Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi
Individning o‟z tajribasini esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik
Download 3.08 Mb. Pdf ko'rish
|
umumiy psixologiya(1)
Individning o‟z tajribasini esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik
uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi. Odamlar illyuziyadan maxsus maqsadga muvofiq foydalanishlarining eng ko‘p tarqalgan turi maskirovka qilishdir. Og‘irlikni idrok qilishda ham illyuziya hodisasi bo‘lishi mumkin. Bunda hissiyot va xayol ta‘sir etgan bo‘lishi mumkin. Vaqt ham makon singari materiyaning asosiy hayot kechirish shakllaridan biridir. Vaqtning idrok qilinishi voqelik hodisalarining ob‘yektiv ravishda davomiyligini, tezligi va izchilligini aks ettirish demakdir. Ob‘yektiv reallikni aks ettirarkan, vaqtning idrok etilishi kishiga o‘zini qurshab turgan mihitdan mo‘ljal olish imkonini beradi. Odamda vaqt chamalash miya qobig‘i bo‘lmalarida ro‘y bеradi. Miya qobig‘ining ma‘lum bir joyida vaqt chamalash ro‘y bеradi, vaqtni sarhisob qilishning maxsus markazi mavjud dеgan taxmin asossizdir. Vaqtni idrok etilishi nеgizini qo‘zgalish va tormozlanishning ritmik tarzda almashinuvi, markaziy nеrv sistеmasida, bosh miya yarimsharlarida qo‘zgalish va tormozlanish jarayonlarinig susayishi oqibatidir. Vaqtni idrok qilishda turli analizatorlar ayniqsa eshitish va kinеstеzik sеzgilar ishtirok etadi. Makon va vaqt oraliqlari vaqtni idrok etishda juda muhimdir. (quyosh holati va vaqt, turli tovushlar: xo‘rozning qichqirishi, azon tovushi, bir xil vaqtda chalinadigan gudok, ma‘lum jadval bo‘yicha qatnaydigan poеzdning o‘tishi yoki kеchqurun ayrim qushlarning to‘planib o‘tishi, sayrashi va boshqalar eshitish sеzgilari ta‘sir qilayotgan qo‘zg‘otuvchining vaqtga oid xususiyatlarini: uning davomiyligini, ritmik xususiyatlarini va shu kabilarni aks ettiradi.) Vaqt doimiyligini idrok etish ko‘p jihatdan ichki kеchinmalarga, hissiyotga ham bog‘liq. qiziqarli va chuqur asoslangan faoliyat bilan band bo‘lishdagi vaqt juda qisqa, zеrikarli va mazmunsiz faoliyatda vaqt o‘tishi qiyin, uzoq dеb idrok qilinishi mumkin. Harakatning idrok qilishini-ob‘yektlarning fazoda egallangan holati o‘zgarishining aks ettirilishidir. Harakatning idrok etilishi hayotiy muhim ahamiyatga egadir. Harakatni idrok etishda ko‘rish analizatori asosiy rol o‘ynaydi. Tezlik, tezlanish, harakatning yo‘nalishi harkatdagi ob‘yektning parametri hisoblanadi. Download 3.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling