O‘zbekiston respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “sport o‘yinlari” fakulteti


Download 242.5 Kb.
bet1/10
Sana16.06.2023
Hajmi242.5 Kb.
#1491527
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3 к Amaliyot dastur 2022-2023


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI YOSHLAR SIYOSATI VA SPORT VAZIRLIGI


O‘ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI

SPORT O‘YINLARI” FAKULTETI






«TASDIQLAYMAN»
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

  1. Xadjayev

____________________________


«_____»________________ 20__ y.

VOLEYBol, BASKETBOL nazarIyasi va uslubiyati kafedrasi
5610500 – SPORT FAOLIYATI (voleybol, BASKETBOL) TA’LIM YO‘NALISHI, III- BOSQICh TALABALARINING
MALAKAVIY AMALIYOTI

DASTURI


Chirchiq-2023

«TAVSIYA ETILDI»
“Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri, dotsent

  1. A. Ummatov

_____________________________
(majlisning _____- sonli bayonnomasi)
«___» ______________ 20__ yil


«KELISHLDI»
“Sport o‘yinlari”
fakulteti dekani v.v.b Boltaev A.A.
____________________________

«____»______________ 20__ yil



Amaliyot dasturi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan.





Tuzuvchilar:




  1. A. Ummatov

  • Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri, (PhD), dotsent;

  1. A. Pulatov

S. F. Ashurkova

  • Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori.


MUNDARIJA



1.

Kirish……………………………………………………….…………….

4

2.

Umumiy qoidalar………………………………..……………………….

6

2.1.

Malakaviy amaliyotning maqsadi va vazifalari………..........………….

6

2.2.

Malakaviy amaliyotning mazmuni va tarkibi………….….……………

7

3.

Malakaviy amaliyot mobaynida amaliyot rahbari va talabaning amal qilishi lozim bo‘lgan qoidalar………………………………….................................

14

4.

Malakaviy amaliyot natijalari yuzasidan hisobot tayyorlash, uni himoya qilish va rasmiylashtirish tartibi………………………………………………………….

16

5.

Malakaviy amaliyot bo‘yicha baholash mezonlari…………………………

17




Ilovalar……………………………………………………………………….

21


KIRISH


Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablaridan kelib chiqqan holda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim muassasalari talabalarining malakaviy oldi amaliyoti haqida Nizom”ning (OO‘MTVning 1998 yil 30 oktyabr 305 - sonli buyruq bilan tasdiqlangan) 1.3 - bandiga muvofiq 5610500 – “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)” taʼlim yo‘nalishlarining 36.1768:2014 sonli DTSi hamda malaka talablari asosida tuzildi.
Hozirgi kunda davlat taʼlim tizimini mustahkamlash, uni zamon talablari bilan uyg‘unlashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Bunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, jumladan, taʼlim berish tizimi islohotlar talablari asosida tubdan qayta ko‘rib chiqilib, zamon bilan hamnafaslik kasb etishi talab etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 aprel Maxallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to`g`risida PQ-201 sonli qarori hamda 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni, 2021 yil 5 noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va «workout» sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5282-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash.
Fanlar bo‘yicha bilimlar majmuasini o‘zlashtirish, yaʼni nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uzviyligi asosida ko‘nikma hamda malakalarni mukammal shakllantirishda malakaviy oldi amaliyotining o‘rni beqiyos.
5610500–Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) taʼlim yo‘nalishlari 4-kurs talabalarining malakaviy oldiamaliyotini to‘g‘ri tashkil qilish, yosh mutaxassislarni kasbiy faoliyatiga tayyorlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Malakaviy amaliyot, talabalarda ixtisoslik fanlardan olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq etish va ularning pedagogik tamoyillar asosida bilim va malakalarini shakllantirish maqsadida tashkil etiladi. Amaliyot asosan, o‘rta-maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimi (oliy sport mahorati maktablari, ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari maktab internatlari, sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, sport federatsiyalari) muassasalari hamda oliy taʼlimning mutaxassislik kafedralarida o‘tkaziladi. Amaliyot davrida talabalar nafaqat o‘z nazariy bilimlarini amalda qo‘llaydi balki, interfaol metodlardan samarali foydalanish, o‘quv mashg‘ulot boshqarish bo‘yicha mahoratli pedagoglar va murabbiylarning ilg‘or tajribalarini o‘rganadilar.
Taʼlim, fan, ishlab chiqarishni samarali integratsiyalash mexanizmlarining mazmuni va uslublarini talabalarda shakllantirish maqsadida o‘qitishni ilmiy-tadqiqot bilan qo‘shib olib borish, fanlar bo‘yicha bilimlar majmuasini o‘zlashtirish, SHuningdek, – O‘zbekiston yoshlari kuni hamda dekabrda o‘tkaziladigan «YOshlar forumi» doirasida futbol, mini-futbol, voleybol, engil atletika, shaxmat, shashka, stol tennisi, stritbol, vorkaut turlari bo‘yicha 5 bosqichli ommaviy sport musobaqalari o‘tkazilishida malakaviy amaliyoti muhim o‘rin tutadi.
5610500–Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) taʼlim yo‘nalishlari 3-bosqich talabalarining malakaviy amaliyoti VI semestrda, yaʼni 2023 yil martdan boshlanib, 2023 yilning maygacha davom etadi, umumiy malakaviy amaliyot davri – 6 hafta (36 kun) bo‘ladi. Mazkur taʼlim yo‘nalishlarining DTS va namunaviy o‘quv rejalariga binoan malakaviy amaliyoti uchun ajratilgan 6 hafta davomida jami 216 soat, yaʼni haftasiga 36 soatdan amaliyot tashkil etilishi kerak. Bunda haftasiga 6 kun, har bir kunda 6 soatdan amaliyot mashqlari, qolgan 3 soatida talaba o‘zining mustaqil faoliyatini rejalashtirishi talab etiladi. Talabaning malakaviy amaliyotini tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan kalendar rejasiga muvofiq har bir mavzu va undagi topshiriqlarga ajratilgan amaliyot soatlari institutdagi malakaviy amaliyoti rahbari va kafedra mudiri tomonidan nazoratga olinishi maqsadga muvofiq.



Download 242.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling