Termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti
Download 456.07 Kb. Pdf ko'rish
|
HARAKAT MALAKALARINING TASHKIL ETISH QONUNIYATLARI.
36 XULOSALAR 1. Maktab yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyasida harakatlarga o’rgatishning dastlabki bosqichida eng muhim ilmiy-nazariy asoslari qo’ydagilar: - harakatlarning fazo va vaqt jihatidan yetarli darajada aniq bo’lmaganligi, mushak harakatlarining aniq emasligi; -harakat akti ritmining barqaror emasligi; -keraksiz qo’shimcha harakatlarning mavjudligi; - murakkab harakat fazalari o’rtasida yaqinlikni yo’qligi. 2. Harakatlarga o’rgatishda ular bilan oldindan tanishib chiqish, harakatlarning ahamiyati va xususiyatini so’zlab berish. SHuningdek amalda bajarib kshrish orqali erishish kerakligi aniqlandi. -so’zlab berish, suhbat, ko’rgazmalilik (asosiy variant ko’rsatiladi) ikkinchidan o’rgatilayotgan harakat texnikasi asosini shug’ullanuvchilar onggiga singdirish. 3. Tanishish jarayonida yangi harakat aktiga kiradigan, hosil qilingan, va tug’ma harakat avtomatizimlarini safarbar etishga yordam beruvchi ideamotor reaktsiyasining farqi juda katta ekanligi ko’rsatildi. 4. Tajriba va taqqoslashdan foydalangan hamda, bo’lajak harakat to’g’risidagi tasavvur, tushuncha va mulohaza yaratiladi, binobarin , bundan “kelajak ehtiyoji modeli” sifatida “harakat vazifalari” yuzaga keladi. 5. Onglilik va aktivlik tamoyiliga amal qilib, birinchidan o’rganuvchilar oldiga harakat vazifalarini asosli ravishda qo’yishi va ularni bajarilishi kerak bo’lgan narsani aniq tushunishlariga erishish; Ikkinchidan berilgan harakatni qanday bajarish kerakliligi haqida tasavvur yaratish kerak. 37 -tovush signallari asosi kuch beriladigan payti aytib berish shuningdek harakat aktini ritm va sur’atini namoyish qilish uchun qo’llaniladi, harakatni dastlabki o’zlashtirishda bevosita yordam ko’rsatish juda katta ahamiyatga ega, chunki, bu yordam orqali to’g’ri yo’nalish, amplituda va tezlik olinadi. 6. Dastlabki ko’nikma uchun berilgan topshiriqning bajarib bo’lish yoki bo’lmasligi; -harakat tajribasining qanchalik ko’pligiga; - o’rganiladigan harakat tizimining qanchalik murakkabligiga; -tuzilishi o’rganuvchining jismoniy imkoniyatlariga qanchalik muvofiqligi bilan belgilanadi. 7. Harakat amallarini o’rgana boshlashda harakat aktini ko’rish va eshitish asosida boshqarishga imkon beruchi usullar yetakchi metodik usullar bo’lib hisoblanadi. -harakatni dastlabki o’zlashtirish jarayoni qo’rqish emotsiyasi bilan bog’liq bo’lgan himoya reaktsiyasi kuchli ta’sir qilishi mumkin. Download 456.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling