Termiz davlat universiteti tabiiyfanlar fakulteti
Download 1.63 Mb.
|
Aliyev shahzod
Kenglik zonalligi Quyosh nurlari tushish burchagining o‘zgarishi hisobiga tabiat komponentlari va geotizimlarning ekvatordan qutblarga tomon qonuniy o‘zgarib borishi.Geografik qobiqning eng yirik zonal birliklari iqlim (geografik) mintaqalardir. Ularning ichida issiqlik va namlik nisbatiga bog‘liq holda tabiat (geografik) zonalari ajratiladi.Tabiat zonalari – geografik qobiqning iqlim mintaqalari doirasida, asosan, issiqlik bilan namlik miqdori va nisbatiga qarab muayyan tartibda qonuniy almashinib boradigan geotizimlar. Har bir tabiat zonasida o‘ziga xos tuproqlar, o‘simliklar va hayvonlar tarqalgan bo‘ladi. Shuningdek, Yerning tashqi kuchlari bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy jarayonlar – nurash, eroziya, deflyasiya, ekzaratsiya va h.k.lar ham tabiat zonalari bo‘yicha farq qiladi.Geografik qobiqning eng yirik zonal birliklari iqlim (geografik) mintaqalardir. Ularning ichida issiqlik va namlik nisbatiga bog‘liq holda tabiat (geografik) zonalari ajratiladi.Tabiat zonalari geografik qobiqning iqlim mintaqalari doirasida, asosan, issiqlik bilan namlik miqdori va nisbatiga qarab muayyan tartibda qonuniy almashinib boradigan geotizimlar. Har bir tabiat zonasida o‘ziga xos tuproqlar, o‘simliklar va hayvonlar tarqalgan bo‘ladi. Shuningdek, Yerning tashqi kuchlari bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy jarayonlar va nurash, eroziya, deflyasiya, ekzaratsiya va h.k.lar ham tabiat zonalari bo‘yicha farq qiladi.Har bir tabiat zonasida o‘ziga xos iqlim, tuproq, o‘simlik va hayvonot olami, hattoki tabiiy geografik jarayonlar shakllangan bo‘lib, inson xo‘jalik faoliyatiga, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi va qurilishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Issiq o‘lkalarda paxta, uzum, issiq va nam o‘lkalarda kofe, sitrus mevalar, choy, sholi, salqin o‘lkalarda bug‘doy, arpa, sovuq o‘lkalarda esa, faqatgina issiqxonalarda sabzavot va ko‘katlar, gullar yetishtiriladi. Bino va inshootlar, ayniqsa, turarjoy binolarining arxitekturasi, ishlatiladigan qurilish materiali turli tabiat zonalarida bir-biridan farq qiladi.
Sektorlik quruqlik ichkarisiga tomon okeanlardan uzoqlashgan sari iqlim xususiyatlarining o‘zgarishi hisobiga tabiat komponentlari va geotizimlarning o‘zgarib borishi. Sektorlik quruqliklarda iqlim mintaqalarining ichida iqlim tiplari ning ajratilishida aniq namoyon bo‘ladi. Masalan, mo‘tadil iqlim mintaqasida quruqlikda dengiz, mo‘tadil kontinental, keskin kontinental va musson iqlim o‘lkalari shakllangan. Bu esa tuproq-o‘simlik qoplami va, umuman, tabiat,zonalarida ham aks etgan. Iqlim o‘lkalariga bog‘liq holda aralash va keng bargli o‘rmonlar, o‘rmon-dasht va dashtlar, chalacho‘llar va cho‘llar, musson o‘rmonlari tabiat zonalari shakllangan. Iqlim o‘lkalarining xususiyatiga monand aralash va keng bargli o‘rmonlar hamda musson o‘rmonlari meridional yo‘nalishda, o‘rmon-dasht va dashtlar hamda chalacho‘llar va cho‘llar esa kenglik bo‘ylab cho‘zilgan. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling