Termiz davlat universiteti tadqiqotchisi Suyunov Dilshod Abdullayevichning “O‘quvchilarda ekologik tafakkurni shakllantirishda O‘rta Osiyo mutafakkirlari merosidan foydalanish metodikasi (boshlang‘ich sinflar misolida)” mavzusidagi
Download 98.5 Kb.
|
TAQRIZ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Termiz davlat universiteti
Termiz davlat universiteti tadqiqotchisi Suyunov Dilshod Abdullayevichning “O‘quvchilarda ekologik tafakkurni shakllantirishda O‘rta Osiyo mutafakkirlari merosidan foydalanish metodikasi (boshlang‘ich sinflar misolida)” mavzusidagi 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi va avtoreferatiga TAQRIZ O‘rta Osiyo mutafakkirlari merosidan foydalanish masalalari respublikamiz olimlari oldida turgan dolzarb masala ekanligi barchaga yaxshi ma’lum. Bunday turdagi dolzarb masalada, ayrim hollarda ekologik ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq muammolar aralashuvini ham inobatga olish zarur. Jahonda ekologik fojialarning oldini olishning birdan-bir yo‘li tabiatni muhofaza qilish, barcha tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishdir. Ammo, har bir o‘quvchi qalbiga ekologik tafakkurni shakllantirmay turib, bu borada kutilgan natijalarga erishish qiyin. O‘quvchilar ongiga tabiatning o‘z qonun-qoidalari mavjudligini tabiatdagi barcha hodisalar, o‘zgarishlar bir-biri bilan bog‘liqligini, umuman, insonning tabiatga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishi lozimligi haqidagi tasavvurlarni singdirish, shubhasiz muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda milliy qadriyatlar, boy madaniy merosga asoslangan milliy ma’naviyatning yuksalishiga alohida e’tibor qaratilib, o‘quvchilarni globallashuv davrining eng muhim muammolaridan biri - ekologik xavfni bartaraf etishda kurashishga imkon beruvchi bilimlar bilan qurollantirish muhim ustuvor vazifa sifatida, davlat hujjatlarida aks etmoqda. Shu maqsadda tubdan yangilangan me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida boshlang‘ich ta’limda o‘quvchi ekologik tafakkurini shakllantirishda O‘rta Osiyo mutafakkirlari merosidan foydalanish pedagogika fani oldida turgan muammo ekanini tadqiq qilish jarayoni tadqiqotchi Suyunov Dilshod Abdullayevichning “O‘quvchilarda ekologik tafakkurni shakllantirishda O‘rta Osiyo mutafakkirlari merosidan foydalanish metodikasi (boshlang‘ich sinflar misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishida tahlilga olinadi. Dissertatsiyada O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ma’naviy merosi tarix, filologiya, psixologiya va pedagog olimlar ishlari orqali tadqiq etiladi. Tadqiqotda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirishda O‘rta Osiyo mutafakkirlari merosidan foydalanishning metodik jihatdan maqsadga muvofiqligini aniqlash va ularni amalga oshirishda zamonaviy shakl, metod va vositalardan foydalanish masalasi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotni amalga oshirish bosqichlarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirishda O‘rta Osiyo mutafakkirlari merosidan foydalanish komponentlarini aniqlash; boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirishda O‘rta Osiyo mutafakkirlari merosidan foydalanishning nazariy asoslari, shakl, metod va vositalarini belgilab olish; boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirishda ijtimoiy-madaniy va pragmatik tarkibiy qismlarini ta’limga an’anaviy va integrativ yondashuvlar bo‘yicha o‘quvchilarning qiziqishlari va ijtimoiy-kommunikativ, o‘quv faoliyati hamda xalqaro tadqiqotga asosanlangan holda, bilim berish, mulohaza yuritish, munosabat bildirish, bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirishda O‘rta Osiyo mutafakkirlari merosidan foydalanishga doir hamda o‘tkazilgan tajriba-sinov natijalariga tayangan holda tavsiyalar ishlab chiqilgan. Dissertatsiyada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirishda O‘rta Osiyo mutafakkirlari merosidan foydalanish komponentlari (tashkiliy, mazmun, faoliyatli, natija) va mutafakkirlar merosidan foydalanishga oid o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalari holati o‘rganilgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirishda O‘rta Osiyo mutafakkirlari merosidan foydalanish nazariyasini amaliyotga tadbiq etish, unda ekologik ta’lim-tarbiya masalalari, o‘quvchilarning atrof-muhitga munosabati, ularning xususiyatlari, ekotizim unsurlarining o‘zaro uzviy bog‘liqligi, tabiat hodisalari, atrof-muhitning ular yashab o‘tgan davrlardagi holati va u bilan bog‘liq xronologik masalalarga aniqlik kiritilgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirishda ijtimoiy-madaniy va pragmatik tarkibiy qismlarini ta’limga an’anaviy va integrativ yondashuvlar bo‘yicha o‘quvchilarning qiziqishlari va ijtimoiy-kommunikativ, o‘quv faoliyati hamda o‘z-o‘zini rivojlantirish motivlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirish yuzasidan tadqiqot ishida takliflar mavjud. Dissertatsiya ishida umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirishda O‘rta Osiyo mutafakkirlari merosidan foydalanish samaradorligini tashxislash vositasini tanlashda metodik xususiyatlarni tavsiflash va rivojlanish natijalarini bashoratlash, kelib chiqadigan sifat o‘zgarishlarni baholash orqali samaradorlikni ta’minlash ilmiy jihatdan asoslangan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirishda O‘rta Osiyo mutafakkirlari merosidan foydalanishga xizmat qiladigan zamonaviy moslashtirilgan darslar tashkil qilish orqali o‘quvchilar bilan bahs-munozara kechalari o‘tkazish, sinflararo ko‘rik tanlov va musobaqalar o‘tkazish, savol-javob soatlari uyushtirish va o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar tashkil etilgan. Dissertatsiyaning “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirishda O‘rta Osiyo mutafakkirlari merosidan foydalanishning nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida O‘rta Osiyo mutafakkirlari qoldirgan ekologik meroslarini o‘quvchilar ongiga singdirish, ularni ekologik bilimlar bilan qurollantirish, tabiatga nisbatan axloqiy-estetik, oqilona ekologik hatti-harakatlar jarayonida o‘quvchi ekologik tafakkurini shakllantirish jihatlari yoritilgan. Dissertatsiyaning “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirishda o‘rta osiyo mutafakkirlari merosidan foydalanish texnologiyasi” deb nomlangan ikkinchi bobida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ekologiyaga oid dastlabki bilimlar, tabiiy fanlarni o‘qitishda, bevosita tabiiy muhit bilan bog‘langan tushunchalarni o‘zida ifodalagan holda berilgan. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirishda O‘rta Osiyo mutafakkirlari merosidan foydalanishga oid g‘oyalari asosida tarbiyalanganlik darajasi tizimini aniqlashga harakat qilingan. Dissertatsiyaning “Pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va uning natijalari” deb nomlangan uchinchi bobida tajriba-sinov ishlarining mazmuni va mohiyati; boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirishda O‘rta Osiyo mutafakkirlari merosidan foydalanish bo‘yicha o‘zlashtirganlik darajasi va ularning matematik-statistik tahlili keltirilgan. Shu bilan bir qatorda, tadqiqot o‘tkazilishi yuzasidan quyidagi fikrlarni qisqacha e’tirof etish ham lozim bo‘ladi: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirishda O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ekologiyaga oid g‘oyalari o‘quv jarayonida o‘z aksini topgan. Mazkur qarashlarda tabiatning insoniyat hayotidagi o‘rni, ijtimoiy munosabatlarni tashkil etishdagi ahamiyati, insonning tabiatga, shuningdek, atrof-muhitga munosabati, muhim geografik ob’ektlar, ularning xususiyatlari, ekotizim unsurlarining o‘zaro uzviy bog‘liqligi, tabiat hodisalari, atrof-muhitning ular yashab o‘tgan davrlardagi holati aniqlangan. O‘rta Osiyo mutafakkirlari merosida yoritilgan ekologiyaga oid qarashlar o‘z mohiyati va mazmuniga ko‘ra boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitishda, puxta bilimlarni berishda o‘ziga xos ahamiyat kasb etishi va tabiiy fanlarni o‘qitishda O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ekologiyaga oid meroslaridan samarali foydalanish esa boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining xabardorligi va dars jarayonida ulardan maqsadga muvofiq foydalana olishlariga bog‘liqligi tahlil etilgan. Boshlang‘ich sinflarda O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ekologiyaga oid meroslaridan samarali, maqsadga muvofiq foydalanish imkoniyatlari mavjudligi aniqlandi. Ushbu didaktik materiallar asosida tashkil etilgan darslarning texnologik yondashuv asosida muayyan loyihalarni tayyorlash va ularning belgilangan tartibda tashkil etilishi ilmiy jihatdan asoslangan. Bevosita tajriba-sinov ishlarining borishini tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar ekologik tafakkurini shakllantirish jarayoni darslarda bevosita tabiat bilan bog‘langan, ko‘rgazmali darslar sonini oshirishga ahamiyat qaratish zarurligi o‘quv amaliyotida ilmiy jihatdan o‘z aksini topishi masalasi ilmiy tahlil etilgan. Boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitishda O‘rta Osiyo mutafakkirlari meroslaridan foydalanishga oid yaratilgan o‘quv vositalari, zamonaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan metodlardan samarali foydalanish, dars davomida ekologik suhbat, mustaqil fikrlash kabi metodlardan samarali foydalanish o‘quvchilarning tabiiy fanlarga bo‘lgan qiziqishlariga zamin yaratib, natijada, o‘quvchilar ekologik tafakkuri rivojlanishi yuzasidan isbot sifatida mutaxassislar fikri bayon qilingan. Tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilinishi yuzasidan yuqori turuvchi tashkilotlarning ma’lumotlari to‘plangan va erishilgan samaradorlik yuzasidan tegishli xulosalar bayon etilgan. Tadqiqot olib borilishi davomida olingan natijalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda, chet el jurnallarida tadqiqotchi tomonidan maqolalar, konferensiya va to‘plamlarda tezislar e’lon qilinib, aprabatsiya jarayoni o‘tkazilgan. Shu bilan birgalikda, tadqiqot ishida ayrim kamchiliklar mavjud: Birinchidan, tadqiqot ishining kirish qismidagi “muammoning o‘rganilganlik darajasi” bandini qayta ko‘rib chiqish lozim. Sababi unda keltirilgan mutaxassis va olimlarning familiyalari tadqiqot mavzusi hamda yo‘nalishiga mos kelmaydi, ya’ni noto‘g‘ri berilgan. Ikkinchidan, tadqiqotning “Xulosa” qismida ayrim jumlalar va fikrlar takroran keltirilgan. Ushbu qismni qayta tahrir etish zarur. Uchinchidan, tadqiqotning “Tavsiyalar” qismi 4 banddan iborat bo‘lib, mazkur qismning ikkinchi va uchinchi bandlarida berilgan tavsiyalar yaqqol dissertatsiya natijalarini o‘zida aks ettirmaydi hamda chora-tadbir belgilash bilan bog‘liq bo‘lib qolgan. Ushbu bandlardagi tavsiyalarni qayta tahrir etish zarur. To‘rtinchidan, grammatik, stilistik va texnik talablar jihatidan dissertatsiya ishini tahrir etish lozim. Mazkur kamchiliklar dissertatsiya ishining ilmiy mazmuni va maqsadlariga tavsiya etmaydi. Umuman olganda, tadqiqotchi Suyunov Dilshod Abdullayevichning “O‘quvchilarda ekologik tafakkurni shakllantirishda O‘rta Osiyo mutafakkirlari merosidan foydalanish metodikasi (boshlang‘ich sinflar misolida)” mavzusidagi 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishi yakunlangan, mustaqil tadqiqot ishi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAKning dissertatsiya yozish talablariga javob beradi hamda mazkur tadqiqot ishini himoyaga tavsiya etish mumkin, deb hisoblayman. Termiz davlat universiteti Pedagogika va ijtimoiy ish kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi A.E.Kenjaboyev Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent A.E.Kenjaboyevning imzosini tasdiqlayman. Termiz davlat universiteti Kadrlar bo‘limi boshlig‘i B.Djo’rayeva Download 98.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling