Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


 O‟qishning mohiyati va qonuniyatlari


Download 3.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/163
Sana20.09.2023
Hajmi3.08 Mb.
#1682871
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   163
Bog'liq
umumiy psixologiya(1)

 
12.2. O‟qishning mohiyati va qonuniyatlari 
O‘quv faoliyati bu shunday faoliyatki, uning natijasida avvalo o‘quvchida 
o‘zgarish yuz beradi. Uning mahsuli turli motivlar asosida, qurilgan bo‘lishi 
darkor. Bu motivlar bevosita o‘quvchi shaxsining o‘sishi va rivojlanishi bilan
bog‘liq bo‘lishi kerak. O‘quv faoliyati ta‘lim, o‘qish va o‘rganish degan
tushunchalar bilan bevosita bog‘liqdir. Ta‘lim o‘qituvchi va o‘quvchi 
hamkorligidagi o‘quv faoliyati o‘qituvchining bilim, ko‘nikma va malakalarini 
o‘quvchilarga o‘rgatish jarayonidir.
Ta‘lim jarayoni bevosita muayyan axborotni, harakatlarni, hulq-atvorning 
shakllarini o‘zlashtirishga qaratilgandir. O‘quv faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, ular 
bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga, o‘rgatishga xizmat qiladi. 
O‟quv faoliyatining besh elementi mavjud: 
1. 
O‘quv motivlari 
2. 
O‘quv topshiriqlari 
3. 
O‘quv harakatlari 
4. 
O‘qituvchining nazorati 
O‘qituvchining baholashi 
D.B.Elkonining ta‘kidlashicha, o‘quv faoliyatining shakllantirilishi bu 
faoliyat ayrim kishilar bajarilishini asta-sekinlik bilan o‘quvchining o‘ziga 
o‘qituvchining ishtirokisiz mustaqil bajarish uchun o‘tkazilishidir.
ta‘lim jarayoni alohida tashkil etiladigan hamda boshqariladigan faoliyat bo‘lib, u 
o‘quvchilarning o‘quv faoliyatlarini tashkil etadi va ularni boshqaradi.
Ta‟lim jarayoni besh elementdan iborat: 
Ta‘limning maqsadi-nima uchun o‘qitish kerak? 
Ta‘limning mazmuni-nimaga o‘qitish kerak? 
Ta‘limning metodlari, usullari va pedagogik muloqot yo‘llari 
Ta‘lim beruvchi 
O‘quvchi 
Ta‘lim jarayonini tashkil etish: ideal va amaliy faoliyatning u yoki bu turini 
muvaffaqiyatli tashkil etish uchun zarur bo‘lgan tashqi olamning muhim 
ahamiyatli xossalri xususidagi axborotning o‘zlashtirilishi: 
-faoliyatning anna shu barcha turlari tarkib topgan usullari va jarayonlarining 
o‘zlashtirilishiga; 
-maqsadga muvofiq keladigan usullar va jarayonlarni to‘g‘ri tanlash va 
foydalanishga bog‘liq. 
Ta‘lim jarayonining muvaffaqiyati: 
Motivatsiya. 
Ma‘lumot usullari.
Malumotning tushunarliligi. 
Xotira 
Ma‘lumotni qo‘llash. 


130 
Ta‘lim va ta‘lim jarayonida bolani rivojlanish muammosi psixologik 
markaziy maslalardan biridir. Ta‘lim va rivojlanish muammosiga doir qator 
nazariyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan biri: 
1. Aqliy hatti-harakatlar, bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich 
rivojlantirish nazariyasi (P.YA.Galperin). 
P.Y.Galperin-nazariyasi bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni olti
bosqichni boshidan kechirib, ulaga: 
1. Motivatsiya 
2. Tushuntirish 
3. Moddiy formadagi xatti-harkatlarni bajarish. 
4. Baland ovozda xatti-harakatlar va vazifalarni bajarish. 
5. Bajariladigan xatti-harakatlarni ichki rejada ovoz chiqarmay bajarish. 
6. Faoliyatni fikran bajarish kiradi. 
Ushbu nazariyada ta‘limning uchta asosiy turlari ajartiladi: 
-birinchi turda–xatti-harakatlarni o‘zlashtirish xatolar bilan kechadi, 
berilayotgan material yetarli darajada anglanilmaydi, ta‘lim oluvchi ta‘limning asl 
mohiyatini tushunib etmaydi; 
-ikkinchi turda-materialni nisbatan dadil va to‘la tushunilishi va material 
bilan bog‘liq tushunchalarni ajratilishi bilan xarakterlanadi; 
-uchinchi tur-tez, samarador, va bexato xatti-harakatlarni o‘zlashtirilishini 
ta‘minlab beradi. 

Download 3.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling