bir-biri bilan tutashib, yangicha paydo bo‘lishini xayolning nerv- fiziologik negizi deb hisoblamoq kerak. Ongning boshqa funksiyalari kabi xayol ham, tarixan, avvalo odamning mehnat faoliyatida rivojlanib kelgan. Odamlar o‘z ehtiyojlarini qondirmoq uchun odam aralashmasdanoq tabiat berayotgan mahsuldan ham ko‘ra ko‘proq mahsul olish niyatida tevarak-atrof olamni o‘zgartirganlar va uni o‘zlariga bo‘ysundirganlar. O‘zgartirmoq va yaratmoq uchun esa istalgan narsani oldindan tasavvur qilish, shunday o‘zgartirishga qanday yo‘llar bilan erishishni va uning natijalarini tasavvur qilish lozim bo‘lgan. Bora-bora odamning xilma-xil ehtiyojlari – ijtimoiy, bilish, estetik va shu kabi ehtiyojlari rivojlana borgan sari xayol ham rivojlana borgan. Jamiyatdagi odamlarning ijodiy faoliyatida namoyon bo‘layotgan xayol ham ijtimoiy hayot sharoitiga va umumiy madaniy rivojlanish darajasiga qarab, shu jamiyatdagi odamlarning asosiy intilishlariga qarab, alohida xarakter, alohida yo‘nalish kasb qilaveradi. Xayol tasavvurlarining idrok obrazlaridan va xotira tasavvurlaridan farqi shuki, xayol tasavvurlari tajribamizda orttirilgan obyektlarga ega emas. Xo‘sh, odamlarning ongida bu obrazlar qayerdan va qanday qilib paydo bo‘ladi, degan savol tug‘iladi. Albatta, bu obrazlar biror manbaga ega bo‘lmay, yo‘q narsadan paydo bo‘lishi mumkin emas. Muayyan bir ehtiyoj mavjud bo‘lgan taqdirda xayolning tegishli obrazlari xayol tasavvurlari insonning tajribasiga va xotira tasavvurlariga asoslanib hosil bo‘lishi va tarkib topishi mumkin. Bu tasavvurlar xayol tasavvurlarini vujudga keltirishga asos bo‘ladigan materialdir. Download 3.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling