Termiz Davlat Universiteti Sport faoliyati va boshqaruv fakulteti


Download 16.75 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi16.75 Kb.
#1521965
Bog'liq
crtdty


Termiz Davlat Universiteti Sport
faoliyati va boshqaruv fakulteti
3-bosqich 306-guruh talabasi Abdinabiyev
Faxriddin Termiz shaxar 9-umumiy
o’rta ta’lim maktab mamuriyati tomonidan

TAVSIFNOMA


Abdinabiyev Faxriddin 2023-yil 13-martdan 20-mayga qadar Termiz shaxar 9-umumiy o’rta ta’lim maktabi 4 “A” sinfida amaliyot o’tadi. Maktabga kelgan kunining ilk kunlaridan boshlab talaba Abdinabiyev Faxriddin maktabning qonun-qoidalari va o’qtuvchilari hamda maktab ma’muriyati bilan tanishib ,maktabga qarashli hududlarni ko’zdan kechirdi. Amaliyot vaqtida dars jarayonini kuzatuv borasida 4”A”sinf rahbari Safarqulova Nasibaning darslarini kuzatib , kerakli xulosalarga ega bo’ldi. Fan oyliklarida faol qatnashib o’quvchilar bilan turli xil tadbirlar tashkil etdi. Xususan maktab o’quvchilarining bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish va sport bilan shug’ullantirish maqsadida , voleyboll,gandbol, quvnoq startlar musobaqasida ishtirok etib ,o’quvchilarning qiziqishlari ustida ishlar olib bordi. Sinfda har bir o’quvchi bilan suhbatlar o’tkazib ularning oilaviy sharoitlari va sportga bo’lgan qiziqishlari bilan tanishib bordi. Umumiy xulosa shuni ko’rsatadiki,talaba Abdinabiyev Faxriddinning ochiq darsi a’lo baholarga baholandi. Darsda yo’l qo’yilgan kamchiliklari tahlil nazoratchilari tomonidan aytib o’tildi. Talaba o’zi mustaqil ravishda amaliyot davrida amaliyotchilar tomonidan o’tkazilgan ochiq darslarga qatnashib o’z fikrlarini bildirdi va turli yangicha uslublar o’rgandi. Kelajakda amaliyotchi talaba Abdinabiyev Faxriddinga yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda, komil inson qilib tarbiyalashda, ularni vatanga fidoiy qilib tarbiyalashda, maktab mamuriyati tomonidan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz

Maktab direktori: S. Ro’ziqulov


Sinf rahbari N.Safarqulova
Download 16.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling