Termiz davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm kafedrasi


Download 269 Kb.
bet2/11
Sana22.12.2022
Hajmi269 Kb.
#1043138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
AQSH KURS ISHI

Odatda, Turizm turizm tashkilotlari orqali turizm marshrutlari boʻyicha uyushtiriladi. Turizmning juda koʻp turlari va shakllari mavjud (ichki, xalqaro, havaskorlik turizmi, uyushgan turizm, yaqin joyga sayohat, uzoqqa sayohat, bilim saviyasini kengaytirish maqsadidagi turizm, toqqa chiqish, suv turizmi, avtoturizm, piyoda yuriladigan turizm, sport turizmi va boshqalar). Oʻzbekistonda turizm sohasiga rahbarlikni "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi (27-iyul 1992-yilda tuzilgan) olib boradi. Kompaniyaning asosiy vazifasi turizm infrastrukturasini rivojlantirish, chet el sarmoyasini jalb qilib zamonaviy turistik komplekslarni barpo etish, yangi turistik yoʻnalishlarni ishlab chiqish, xizmatlar doirasini kengaytirish va boshqalardan iborat.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 2018-yil 28-dekabrda qilgan murojaatnomasida bildirilgan takliflarni amalda tatbiq qilish maqsadida hamda 2017-2021 yillardagi “Harakatlar Strategiyasi’’da ham bu turizmni rivojlantirish vazifalari qo’yilgan.

Bugungi kunda dunyoning ko’pchilik davladlarida xalqaro va ichki turizmni rivojlantirishga harakat qilinyabti.Chunki Turizm davlatning tarixi va madaniyatini ko’rsatishgava yuksaltirishga ulkan hissa qo’shadigan soha hisoblanadi.




Kurs ishining obyekti;AQSHning turizm salohiyatini va geografik xususiyatlarini o’rganish



Kurs ishining predmeti: AQSHning turizm obyektlari va turizm turlarining umumiy tasnifi.

Kurs ishining maqsadi: AQSHning turizm imkoniyatlarini tahlil qilish va uning xususiyatlarini o’rganish.


Kurs ishining vazifalari:
AQSH turizmi haqida ushunchaga ega bo’lish.
AQSHning turistik resurslarining joylashuv xususiyatlarini o’rganish.
AQSHning geografik xususiyatini o’rganish.
AQSHning turizmi tarmoqlar tarkibini o’rganish.
AQSHda turizmning iqtisodiy ahamiyatiga baho berish;
Mazkur kurs ishi 30 betdan, III bob, 6 bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan. Kurs ishining birinchi bobida AQSHning geografik o’rni,aholisi,tabiiy sharoiti,resurslari va tarixi yoritib berilgan.Kurs ishining ikkinchi bobida asosan AQSHning sanoat tarmoqlari,qishloq xo’jaligi va tashqi aloqalari haqida gapirilgan.Kurs ishining uchinchi bobida esa AQSHning turistik resurslari va AQSHning jahon turizmida tutgan o’rni haqida so’z borgan.
Kurs ishining xulosa qismida maqsaddan kelib chiqan holda berilgan vazifalarni o’rganish, jadvallar, statistik ma’lumotlarni tahlil qilish orqali olingan natijalar yoritilgan.

Download 269 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling