O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TEXNIKA FAKULTETI
KIMYO KAFEDRASI
ORGANIK KIMYO
FANIDAN
«KIMYOVIY TEXNOLOGIYA» TA’LIM YO’NALISHI II BOSQICH TALABALARI UCHUN
LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISH UCHUN
U S L U B I Y K O’ R S A T M A
TERMIZ-2015
ANNOTATSIYA
Ushbu uslubiy qo’llanma “Umumiy kimyo” kursining “Organik” kimyo bo’limi bo’yicha laboratoriya ishlarini bajarishga mo’ljallangan bo’lib, “Kimyoviy texnologiya” yo’nalishi talabalari uchun tavsiya etiladi.
Unda har bir laboratoriya ishi uchun ishni bajarish tartibi, kerakli reaktivlar ro’yxati va nazorat savollari berilgan.
Uslubiy qo’llanma talabalarning “Organik kimyo” kursi bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni chuqur egallashda hamda mustaqil ishlashlari uchun yordam beradi.
Tuzuvchilar: k.o’qit. Kenjayev D.R.
o’qit. Geldiyev Yu.A.
Taqrizchilar: dots. Aliqulov R.V.
k.f.n. Allaberdiyev F.X.
Kimyo kafedrasining 2015 yil __avgustdagi ___-sonli yig’ilishida muhokama qilingan va foydalanishga tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: k.f.n. dots. Aliqulov R.V.
Mazkur uslubiy qo’llanma TerDU Texnika fakulteti ilmiy kengashining 2015 yil __avgustdagi ___-sonli yig’ilishida muhokama qilingan va foydalanishga tavsiya etilgan.
Fakultet dekani, Ilmiy kengash raisi: prof. To’rayev X.X.
Mazkur uslubiy qo’llanma TerDU Ilmiy Kengashining 2015 yil __avgustdagi ___-sonli yig’ilishida foydalanishga tavsiya etilgan.
K I R I S H
Talabalar hozirgi zamon fan asoslari to’g’risidagi bilimlar bilan qurollantirish bizning kollej, akademik litsey va institutlarning eng mugim vazifasidir.
Hozirgi zamon fan asoslarining mazmuni butun maktab, kasb- hunar kolleji, akademik litsey va institutlarimizni g’oyaviy- siyosiy yo’li bilan belgilanadi.
Ushbu uslubiy qo’llanma pedagogika institutlari va kollej talabalari uchun davlat o’quv dasturi asosida yozilgan bo’lib, bunda to’yingan uglevodorodlar, to’yinmagan uglevodorodlar, spirtlar, organik kislotalar, aldegid va ketonlar, uglevodlar, aminlar sinflariga oid tajribalar berilgan.
Bu uslubiy qo’llanmada asosan eng muhim va kerakli tajribalar saralab olingan. Bajarilishi oson va soddaroq tajribalar talabalarda tajribalarni mustaqil ravishda bajarishga bo’lgan qiziqishini uyg’otadi. Bundan tashqari ular bunday tajribalarni bajarishi orqali organik moddalarni turli sinflariga xos funksional guruhlarning xususiyatlari bilan yaqindan tanishadi. Bularning, barchasi talabalarda ma’ruza darslaridan olingan nazariy bilimni mustahkamlashiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |