Termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti sport boshqaruvi kafedrasi


II BОB. MURABBIYNING FAOLIYATIGA TA’SIR ETUVCHI PEDAGOGIK PSIXOLOGIK OMILLAR


Download 68.58 Kb.
bet5/8
Sana27.12.2022
Hajmi68.58 Kb.
#1067767
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yulduz (3)

II BОB. MURABBIYNING FAOLIYATIGA TA’SIR ETUVCHI PEDAGOGIK PSIXOLOGIK OMILLAR
2.1-§ Murabbiyning hozirgi va istiqboldagi faoliyatidagi vazifalar
Boshqaruvchi ta’sirlar — murabbiylar uchun eng murakkab va yechimi qiyin bo‘lgan omillardan hisoblanadi. Bunda murabbiylar ning pedagogik-psixologik mahorati va tajribasi bilan bog‘liq masalalar ko‘p.
Murabbiylar oldida kurashchilarni tayyorlash mashg'ulotlarini tashkillashtirishda ijobiy va salbiy omillar vujudga kelishi mumkin.
Bu omillar — tashqi muhit va ijtimoiy sharoit, mashg‘ulotning yo‘nalishi, raqiblar soni, mashg‘ulotning vositalari, mashg‘ulotning noan’anaviy vositalari, tiklanish vositalari, yunonrim kurashchisining gigiyenasi, ovqatlanish sistemasi, tarbiyaviy va psixologik yo‘naltiruvchi tadbirlar, ta ’sir etuvchi subyektiv yo‘naltiruvchilar, kurashchining etikasi va estetikasi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib murabbiyning pedagogikpsixologik tayyorgarligiga ta’sir etuvchi tomonlardan biri — bu mashg'ulot jarayonini olib borish va tashkillashtirishdir.
Mashg‘ulot jarayoni, ya’ni o‘quv jarayoni o'quvchiga qanchalik qiziqarli va foydali ta ’sir etsagina, uning kurash turlariga qiziqishi ortadi, shug‘ullanishni yarim yo‘lda (bir yoki ikki yil) tashlab ketish holatlari uchramaydi. Sababi, ular kurash turlari bilan ta’lim muassasalaridagi darsdan tashqari va ko‘ngilli shug'ullanadilar. Bu o‘z navbatida, murabbiyning o‘quv jarayonini tashkillashtirishda har doim qayta va qayta ko‘rib chiqishni majbur etadi.
Hozirgi paytda mazkur muammoni hal qilish uchun pedagogik texnologiyalarni mukammal usullarini ishlab chiqish asosida darsni tashkil etish zarur bo‘lib qolmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida, ilg'or pedagogik texnologiyalarni o‘rganib, ularni o‘quv muassasalarimizga olib kirish zarurligi uqtirilgan.
Keyingi o‘n yillar ichida yaratilgan, pedagogikaga bag‘ishlangan adabiyotlarda “Pedagogik texnologiya”, “Yangi pedagogic texnologiya”, “Ilg‘or pedagogic texnologiya”, “Progressiv pedagogic texnologiya” kabi tushunchalar ko‘p.
Ularning barchasi sinf xonasidagi va auditoriyadagi ma’ruza, seminar va uslubiy shakldagi darslarga mo‘ljallangan. Lekin sport zallaridagi va kurash gilamidagi darslarga mo'ljallanmagan. Sinf xonasidagi dars bilan sport zalidagi darsning farqi, birinchi navbatda, funksional va fiziologik jihatlar bilan ajralib turadi. Sinfdagi darsda o'quvchilarning yurak urishi 1 minutda tahminan 70-80 marta bo‘lsa, sport zalidagi darsda esa 1 minutda taxminan 70 martadan boshlab, hattoki, ayrim vazifalarni bajarishda 180-200 martagacha o‘zgaradi.
Albatta, bunday jihatlami hisobga olmay, ko‘r-ko‘rona dars o‘tish yoki sinf xonalariga mo‘ljallangan pedagogik texnologiyalarni sport zallarida qo‘llash har doim ham samara beravermaydi. Respublikamizning pedagogik olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan hamda O‘zbekistonning ijtimoiy- pedagogik sharoitiga moslashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va ularni ta’lim tarbiya amaliyotida qo‘llashga intilmoqdalar.
Ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish ilmiy muammo sifatida maxsus tadqiqotlar olib borishni ko‘zda tutadi. Shu bilan birgalikda, murabbiylar quyidagi vazifalarni o‘z oldiga qo‘ygandagina darsni to‘g‘ri tashkillashtirgan bo‘lur edi:
1. Dars o'tkazish texnologiyalarini ilmiy ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish uchun ijtimoiy-pedagogik asoslar mavjudligini aniqlash.
2. Dars o'tkazish majmui sifatida nimani anglatishi va qanday tarkibiy qismlardan tashkil topganligini belgilash.
3. Dars texnologiyasining funksional majmui jarayon sifatida nimalardan iboratligini aniqlash.
4. Darsni o‘tkazish texnologiyalari “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” maqsadlariga qay darajada to‘g‘ri kelishi va uni baholash mumkinligini ko‘rsatib berish.
5. Pedagogik texnologiyaning majmualar nazariyasining asosiy qonuniyatlariga mosligini nazoratda tutib turish yo‘l-yo‘rig‘ini ishlab chiqish.
Kurash bo'yicha mashg‘ulotning ilmiylik darajasi va bu parametrlar yordamida shug‘ullanuvchilar bilim sifatini baholash uchun o‘zlashtirish koeffitsienti kiritiladi. Shug‘ullanuvchilar tomonidan o‘quv dasturini qay darajada o‘zlashtirish ularning faoliyatiga bog‘liq. Faoliyat ko‘rsatma vositasida yoki ko‘rsatmasiz mustaqil ravishda bajariladi.
Mahsuldor faoliyat ma’lum pedagogic ko‘rsatmalar asosida tashkil etiladi, biroq bu yerda harakatlar ketma-ketligi, tartib qoidalari ayni vaziyatda yangilangan yoki hech kimga ma’lum bo‘lmagan usullar vositasida amalga oshadi.6
Kurashchilarda har 3-6 oyda o‘zlashtirish koeffitsientini aniqlash me’yoriy test mashqlari yordamida aniqlanadi. Test — bu biror-bir faoliyatni bajarish uchun ma’lum darajadagi bilimni egallashga qaratilgan topshiriqlardir.
Testning to‘g‘ri bajarilganligini o‘lchash va baholash maqsadida har bir testga ekspert uslubi yordamida etalon ishlab chiqiladi. Etalon yordamida test mashqlarini bajarishga olib keladigan jiddiy amallar ko'rsatkichini (R) aniqlash qiyin emas.
Shug‘ullanuv chining test mashqini bajarish etaloni bilan solishtirilgach, test mashqining sifatli bajarilganligi to‘g‘risida tegishli xulosaga kelinadi va aniq bajarilgan amallar ko'rsatkichi (a) yordamida o'zlashtirish koeffitsienti aniqlanadi:

Ka ni aniqlash o‘zlashtirish sifatini o'lchash amali hisoblanadi. 0 ‘zlashtirish koeffitsienti me’yorlanadi (00,7 miqdorda bo‘lsa, mashg'ulot jarayonini samarali deyish mumkin, chunki shug‘ul!anuvcbining keying faoliyati o‘z biliinlarini mustaqil takomillashtirishga qodir bo'ladi. Agar shug'ullanuvchilaming o'zlashtirish koeffitsienti Ka<0,7 bo'lsa, keyingi faoliyatlarida xatoliklarga yo'l qo'yadilar va ularni tuzatishga qurbi va qobiliyatlari yetishmaydi.


Murabbiy faoliyati shug'ullanuvchilarga bilim berish hamda bilimlaming egallanish jarayoni, harakat malakalari va ko'nikmalarining shakllanishini boshqarib turishga qaratilgan. Shut ma’noda mashg'ulotning har bir amali murabbiyning mashg'ulot! Jarayonidagi yetakchilik qilish ahamiyati tamoyilini amalga oshiradi. Murabbiyning yetakchilik aliamiyatini tahlil qilishni ketma-ket,)’ uning mashg'ulot jarayonidagi harakatlarini quyidagi bo'limlar bo'yicha ko'rib chiqish orqali bajarish mumkin:
- mashg'ulot maqsadini aniqlash;
- mashg'ulotning xususiy vazifalari tizimini aniqlash;
- o'quvchilar tayyorgarligining boshlang'ich darajasini aniqlash;
- mashg'ulot mezonlarini aniqlash;
- o'zlashtirishni baholash uslublarini aniqlash;
- mashg'ulot strategiyasini aniqlash;
- zarur jihozlarni tayyorlash;
- o'quv qo'llanmasi va inventarlarni tayyorlash;
- mashg'ulotni butunligicha va elementlari bo'yicha baholash
- mashg'ulotga zarur hollarda tuzatishlar kiritish.
Yuqorida ochib berilgan mashg'ulotning hamma tamoyillari birbiri bilan o'zaro bog'liq bo'lib, mashg'ulot . jarayonida birga qo'llanilishi mumkin.
O'quv jarayonida ularning birontasi buzilsa, boshqasini amalga oshirish qiyinlashadi.
Murabbiy hamma tamoyillarni yaxlit holda qo'llagan taqdirdagina o'qitishda yuqori natijalarga erishishi mumkin. Tezlik mashqlarini yengillashtirilgan sharоitda bajarish harakat tezligini оshiradi. Bunga hоlatlarga quyidagi harakatlar, misоl bо‘la оladi: velоsipedni pastlikka qarab haydash, g‘ildirakli kоnkida uchish, shamоl bо‘ylab yugurish, оqim bо‘ylab suzish va x.k.
Mashq bajarishni yengillashtiruvchi maxsus qurilma yuguruvchiga, eshkak eshuvchiga tezlikni 5-20% оshirishiga yоrdam beradi. Shuningdek, harakat tezligini оshirishga yetakchi sheriklarning chaqiruvi, оvоzi yоrdamida ham erishish mumkin.7
Amaliyоtda tezlik qоbiliyati kо‘p bо‘lgani bilan spоrt natijalari о‘sishi hоlati kamayib ketgan spоrt turlarini ham uchratish mumkin.
Mashg‘ulоtlar bilan kо‘p shug‘ullansa ham, sprinterning mashqlari natijasi yaxshilanmasdan, tezlik tо‘sig‘i paydо bо‘lgan. Buning birdan-bir sababi mashg‘ulоtlarda faqat bir xil vоsitalardan, usullardan, vazifalardan va mashg‘ulоt sharоitlaridan fоydalanishdir. Natijada, dinamik harakatning stereоtipi paydо bо‘ladi, ya’ni bоsh miyaning yarim sharidagi asab jarayоnlarini chidamli bо‘lishiga sabab bо‘ladi.
Shuning uchun tezlik qоbiliyatlarini rivоjlantirishning muhim vazifalaridan biri tezlik tо‘sig‘ini paydо bо‘lishining оldini оlish, agar u paydо bо‘lgan bо‘lsa ham uni yengib о‘tishdir. «Tezlik tо‘sig‘ini» yengishda yangi о‘rganuvchi spоrtchilarga tоr dоiradagi mashqlarni berish kerak emas, balki keng variativli bоshqa vоsitalarni qо‘llab, yuqоri natijalarni qо‘lga kiritish lоzim.
Malakali spоrtchilar bilan о‘tkazilgan mashg‘ulоtlarda mashq vazifalarining xajmi kamaytirilib, tezlik-kuch, umumiy tayyоrgarlik, maxsus tayyоrgarlik tоmоnlari kuchaytirildi.
Tezlik tо‘sig‘ini yengishda yengillashtirilgan sharоit yaratiladi, shundagina spоrtchi yuqоri tezlikni оshirishga о‘zini tayyоrlaydi va natijalarga оdatdagi sharоitlarda ham erishadi.



Download 68.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling