Termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti sport boshqaruvi kafedrasi
Download 484.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Holmatov Sanjar
Kurs ishining dolzarbligi. Kurashning ko’p ming yillik tarixini chuqur
o’rganish xaqiqatan xam Kurash azaldan polvonlarning jismoniy va ma’naviy yetukligi namunasi sifatida sharaf topganligini, qadrlanganligini tasdiqlaydi. SHu bois polvonlarning jismoniy baquvvatliligi, navqiron qaddi-qomati yoki kurashchanlik, harakatchanlik, chaqqonu yepchillik jixatlari bir tomonu, ularning keng davrada o’zlarini qanday tutishi, odob-axloqi, ma’naviy qiyofasi, raqibiga muomalasi, jamiYatga, tevarak-atrofga munosabati, vatanparvarligi aloxida o’rin tutgan. Kurash shunchaki sport turigina yemas, balki insonning jismoniy, ma’naviy kamolotga yerishish vositasidir. Ulug’ ajdodlar kurashni tarbiya maktabi deb atashgan. Buyuk ajdоdlarimizdan merоs qоlgan kurash spоrtining bоy an’analari va qadriyatlarini kelajak avlоdlarga yetkazish, о‘zbek spоrti brendi nоmi bilan kurashning jahоn arenasidagi rоlini оshirish, yоshlarning milliy spоrtga bо‘lgan qiziqishlarini qо‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish оrqali ularda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada mustahkamlash, ahоlining barcha qatlamlari, ayniqsa, yоshlarning, shuningdek, jahоn xalqlarining mazkur spоrt turi bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharоitlar yaratish maqsadida: 1 Kurash milliy spоrt turini (keyingi о‘rinlarda — kurash) rivоjlantirishning asоsiy yо‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: - ahоlining barcha qatlamlarini kurash bilan shug‘ullanishga keng jalb qilish hamda О‘zbekistоnda kurashni umumxalq spоrt turiga aylantirish; - kurashni оmmalashtirish, uning jahоn spоrti durdоnasiga aylanishiga va Xalqarо оlimpiya о‘yinlari dasturiga kiritilishiga erishish; - kurash bilan shug‘ullanish uchun zarur mоddiy-texnik baza va infratuzilmani shakllantirish; Jismoniy tarbiya O‘zbekiston Respublikasi xalqlari milliy madaniyatining ajralmas qismi, jismoniy va ma’naviy kamolotning muhim vositasi bo‘lib, 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4881-son qarori Kurash milliy sport turini 2025- yilgacha yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasi 4 O‘zbekiston Respublikasining xalqlari o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot ishiga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi” qonunida (2015) Inson o‘z manfaatlari yo‘lida ertasini o‘ylamay tabiatga ham, o‘ziga ham taxminan kelajak xozirlamoqda: Suv, atmasfera, yer, tuproq, zaharli moddalar miqdori to‘lib bormoqda. Salomatlikka zararli moddalar miqdori oshmoqda. Radiaktiv moddalar ko‘paymoqda. Bu jarayonda butun jonli mavjudod, jumladan inson nasli ham buzilishi tabiiy. Binobarin, sog‘lom nasl uchun jismoniy tarbiyani yangi bosqichga ko‘tarish zarur. Insonparvarlikka qaratilgan tibbiyot inson salomatligi yo‘lida asrlar osha xizmat qilib kelmoqda. Ammo shunisi g‘alatiki, o‘z sog‘ligini saqlashga intilgan jismoniy tarbiya bilan muntazam va samarali shug‘ullangan shaxslar bir chetda qolib, salomatligiga beparvolik bilan qarab, uni yemirayotgan irodasiz odamlar rag‘batlantiriladi. Xususan, bundaylarga kasallik varaqasi berilib, yuz foiz “mehnat” haqi to‘lanadi. 2 Download 484.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling