Termiz davlat universiteti Texnika fakulteti Kimyo ta`lim yo`nalishi 104-guruh talabasi qo’ldoshov sherxonning noorganik kimyo fanidan tayyorlagan kurs ishi Taqdimoti


Download 0.96 Mb.
Sana05.01.2022
Hajmi0.96 Mb.
#204210
Bog'liq
Temperament mavzusida slayt


Termiz davlat uneversiteti kimyo va texnalogiya fakulteti kimyo ta'lim yo'nalishi 301-guruh talabasi Qo'ldoshov Sherxonning temperament mavzusida tayyorlagan taqdimoti.

Har bir inson tarbiya mahsuli bo‘lish bilan birgalikda, tabiat tomonidan ato etilgan tug‘ma biologik xususiyatlarga ham ega. Mazkur biologik xususiyatlar fan tilida temperament deb ataladi. Temperamentga xos sifatlar keyinchalik taraqqiyot jarayonida shakllanadigan boshqa xususiyatlarga asos bo‘ladi. Ya’ni temperament — shaxs faoliyati va xulqining o‘zgaruvchan hamda emotsional-hissiy tomonlarini aks ettiruvchi individual xususiyatlar majmuidir.

1. Xolerik temperament. Bu temperamentdagi kishi biror narsaga qattiq kirishadi. Uning faoliyati, ko’chi, g’ayrati oshib ketadi. Arzimagan to’siqlikdan kuchli g’azablanadi. Natijada ruhi, g’ururi, rashki, qasos olish kayfiyati, izzat-nafsi oxirgi chegarasiga borib yetadi. U kam o’ylab, tez ishga kirishadi, o’zini hamma vaqt haqli deb xisoblaydi va o’z bilganidan qolmaydi, yo’l qo’ygan xatolarini bo’yniga olishi juda qiyin. Uning intilishlari, qiziqishlari barqaror, o’z qarorlarida qat’iy va mustahkam, emotsional holatlarining almashinishi juda sekin.

2. Sangvinik temperament. Bu temperamentdagi kishilarda huzur-halovat ko’rishga intilish kuchli, hissiyot tez qo’zg’aladi, lekin uzoqqa cho’zilmaydi. U o’zining ko’ngliga yoqqanini qiladi, boshqalar bilan tezda do’stlashadi, ammo mayli tez o’zgaradi, jahli tez chiqadi va tez qaytadi. Bu temperamentdagi shaxs va’da beradiyu, bajarishni unutib qo’yadi. Sangvinik har narsaga tez ishonaveradi, reja tuzadi, lekin tezda undan voz kechadi. Unga tasalli berish oson, u ochiq, shirin so’z, raxmdil, ulfatchilikni sevadigan, nafsoniyatni bilmaydigan shaxs.

3. Melanxolik temperament. Bu temperamentdagi shaxslar g’ussaga juda moyil bo’ladilar, oson xayajonlanadilar. Ulardagi noxush xislar yoqimli hislarga nisbatan tez sirtga tepadi va uzoq davom etadi. Melanxoliklar arzimagan narsadan xafa bo’ladilar. Ularning hayotida uchraydigan to’siqlar umidsiz, g’ayratsiz, qiyinchiliklardan qutulishga noqobil qilib qo’yadi, g’am-g’ussalari bosilmaydigan, g’amginlik alomatlari kuchli bo’ladi.

4. Flegmatik temperament. Bu temperamentdagi shaxs hissiyotga tez berilmaydi. Bu temperamentdagi shaxslar bosiq bo’lib, o’zini bemalol tuta oladi va buning uchun hech qanday jismoniy kuch sarf qilmaydi. Flegmatik temperamentdagi shaxslar jo’shqin va chuqur xissiyot ta’siriga berilmaydilar, o’z faoliyatlari uchun darhol qaror qabul qila olmaydilar. Ular og’ip, arz-holini hadeb aytavermaydigan, azob-uqubatlarni sekin o’tkazadigan, boshqalarning azob-uqubatlariga parvo qilmaydigan bo’ladilar.

E‘tiborimgiz uchun raxmat.


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling