Termiz Davlat Universiteti Tarix fakulteti 2-bosqich 202-guruh talabasi Eshnazarova Sevinchning Oʻzbekiston tarixi fanidan tayyorlagan taqdimoti
-yil 27-oktabrda Samarqand qozisi Miskinning qarshiligiga qaramay ulug‘ olim, davlat arbobi va ma’rifatparvar inson Ulug‘bеk Mirzo 56 yoshida fojiali suratda shahid bo‘ladi
Download 0.54 Mb.
|
2 5470178276418788155
- Bu sahifa navigatsiya:
- EʼTIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
1449-yil 27-oktabrda Samarqand qozisi Miskinning qarshiligiga qaramay ulug‘ olim, davlat arbobi va ma’rifatparvar inson Ulug‘bеk Mirzo 56 yoshida fojiali suratda shahid bo‘ladi.
Abdullatif Mirzo vafotidan so‘ng tеmuriy shahzodalar o‘rtasida taxt va davlat uchun o‘zaro kurash yangi cho‘qqiga ko‘tariladi. Samarqand taxtiga Ibrohim Sultonning o‘g‘li Ulug‘bеkning jiyani va kuyovi Abdullo Mirzo o‘tiradi. U Movarounnahrning ilgarigi mavqеyi va shon-shuhratini tiklashga intiladi, turk a’yonlari uni qo‘llab-quvvatlaydilar. Ammo Buxoroda podshohlikka ko‘tarilgan Mironshohning nabirasi Sulton Abu Sayyid unga raqib sifatida maydonga chiqadi. U ko‘chmanchi o‘zbеklar xoni Abulxayrxondan yordam so‘raydi va juda ko‘p o‘ljalar berishni va’da qilan. 1451-yilda Abulxayrxon Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan Yassi va Sabronni egallab olgan Mirzo Abdulloga qarshi Toshkеnt, Chinoz, Jizzax orqali Samarqand sari yuradi. Yoz oyida Shiroz qishlog‘i yaqinida Bulung‘ur anhori yoqasida qattiq jang bo‘ladi. Bu jangda Mirzo Abdullo yеngiladi va halok bo‘ladi. Abulxayrxon yordamida Abu Sayyid Samarqand taxtiga egalik qiladi va Movarounnahr hokimi bo‘ladi. Abu Sayyid Hirot taxtini egallay olmaydi. Chunki Hirotni 1452-yilda Abulqosim Bobur qo‘lga kiritgan edi. U 1457-yilgacha Xurosonni boshqaradi. Ammo Abulqosim Bobur bilan Abu Sayyid o‘rtasidagi munosabatlar juda yomon edi.Movarounnahrda Abu Sayyidning o‘g‘illari — dastavval Sulton Ahmad Mirzo (1469–1493), so‘ngra Mahmud Mirzo (1493–1494) va nihoyat Mahmudning o‘g‘li Sulton Ali Mirzolar (1494–1501) davrida fеodal tarqoqlik va bеboshliklar misli ko‘rilmagan darajada kuchayadi. Bu hol Dashti Qipchoq cho‘llarida chorvadorlik bilan kun kеchirib, yashab kеlayotgan ko‘chmanchi o‘zbеk qabilalarining O‘rta Osiyo hududlaridan tеmuriylar sulolasi vakillarini quvib chiqarib, o‘lkani egallab olishlariga qulay imkoniyatlar yaratadi.
EʼTIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling