Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi
Download 3.08 Mb. Pdf ko'rish
|
umumiy psixologiya(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinesteziya.
Sensibilizasiya. Analizatorlarning o‘zaro munosabati va mashq qilish
natijasida sezuvchanlikning ortishi sensibilizasiya deb ataladi. Masalan, mashq qilish natijasida musiqa bilan shug‘ullanadigan bolalarda past, baland ohanglarni eshitish qobiliyati rivojlanib boradi. Qo‘zg‘alish jarayonining tarqalishi (irradiatsiyalashuvi) natijasida boshqa analizatorning sеzuvchanligi oshadi. Kuchli qo‘zg‘otuvchi ta‘sir qilganda ko‘zg‘alishning aksincha to‘planish xususiyatiga ega bo‘lgan jarayoni yuzaga kеladi. O‘zaro induktsiya qonuniga binoan bu markaziy bo‘lmalarda boshqa analizatorning tormozlanishiga va ular sеzuvchanligining susayib qolishiga olib kеladi. Analizatorlarning sеzuvchanligi boshqa sеzgilarga mansub qo‘zg‘otuvchilar ta‘siri ostida ham o‘zgarishi mumkin. Jumladan sinaluvchilarga eshittirib «limon kabi nordon» dеgan so‘zlarga javoban ko‘zlarning elеktr sеzuvchanligini o‘zgartirib yuborgani kuzatiladi. Sеzgi a‘zolari sеzuvchanligining o‘zgarishi qonuniyatlarini bilgan holda maxsus tanlangan qo‘shimcha qo‘zg‘otuvchilarni qo‘llanish yo‘li bilan u yoki bu rеtsеptorni sеnsibillashtirish, ya‘ni uning sеzuvchanligini oshirish mumkin. Sеnsibillashtirishga mashq qilish natijasida ham erishish mumkin. Masalan, musiqa bilan shug‘ullanadigan bolalarga past-baland ohanglarni eshitish qobiliyati qanday rivojlana borishini bilamiz. Sinesteziya. Sinesteziya deb, bir analitorning qo‘zg‘alishi ostida boshqa analizaortga xos sezgining hosil bo‘lishiga aytiladi. Sinesteziya sezgilarning har xil turlarida kuzatiladi. Tovush qo‘zg‘atuvchilari ta‘sir qilganda kishida ko‘rish obrazlari paydo bo‘lsa, bu ko‘rish-eshitish sinesteziyasi hisoblanadi. Har xil odamlarda bu sinesteziyalarda muvofiqlik bo‘lmaydi, lekin o‘lar alohida kishi uchun turg‘un xususiyat hisoblanadi. Masalan, ayrim kompozitorlar (N.A.Rimskiy-Korsakos, Shopen, Betxoven kabilar)da «rangni eshitish» qobiliyati mavjud bo‘lgan. Bu xildagi sinesteziyaning yorqin namunasini Litvalik rassom M.K.Churlyonisning ijodida, uning ranglar simfoniyasida ko‘rish mumkin. Keyingi paytlarda tovush obrazini rang obraziga aylantiradigan rang- musiqaviy sozlarning yaratilayotganligi va rang-musiqaning jadal tadqiq qilinayotganligi sinesteziya hodisasiga asoslangan. Sinesteziya juda keng tarqalgan bo‘lsada u hamma odamlarda ham uchrayvermaydi. «O‘tkir did», «antiqa rang», «shirin tovush» va shu kabilarni ishlatish mumkinligi hech kimda shubha tug‘dirmaydi. Sezgilarning o‟zaro munosabati. Analizator sezuvchanligining boshqa sezgi a‘zolarining qo‘zg‘alishi ta‘siri ostida o‘zgarishi sezgilarning o‘zaro munosabati deyiladi. Masalan, ko‘rish analizatorlarining sezuvchanligi eshitish qo‘zg‘atuvchisining ta‘sirida o‘zgaradi. Shuningdek, ko‘rish sezuvchanligi ba‘zi hid qo‘zg‘atuvchilarining ta‘siri bilan ham oshadi. Lekin keskin ifodalangan salbiy his tug‘diradigan hid ko‘rish sezgirligini pasaytiradi. Xuddi shunday sust yorug‘lik qo‘zg‘alishida eshitish sezgilari kuchayadi, jadal yorug‘lik qo‘zg‘atuvchilari ta‘siri ostida eshitish sezuvchanligi yomonlashadi. Shuningdek, sust og‘riq qo‘zg‘alishlari ta‘sirida ko‘rish, eshitish, taktil va hid bilish sezgilari oshishi hammaga ma‘lum. Demak, bir sezgi xususiyatining ikkinchi sezgi ta‘sirida o‘ziga xos tarzda o‘zgarishi sezgilarning o‘zaro munosabatini ifodalaydi. 59 Boshqa analizatorlarga quyi chegaradagi qo‘zg‘atuvchilarning ta‘sir etishida ham biron bir analizatorning sezuvchanligi o‘zgarishi mumkin. Jumladan, P.P.Lazerev (1878-1942) teri ultrabinafsha nurlari bilan nurlanishi natijasida ko‘rish sezuvchanligi susayib ketishini aniqlagan. Download 3.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling