Termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti sport boshqaruvi kafedrasi


XX. Kurashmusobaqalario’tkazilgandakerakbo’ladiganasbob-uskunalar


Download 484.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana24.12.2022
Hajmi484.54 Kb.
#1053056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Holmatov Sanjar

XX. Kurashmusobaqalario’tkazilgandakerakbo’ladiganasbob-uskunalar 
1. Xar bir gilam yoniga quyidagi asbob-uskunalar qo’yilishi shart. 
- stol va uchta stul; 
- ikkita yengil stul; 
- sekundomer (vaqtni ko’rsatuvchi maxsus tablo); 
- mikrofon; 
- tablo (baxolarni, sof vaqtni ko’rsatish uchun kurash tugaganligi xaqida tovush 
beradigan zang (gong). 


24 
2. Ikkita yengil kursi yon xakamlar uchun xavfsizlik maydonining qarama-
qarshi burchaklarida joylashtiriladi va ular ma’lumotlar tablosining ko’rinish 
maydonini to’sib qo’ymasligi kerak. 
3. Tablo ish maydonidan tashqarida, uni xakamlar, xakam komissiYasi, 
tomoshabinlar bemalol kurishi mumkin bo’lgan xolda joylashishi (xar 35 doim 
zaxirada nazorat uchun mexanik tablo bo’lishi shart), baxolar tablosi talablarga javob 
berishi shart. 
4. Yelektron soat ishlatilgan xolda, mexanik soat tekshirish uchun ishlatiladi. 
5. Xakamni olishuv tugaganligi xaqida xabardor qilish uchun gong yoki tovushli 
zang ishlatiladi. 
6. Tomoshabinlar (pressa, televidenie va boshq.) musobaqalar o’tkaziladigan 
maydonga 3 metrdan Yaqin joylashishi taqiqlanadi. 
7. Yelektron asbob - qo’l uskunaning ishdan chiqish xolati kelib chiqishi 
mumkin bo’lganligi sababli qo’l sekundomeri (shaxmat soati) va tablo yelektron 
asbob-uskuna bilan bir vaqtda ishlatilishi kerak. 
XXI. Olishuvning boshlanishi va tugashi 
1. Xar bir olishuv boshlanishidan oldin uchta xakam (o’rtadagi xakam, ikkita 
yon xakam) musobaqalar o’tkaziladigan maydonning chetiga birgalashib turishadi, 
ung qo’llarini chap ko’krakka qo’yib, o’z joylarini yegallashdan oldin ta’zim 
qiladilar. Musobaqalar o’tkaziladigan maydondan chiqishdan oldin xakamlar takroran 
chetda yig’iladilar va o’ng qo’llarini chap ko’krakka qo’yib tomoshabinlar ko’p 
tomonga qarab, ta’zim qiladilar. 
2. Kurashchilar xam gilamga chiqishdan oldin va uni tark yetishda, kurash 
maydoniga kirishda va undan chiqishda, xar bir olishuvning boshlanishida va oxirida 
o’ng qo’llarini chap ko’krakka qo’yib ta’zim qiladilar. Kurash maydoni oldidagi 
ta’zimdan so’ng kurashchilar maxsus belgilangan joyga qadar to’g’riga yurishlari 
shart, keyin o’ng qo’lni chap ko’ksiga qo’yib, bir-birlariga ta’zim qilishlari shart. 
3. Xakam olishuv natijasini ye’lon qilgandan so’ng kurashchilar yana bir bor 
o’ng qo’llarini chap ko’ksiga qo’yib bir-birlariga ta’zim qiladilar va gilamdan chiqib 
ketadilar. 


25 
4. Xakam va yon tomondagi xakamlar tayyorgarlik xolatida olishuvdan oldin, 
kurashchilar gilamga chiqishlaridan oldin turishlari shart. 
5. Xamma ta’zimlar bo’yin va gavdaning yegilishi orqali bajariladi. Agar 
kurashchilar ta’zimni bajarmasalar, xakam uning bajarilishini talab qilishi shart. 
6. Gilamdagi xakamlar maydonni nazorat qilar yekanlar, gilamning usti tekis, 
toza, tatamilar orasi ochiq bo’lmasligiga, yon xakamlar kursilari o’z joylarida 
joylashishlariga va kurashchilar belgilangan qoida talablariga javob berishlariga 
ye’tibor qaratishi shart. Xakam gilam o’rtasida vaqt ro’yxatga olinadigan stolga qarab 
tik xolatda turishi kerak. 
7. Xakam «TO’XTA» buyrug’ini berar yekan, kurashuvchilarni ko’rib turishi 
kerak, agar ular buyruqni yeshitmay qoladigan xol kelib chiqsa, o’rtadagi xakam 
tezda ularga yaqinlashib to’xtatadi. 

Download 484.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling