Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Tashkilotchilik qobiliyati-


Download 3.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/163
Sana20.09.2023
Hajmi3.08 Mb.
#1682871
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   163
Bog'liq
umumiy psixologiya(1)

5. Tashkilotchilik qobiliyati-bu birinchidan, o‘quvchilar jamoasini 
uyushtira bilish, bunda jamoani jipslashtira olish va ikkinchidan, o‘zining
shaxsiy ishini to‘g‘ri tashkil qila olish qobiliyatidir. O‘quvchilar o‘z 
o‘qituvchilari haqida turlicha fikrda bo‘ladilar.
O‘qituvchining o‘z ishini tashkil qila bilishi deganda, uning o‘z ishini to‘g‘ri 
rejalashtirib, uni nazorat qila olishi nazarda tutiladi. Tajribali o‘qituvchilarda
vaqtga nisbatan o‘ziga xos sezuvchanlik-ishini vaqt bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlab
mo‘ljallangan vaqtdan to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi. 
6. Avtoritar qobiliyati-bu o‘quvchilarga bevosita emotsional-irodaviy
ta‘sir etib, ularda obro‘ orttira bilishdan iborat qobiliyatidir.
Avtoritar qobiliyat o‘qituvchining rostgo‘yligi, irodaviy uddaburonligi, 
o‘zini tuta bilishi, farosatliligi, talabchanligi kabi irodaviy xislatlari hamda qator
shaxsiy xislatlarga, shu bilan birga o‘quvchilarni TA‘LIM-tarbiyasida 
javobgarlikni his etish, uning e‘tiqodi, o‘quvchilarga ma‘naviy va ma‘rifiy
e‘tiqodni singdira olganligiga ishonchi kabi xislatlarga ham bog‘liqdir. 
Kommunikativ qobiliyat-bu bolalar bilan muloqotda bo‘lishga, 
o‘quvchilarga yondoshish uchun to‘g‘ri yo‘l topa bilishga ular bilan pedagogik 
nuqtai-nazardan maqsadga muvofiq o‘zaro aloqa bog‘lashga pedagogik taktning 
mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir. 
Ibtidoiy jamoa to‟zumi davrida jamiyat yosh jihatidan 3 guruhga 
bo‟linar edi: 
1. Bolalar va o‘smirlar.
2. Hayot va mehnatning to‘la qimmatli va to‘la huquqli ishtirokchilari.


148 
3. Keksalar.
Yangi, tug‘ilgan bolani jamoadagi keksa kishilar boqib, o‘stiradilar. Bola 
tegishli biologik yoshga to‘lib, ba‘zi bir ijtimoiy tajriba mehnat qilishni o‘rganib, 
hayotiy bilim va malakalarni egallagandan so‘ng to‘la qimmatli mehnatchilar 
guruhiga o‘tardi. Ibtidoiy jamiyatda bola o‘zining hayot faoliyati jarayonida 
kattalarning ishlarida qatnashib ular bilan kundalik muomalada bo‘lib, tarbiyalanar 
va ta‘lim olar edi. o‘g‘il bolalar katta yoshdagi erkaklar bilan ularning ishlarida 
qizlar esa ayollarning ishlarida qatnashardilar. Matriarxat oxirlarida o‘g‘il bolalar 
uchun alohida va qizlar uchun alohida tarbiya muassasalari - yoshlar uylari 
muassasalari paydo bo‘ldi. Bu erda yoshlar ypyg‘ oqsoqollari rahbarligida 
yashashga mehnatga o‘tkaziladigan sinovlarga tayyorlanar edilar.
Patriarxal urug‘chilik bosqichida chorvachilik, dehqonchilik, turli hunar 
kasblari paydo bo‘ldi. SHu bilan bog‘liq ravishda tarbiya ham murakkablashib, 
ko‘p tomonlama va rejali bo‘la bordi. Bolalar tarbiyasi tajribali kishilarga 
topshiriladigan bo‘ldi. Ular bolalarga mehnat ko‘nikma va malakalarini o‘rgatish 
bilan bir qatorda paydo bo‘lib kelayotgan diniy urf-odatlarning qoidalari, naqllar 
bilan bolalarni tanishtirar, yozishga o‘rgatar edilar. Ertaklar, o‘yin va raqslar
musiqa va ashula, butun xalq og‘zaki ijodi xulqni, hatti-harakatni, xarakterning 
muayyan belgilarini tarbiyalashda katta rol o‘ynaydi.

Download 3.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling