Tayanch tushunchalar lug„ati:
Shaxs - konkret kishi, ya'ni, muayyan jamiyatning a'zosi bo‗lib, u psixologik jihatdan taraqqiy
etgan, o‗z xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadi.
Individ (lotincha ―individium‖) - bo‗linmas, alohida shaxs, yagona ma'nolarini anglatadi.
Individuallik - tarbiya jarayonini amalga oshirishda bolaning shaxsiy xususiyatlari va yashash
sharoitlarini chuqur bilish hamda hisobga olish.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‗sishida namoyon bo‗layotgan miqdor va sifat
o‗zgarishlarning mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Faoliyat - inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq o‗zgartirishga
yo‗naltirilgan ijtimoiy-tarixiy turmushning o‗ziga xos shakli.
Yosh xususiyatlari - muayyan bir yosh davriga xos bo‗lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va
psixologik xususiyatlar.
Ijtimoiylashuv –ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi asosida
shaxsning hayot va ishlab chiqarish jarayoniga moslashuvi bo‗lib, uzoq davom
etadigan murakkab jarayon.
Do'stlaringiz bilan baham: |