Termiz davlat universiteti xorijiy filologiya fakulteti filologiya va tillarni o
Download 238.99 Kb.
|
8-MAVZU. Marsiya, elegiya, tarix, epitafiya janrlari tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOT ISHI Marsiya, elegiya, tarix, epitafiya janrlari tahlili Reja
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI XORIJIY FILOLOGIYA FAKULTETI FILOLOGIYA VA TILLARNI O’QITISH (INGLIZ TILI) YO’NALISHI 1-BOSQICH 103-GURUH TALABASI FAYZULLAYEVA SABRINANING ADABIYOTSHUNOSLIK FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOT ISHI Marsiya, elegiya, tarix, epitafiya janrlari tahlili Reja:
Elegiya — 1) lirik poeziya janrlaridan; gʻamgin ruhdagi lirik sheʼr. E.ning asoschisi yunon shoiri Kallin (miloddan avvalgi 7-asrning 1-yarmi) hisoblanadi. Yunonistonda Tirtey, Mimnerm, Solon, Feognid, Fokilid va boshqalar E. yozganlar. Romantizm uslubida yozilgan E.larda hayotdan qoniqmaslik, hasrat motivlari ustivorlik qilgan. Fransuz E.larida emotsionallik, psixologizm, nazokat ortdi. Rus E.si 18-asrda paydo boʻddi va V. A.Jukovskiy, K.N. Batyushkov ijodida rivojlandi. A.S. Pushkin bu janr uslubi, mavzusini yangiladi. 20—30ylar oʻzbek lirikasida E.ning dastlabki namunalari paydo boʻldi. Hamzaning Tursunoyga, Choʻlponning oʻzbek qizlari taqdiriga bagʻishlangan sheʼrlarida E.ga xos qaygʻu motivlari, gʻamgin kayfiyat oʻz ifodasini topdi. Keyinchalik Oybek, H.Olimjon va boshqalar shoirlar oʻzbek E.sining eng yaxshi namunalarini yaratdilar; 2)musiqada — oʻychan, hazin, baʼzan motamsaro xarakterdagi vokal yoki cholgʻu asar. Mustaqil janr sifatida 17-asrdan maʼlum (G.Pyorsell va boshqalar). Yuksak namunalarini J. Massne (ovoz, violonchel va fortepiano), M. Glinka, N. Myaskovskiy (romanslar), P. Chaykovskiy (torli orkestr uchun), S. Raxmaninov ("Elegik trio" va boshqalar), N. Metner (sonataE.si, fortepiano uchun), 20-asrda I.Stravinskiy, B.Bartok va boshqalar yaratgan. Oʻzbekistonda M. Burhonov (violonchel va fortepiano uchun), A. Kozlovskiy (5 ta, violonchel uchun) E.lari tanilgan. Epitafiya (yunoncha: — qabr ustida) — qabr ustidagi yozuv, asosan, sheʼrda ifodalanadi. Real va toʻqima E.lar yaratiladi. E. kichik hajmda, marhumga qaratilgan yoki marhumning oʻzgalarga qaratilgan fikridan iborat boʻladi. Turkiy xalqlarda urxunenisey yodgorliklarida E. namunalari bor. Download 238.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling