Termiz davlat universiteti texnika fakulteti kimyo kafedrasi
Download 388.5 Kb.
|
Laboratoriya qo\'llanmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-Tajriba ishi. Mavzu: Asetilenning olinishi va uchbog’ga sifat reaksiyasi. Ishning maqsadi
- Asbob va jihozlar
Nazorat savollari
Alkenlarga qanday reaksiyalar xos? Quyidagi uglevodorodlarning tuzilish formulalarini yozing, ratsional nomenklatura bo‘yicha nomlang va sintez qiling. a) 2,2,5,5 -tetrametilgeksen-3; b) 2-metil-3,4-dietilgeksen-3. Penten-1 HBr bilan peroksid ishtirokida reaksiyaga kirishsa qanday birikma hosil bo‘ladi? Reaksiya mexanizmini yozing. S5N12O tarkibli spirt degidratlanishidan hosil bo‘lgan alken ozonlanganda chumoli alьdegidi va butanon hosil bo‘ladi. Spirtning va alkenning tuzilish formulalarini yozing. Izopren, 2,3-dimetilbutadien-1,3larni sintez qiling va ozonlash reaksiyalarini yozing. Hosil bo‘lgan moddalarni nomlang. 5-Tajriba ishi. Mavzu: Asetilenning olinishi va uchbog’ga sifat reaksiyasi. Ishning maqsadi: Atsetilenning olinishi va xossalariga xos reaksiyalarni amalda bajarish. Uchbog’ga sifat reaksiyani bajarish. Reaktivlar: Kalsiy karbid, konsentrlangan sulfat kislota, alyuminiy oksidi, bromli suv, kaliy permanganat eritmasi, natriy karbonat, kumush nitratning ammiakdai eritmasi. Asbob va jihozlar: Probirka, gaz o’tkazuvchi nay, kristallizator, silindr, filtr qog’oz. 1- tajriba. Asetilenning olinishi va xossalari. No’xat kattaligidagi kalsiy karbid bo’laklaridan 3-4 donasini probirkaga solib, ustiga sulfat kislota (1:3) eritmasidan 2-3 ml quyiladi.Probirkaning og’zi gaz o’tkazgich nay o’rnatilgan tiqin bilan tezda berkitiladi. Bunda quyidagi reaksiya natijasida asetilen ajralib chiqadi: CaC2 + 2H2O CHCH + Ca(OH)2 Asetilenning o’ziga xos xossalarini quyidagi tajribalar asosida o’rganish mumkin: a). Asetilenning bromli suv bilan elektrofil birikish reaksiyasi. Oldindan probirkaga quyib qo’yilgan 2-3 ml bromli suv orqali hosil qilingan asetilen gazi otkaziladi. Bunda asetilen molekulasidagi - bog’lanishlarning uzilishi hisobiga asetilenga brom birikadi. Shuning uchun bromli suv rangsizlanadi: CHCH + Br2 HCBr= BrCH + Br2 HCBr2- CHBr2 b).Asetilenning KMnO4 ning suvli eritmasi bilan qulay sharoitda oksidlanish reaksiyasi (Vagner reaksiyasi). Probirkaga 1 ml KMnO4 eritmasidan solib, unga shuncha hajm Na2CO3 eritmasi qo’shiladi va aralashma orqali asetilen gazi o’tkaziladi. Bunda KMnO4 rangsizlanib, MnO2 ning qo’ng’ir rangli cho’kmasi hosil bo’ladi, asetilen esa kislorodli organic moddalargacha oksidlanadi: CHCH + 2 KMnO4 + H2O HCO-HCOH +2KOH + 2MnO2 v). Asetilenning yonish reaksiyasi. Gaz chiqarish nayining uchini tik holda ushlab, unga gugurt chaqib, asetilen yondiriladi. Asetilen tarkibida uglerod miqdori ko’proq bo’lganligi sababli, u dud hosil qilib yonishi kuzatiladi. g). Asetilenning o’rin olish reaksiyasi. Kumush asetilenid hosil bo’lishi. Probirkaga 0,5 % li AgNO3 ning suvdagi eritmasidan 2-3 tomchi solinadi. Unga 1-2 tomchi natriy ishqorining 10% li eritmasidan qo’shilsa, dastlab och-sariq rangli kumush gidrooksid cho’kmasi hosil bo’ladi va unga ammoniy gidroksidning konsentrlangan eritmasidan 2-3 tomchi ta’sir ettirilsa, hosil bo’lgan cho’kma erib ketadi: AgNO3 + NaOH AgOH + NaNO3 AgOH + 2NH4OH [Ag(NH3)2] OH + H2O Kumush gidroksidning ammiakli eritmasi orqali asetilen o’tkaziladi. Bunda qo’nqir rangli kumush asetilenid cho’kmasi hosil bo’ladi. Reaksiya quyidagi tenglama bo’yicha boradi: CHCH + 2[Ag(NH3)2] OH + H2O Ag-CC-Ag + 4NH4OH Download 388.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling