S2- SULFID IONINING ANALITIK REAKSIYALARI
Kumush nitrat bilan reaksiyasi. Kumush nitrat natriy yoki ammoniy sulfid bilan Ag2S qora cho‘kmasini hosil qiladi. Bu cho‘kma ammiakda erimaydi, lekin 2 n HNO3 kislotasida isitish natijasida eriydi.
Kuchli kislotalar bilan reaksiyasi. Sulfidlarga kuchli kislotalar (H2SO4, HCl)ning ta’siri natijasida vodorod sulfid H2S ajralib chiqadi:
S2- + 2H+ = H2S
Uni xididan yoki qo‘rg‘oshin atsetati eritmasi bilan ho’llangan filtr qog‘ozniing qorayishidan aniqlash mumkin:
H2S + Pb2+ = PbS ↓ + 2N+
Ish tartibi:
Probirkaga 3-4 Na2S yoki (NH4)2S eritmasidan olib, ustiga teng hajmda H2SO4 yoki HCl eritmasidan soling. Ajralib chiqqan H2S ni qo‘rg‘oshin atsetat bilan ho’llangan qog‘ozini tutib, uni qorayishini kuzating.
Do'stlaringiz bilan baham: |